Sana :
Sinf : 5
Fan : Adabiyot
Mavzu : O’tkir Hoshimovning “ Dunyoning ishlari ” asari
Maqsad :
a) O’tkir Hoshimovning “ Dunyoning ishlari ” asari haqida umumiy
ma’lumot berish
b) Asar orqali o’quvchilarni ota – onani ulug’lashga , Vatanni
sevishga , mehr – oqibatli bo’lishga , ahil – inoq umr kechirishga
o’rgatish .
s) O’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini
shakllantirish
Dars tipi : Umumlashtiruvchi bilim berish
Dars usuli : Savol - javob , “ Beshinchisi ortiqcha ” , “ G’ildiraklar
texnologiyasi ” , “ To’g’ri joylashtir ” usulllari
Dars jihozi : Adib portreti , “ Dunyoning ishlari , Daftar hoshiyasidagi
bitiklar , o’zbeklar kitoblari , tarqatma materillar
Darsning borishi :
tashkiliy qism
O’tilgan mavzular yuzasidan savol - javob
Darsni umumlashtirish uchun 4 ta usulni amalda qo’llash
Mustahkamlsh
Uyga vazifa
Mavzu bayoni
O’tkir Hoshimovning hayoti va ijodi “ Dunyoning ishlari ” asarini o’rganish uchun 3 soat berilgan bo’lib o’tilgan 2 soatda o’quvchilar qisman ma’lumotlarga ega holda 3 – soatda ularning hammasi umumlashtirilib ochiq dars sifatida o’quvchilar bilim , ko’nikma , malakalari mustahkamlanadi .
Tashkiliy qismdan so’ng O’tkir Hoshimov hayoti va ijodi bo’yicha savol - javob o’tkaziladi .
Savollar
O’tkir Hoshimov qachon va qayerda tug’ilgan ?
Dastlabki qissasining nomi nima ?
Qaysi qissasida adib Abdulla Qahhor yuqori baho bergan ?
Nechanchi sinfda o’qiyotgan paytidan she’rlar mashq qilgan ?
Uning qanday hikoyalari bor ?
Qanday romanlar yozgan ?
Qaysi qissalari respublikamiz va xorijda sevib o’qilmoqda ?
Qaysi drammalari mamlakatimiz teatrlarida sahnalashtirilgan ?
“ Dunyoning ishlari ” qissasi nima haqda yozilgan ?
10.Qaysi adib ushbu asarni “ dostondek o’qiladi ” deb aytgan ?
Shundan so’ng o’quvchilar bilan individual ishlash mqsadida ularning har biriga quyidagi tarqatmani berib chiqaman . Bu usul “ Beshinchisi ortiqcha ” deb ataladi . Bunda o’quvchilar O’. Hoshimov asarlarini qanday o’rganganliklari sinab ko’riladi .
“ Urushning so’nggi qurboni ” , “ Muhabbat ” , “Alla ” , “Dorboz ” , “ Haqqush ”
“ Alla ” , “ Mitti yulduz ” , “ Haqqush ” , “ Qarz ” , “ Gilam paypoq ”
“ Gilam paypoq ” , “”Iltijo , “ Shudring ” , “Haqqush ” , “ Alla”
“ Qishlog’im ” , “Oq – oydin kechalar ” , “ Tush ” , “ OLtin baldoq ” , “ Alla ”
“Alla” , “Haqqush ” , “ ILtijo ” “ Qarz” , “ Mening o’g’rigina bolam ”
Tarqatmani o’qib qaysilari O’kir Hoshimov qalamiga mansubligini , qaysilarining mualliflari boshqa ekanligini izohlashadi . Buning uchun 3 daqiqa beriladi .
O’tkir Hoshimovning “ Dunyoning ishlari ” qissasi eng ezgu , eng samimiy tuyg’ular haqida haqida , eng e’zozli zot ona to’g’risidagi asardir .
Ona insonga hayot beradi , yuvib – taraydi , tarbiyalaydi . Ona o’z farzandi uchun hamma narsaga hatto jonini qurbon qilishga ham tayyor . Shuning uchun bo’lsa kerak , ona haqida behisob she’rlar to’qilgan , dostonlar katta- katta asarlar bitilgan . Kichik maqollardan tortib , muborak hadislarimizga ona madh etiladi , e’zozlanadi .
O’quvchilar onani madh etuvchi she’rlar , maqol, rivoyatlardan aytishadi . O’qituvchi Normurod Narzullayevning “ Onajon ” she’rini o’quvchilarga yod aytib beradi .
Do'stlaringiz bilan baham: |