Onajon
Ko’ngil gul bog’ida asrayman sizni
Ko’zim qarog’ida asrayman sizni
Qalbim ardog’ida asrayman sizni
Bog’binim , posbonim aziz onajon
Qalbim navolari qo’shiq soz bo’lgay
Bahor chechaklari poyandoz
Umid – orzularim sarfaroz bo’lgay
Yulduzim , osmonim , aziz onajon ..
Shundan so’ng o’quvchilar bilan “ G’ildiraklar texnologiyasi ” usulini ko’rib chiqamiz . Bu usul orqali o’quvchilar “ Dunyoning ishlari ” asarining boblari hamda ushbu boblarda qanday insoniy fazilatlar ulug’langanligini bayon etishadi . Doskaga ushbu tasvir chiziladi . O’quvchilar daftarlariga 5 daqiqa ichida yozishadi .
Dunyoning ishlari
Kiritilgan boblar Insoniy fazilatlar
“ Tush ” “ Mehr - oqibat ”
“ Gilam paypoq ” “ Ota – ona muhabbati ”
“ Alla ” “ Mehr - oqibat ”
“ Qarz ” “ Ahillik ”
“ Iltijo ” “ Rostgo’ylik”
“ Haqqush ” “ O’zbekona andisha “
Ushbu g’ildirak qatorlarini 1 bo’lib to’ldirgan o’quvchilar baholanadi . O’tilgan darslarda darslikda berilgan “ Dunyoning ishlari ” asarining boblari bilan tanishganimiz bois o’quvchilarning ushbu boblari bo’yicha fikr – mulohazalari tinglanadi .
o’quvchi ; Asardagi “ Alla ” deb nomlangan bob hikoyatga ta’sirchanligi biln kishini rom etadi . Alla inson bolasi nihoyatda sevib tinglaydigan ilk qo’shiq , u vujudimizga ona suti bilan singgan va umrbod unitilmasdir .
o’quvchi : “ Iltijo ” deb nomlangan bobida insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to’lab bo’lmas qarz ekani nihoyatda ta’sirchan ifodalanadi .
o’quvchi : “ Qarz “ hikoyasida qissaning bosh qahramoni Hakima ayaning yana bir insoniy fazilati qalamiga olingan . Hakima aya kamtargina nafaqasini ham qo’shnilarining farzandlari xursandchiligiga sarflaydi .
O’quvchi : “ Gilam paypoq hikoyasida ona o’z jigarbandini kasallik xavfidan tezroq xalos qilish uchun har narsaga hatto jonini ham berishga tayyorligi aytilgan .
Shunday qilib , O’tkir Hoshimovning bu asari har biri o’ziga mustaqil syujetli hikoyalaridan tashkil topgan .
“ To’g’ri joylashtir ” usulini o’quvchilarga taqdim etaman , bu usul orqali boblar ketma – ketligi , zehnini qandayligi sinaladi . Ularning har biriga ushbu tarqatma tarqatiladi . O’quvchilar uni to’g’rilab daftarlariga yozishadi , tarqatmada ular aralashtirilib berilgan .
O’tkir Hoshimovning “ Dunyoning ishlari ” asaridagi darslikda berilgan boblarini to’g’ri joylashtiring .
noto’g’ri to’g’ri
1. “ Iltijo ” 1. “ Alla ”
2. “ Gilam paypoq ” 2. “ Haqqush ”
3. “ Alla ” 3. “ Qarz ”
4. “ Haqush ” 4. “ Gilam paypoq ”
5. “ Qarz ” 5. “ Iltijo ”
Darhaqiqat “ Dunyoning ishlari ” qissasini o’qiganda qalbimizni 2 xil iliq his cho’lg’aydi – u ham bo’lsa o’z onamizga va umuman onalarga bo’lgan mehr hissi . Haqiqatan ham , adibning o’zi e’tirof etganidek asar uning o’z onasi haqida emas , ...... umuman , o’zbek ayoli haqida va umuman onalar to’g’risida . Qissadan bir – biridan mazmunli qiziqarli hikoyalar ko’p shu tufayli ham o’quvchilarga bu asarni topib to’liq o’qib chiqishini maslahat beramiz .
Uyga vazifa Asarni topib oxirigacha o’qib chiqish va “ Iltijo ”
bobidagi berilgan “ Esingdami oyi ” deb
boshlanuvchi so’nggi abzasini yod olish .
Do'stlaringiz bilan baham: |