3. Ilovalarda o‘zgaruvchilardan foydalanish. Oxirgi ikki satr juda murakkab ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni kiritishda xato o‘tkazib yuborish hech gap emas. Sharning hajmi va sfera yuzasi formulalar bilan hisoblanishini inobatga olsak, yuqoridagi formulalar rostdan ham g‘aliz chiqqanligi yaqqol ko‘rinib qoladi.
Bu kamchilikni bartaraf qilishning yo‘li bormi? Albatta bor. Buning uchun qo‘shimcha o‘zgaruvchilardan foydalanish kerak bo‘ladi. O‘zgaruvchilar dastur matniga qanday kiritilishini eslash uchun dastur kodi oynasi va undagi dastur matni bilan yaqindan tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |