2. Shar hajmi va sfera yuzasi ilovasi. Shar hajmi va unga mos sferaning sirtini hisoblaydigan ilova yaratamiz. Buning uchun yangi ilova yaratib, unga uchta Label, bitta Edit va bitta Button obyektlarini joylaymiz. Ilova oynasini va undagi obyektlarni quyidagi rasmda ko‘rsatilgandek qilib o‘zgartiramiz:
Ilova oynasidagi Button1ni ikki marta bosib, hosil bo‘lgan dastur kodi oynasiga quyidagi ikki satrni kiritamiz. Ularning har biri ham bitta satrga sig‘magan bo‘lsa-da, bittadan qatorga kiritilishi kerak. Ikkala satr ham nuqtali vergul bilan tugaydi.
Label2.Caption:='Shar_hajmi:'+FloatToStr(4/3*pi*sqr(StrToFloat(Edit1.Text))*StrToFloat(Edit1.Text));
Label3.Caption:='Sfera_yuzasi:'+FloatToStr(4*pi*sqr(StrToFloat(Edit1.Text)));
F9 tugmasini ikki marta bosib, ilovani ishga tushiramiz. Dastlab kiritish maydonchasiga 1 ni kiritib, Hisobla tugmasini bosamiz, keyin esa radiusi
ga teng shar hajmi va sfera yuzini hisoblaymiz. Ilovaning ishi natijalari quyidagi rasmlarda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |