G‘AZALLAR
«Tor ko‘ngulluk beklar...»
Tor ko‘ngulluk beklar, man-man demang, kenglik qiling,
To‘qson ikki bovli1 o‘zbak yurtidur, tenglik qiling.
Birni Qipchoq-u Xitoy-u, birni Yuz, Nayman demang,
Qirq-u Yuz, Ming son bo‘lub, bir xon oyinlik qiling.
Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir to‘ng‘a kirib,
Bir o‘ngurluk, bir tirizlik, bir yaqo, yenglik2 qiling.
Kim qo‘yubdur, uhdayi o‘z mulkungizdin chiqmayin,
Ikki, uch, to‘rt da’vosin etmakni ko‘tahlik3 qiling.
Mardlar maydon chekib, rangin4 ko‘tarib zaxmlar,
Sizga yo‘q ul javhar-u yuzga upo-englik qiling.
Turdi yashagan davrda, ya’ni XVII asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy hayotidagi muammolar avj nuqtasiga chiqqan, mamlakatda ichki nizolar kuchayib, amaldorlar orasida ham kin-u nifoq nihoyatda kuchayib ketgan edi. Turdi barcha amaldorlarning kibr-u havolarni yig‘ishtirib, o‘zaro ahil va hamjihat bo‘lib yashashga undaydi: Tor ko‘ngulluk beklar, man-man demang, kenglik qiling,
Do'stlaringiz bilan baham: |