Yangi dars bayoni:
Yashash uchun kurash ko‘pchilik organizmlarning halok bo‘lishi, ba’zilarining esa yashab qolishi bilan bog‘liq holda ro‘y beradi. Individual o‘zgaruvchanlik organizmda uch ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ularning bir xillari organizm uchun foydali, ikkinchi xillari organizmlar uchun befarq, uchinchilari esa zararli bo‘ladi. Odatda zararli o‘zgaruvchanlikka ega organizmlar shaxsiy taraqqiyotning turli bosqichlarida halok bo‘ladilar. Organizm uchun befarq o‘zgaruvchanlik ularning yashovchanligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Foydali o‘zgaruvchanlikka ega individlar tur ichidagi, turlararo
yoki abiotik muhitning noqulay sharoitlariga qarshi kurashda birmuncha afzalliklarga ega bo‘lganligi sababli yashab qoladi. Yashash uchun kurashda foydali belgi, xossalarga ega organizmlarning yashab qolishi, shunday belgi, xossalarga ega bo‘lmaganlarining nobud bo‘lishi tabiiy tanlanish deb ataladi. Tabiiy tanlanish – organizmlar evolutsiyasining asosiy harakatlantiruvchi omili. Ch. Darvin fi kricha, tabiiy tanlanish – yashash uchun kurashning natijasi boʻlib, foydali individual oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning yashab, nasl qoldirishi, yaʼni moslashgan formalarning yashab qolishi,
foydasiz oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning qirilib ketishi, ya’ni moslashmagan formalarning nobud boʻlishidan iborat biologik jarayon. Irsiy oʻzgaruvchanlik tabiiy tanlanish uchun asos hisoblanadi. Tabiiy tanlanish tufayli organizmlar xilma-xilligi ortadi, evolutsiya jarayonida organizmlar tuzilishi murakkablashadi, muhit sharoitlariga yetarli darajada moslasha olmagan turlar
nobud boʻladi. Ch. Darvin tabiiy tanlanish jarayonini sun’iy tanlash bilan taqqosladi. Agar sun’iy tanlanishni inson olib borsa, tabiiy tanlanishni tabiat boshqaradi. Sun’iy tanlanishni o‘tkazishda inson doimo o‘z manfaatlarini ko‘zlaydi. Shu sababli sun’iy tanlash tufayli chiqarilgan nav va zotlarda inson manfaati uchun xizmat qiladigan belgi-xossalar yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Tabiiy tanlanishda esa inson
manfaati emas, balki organizm manfaatlari birinchi o‘rinda turadi. Yashash uchun kurashga moslashgan organizmlar moslashmagan organizmlarga nisbatan kamroq nobud bo‘ladi. Bu esa o‘z-o‘zidan tabiiy tanlanish, organizmning muhitga moslashishida yangi populatsiya, turlarning kelib chiqishida asosiy omil ekanligidan dalolat beradi.
Stabillashtiruvchi tanlanish. Bu tanlanish populatsiyaning o‘zgaruv chanligini kamaytiradi, turg‘unligini oshiradi. Har bir populatsiyaning hayoti muhitga bog‘liq. U yashab qolish uchun doim muhit sharoitiga moslanishi kerak. Agar bir necha bo‘g‘in mobaynida yashash sharoiti o‘zgarmasa, u holda populatsiya – yuqori moslanish darajasiga ega bo‘ladi va tabiiy tanlanish o‘zgaruv chanlikni stabillashtirish tomonga yo‘naltiradi. Muhitga yaxshi mos lashgan, o‘rtacha normaga ega formalar saqlanadi, normadan o‘zgargan organizmlar esa nobud bo‘ladi.Fenotipi keskin o‘zgar gan formalarning halokatga uchrashi tabiiy populatsiyalarda bir necha bor kuzatilgan. Masalan, G. Bempes tomo nidan
chumchuqlar ustida o‘t kazilgan kuzatishni olish mumkin. U qattiq qor bo‘ronidan so‘ng chalajon chumchuqlarning 132 tasini daladan laboratoriyaga olib kelgan. Ularning 72 tasi tirilgan. Bempes o‘lik va tirik qolgan chumchuqlarning qanotini o‘lchab ko‘rgan. Tirik qolgan chumchuqlar qanotining uzunligi o‘rtacha, nobud bo‘lgan chumchuqlarniki esa normadan uzun yoki kalta bo‘lgan, binobarin, qanotlari o‘rtacha uzunlikda bo‘lgan formalar bo‘ron paytida tirik qolganligi, normadan o‘zgargan chumchuqlar nobud bo‘lganligi aniqlangan.Hasharotlar yordamida changla na di gan o‘simliklar gulining yirik-maydaligi va shakli, shamol yordamida changlanadigan o‘simliklar gulinikiga nisbatan o‘zgarmas. Hasharotlar yorda mida changlanadigan gullarning tuzilishidagi turg‘unlik o‘sim liklar va ularni changlatuvchilarning birgalikdagi evolutsiyasi bilan bog‘liq. Qush bola larining soni bilan ota-ona keltirgan oziq o‘rtasida bog‘liqlik mavjud bo‘ladi. Chug‘urchuq uyasiga eng ko‘pi bilan 5 ta tuxum qo‘yadi. Agar 5 tadan ortiq qo‘ysa, oziq yetishmasligi bolalarning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi.IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
12.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
13.Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |