Yangi dars bayoni:
Darvin har qanday hayvon, o‘simlik organizmi nasl qoldirganda, yangi bo‘g‘in ota-ona formalardan va o‘zaro ayrim belgilari bilan farq qilishini aniqlagan va uni shaxsiy o‘zgaruvchanlik atamasi bilan ta’rifl agan. Darvin yashagan davrda hayvonlar bilan o‘simliklarning o‘zgarishi to‘g‘risidagi bilimlar yetarli emas edi. Shunga qaramay, u har qanday o‘zgaruvchanlikning asl sababi atrofdagi muhitning o‘zgarishida ekanligini e’tirof etdi. Uning mulohazasiga ko‘ra, tashqi muhit organizmga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Bevosita ta’sir etganda tashqi muhit omillari shu organizmga to‘gridan to‘g‘ri ta’sir etadi. Bilvosita ta’sir mazkur organizmning kelgusi avlodida namoyon bo‘ladi. Tashqi muhitning organizmga ko‘rsatadigan ta’siri ikki xil – muayyan va nomuayyan bo‘lishi ham mumkin. Tashqi muhitning muayyan ta’sir etishida bir tur, zot, navga mansub organizmlar va ularning kelgusi avlodi bir yo‘na
lishda o‘zgaradi. Muayyan o‘zgaruvchanlik guruhli o‘zgaruvchanlik ham deb ataladi. Masalan, oziqning o‘zgarishi hayvonlarning mahsuldorligiga va o‘simliklarning hosildorligiga ta’sir etadi. Kunlar sovishi bilan shimolda yashovchi barcha sutemizuvchi hayvonlarning juni qalinlashadi. Muayyan o‘zgaruvchanlik evolutsiya jarayonida organizmlarning reaksiya normasi doirasida muhitga moslanishini ta’minlaydi. Nomuayyan yoki shaxsiy (individual) o‘zgaruvchanlikda esa tashqi muhit omillari ta’sirida bir tur, zot, navga kiruvchi organizmlar turli yo‘nalishda o‘zgaradi va bunday o‘zgarish ayrim individlarda sodir bo‘lib, boshqalarida kuzatilmaydi. Evolutsiya jarayonida muayyan o‘zgaruvchanlikka nisbatan nomuayyan irsiy o‘zgaruvchanlik katta ahamiyatga ega, chunki u nasldan
naslga o‘tadi va shuning uchun xonakilashtirilgan hayvon zotlari, madaniy o‘simlik navlarining tabiiy sharoitda esa turlar vujudga kelishida nihoyatda muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi vaqtda organizmlardagi irsiy o‘zgaruvchanlik ularning tabiatiga qarab bir necha xillarga bo‘linadi. Siz irsiy o‘zgaruvchanlik va uning turlari bilan avvalgi boblarda tanishgansiz. Kombinativ o‘zgaruvchanlik. Bu o‘zgaruvchanlik ota-ona organizmlari genotiplaridagi genlarning qayta kombinatsiyalanishi, ularning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. Kombinativ o‘zgaruvchanlik meyozda gomologik xromosomalarning mustaqil taqsimlanishi, urug‘lanish paytida gametalarning tasodifi y kombinatsiyalari, xro mosomalar chalkashuvi va genlarning rekom binatsiyasi asosida kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |