Sana “ ” 201 yil



Download 0,94 Mb.
bet72/180
Sana03.09.2021
Hajmi0,94 Mb.
#163283
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   180
Bog'liq
10 sinf biologiyakonspekt

Yangi dars bayoni:

XV asr yarmiga kelib, Yevropa mamlakatlarida feodalizm o‘rniga burjuaziya hokimiyati o‘rnatildi. Natijada sanoat markazlari, yirik shaharlar bunyod etildi, fan, texnika birmuncha rivojlandi. Boshqa yerlardan Yevropaga ko‘pgina o‘simlik va hayvon turlari keltirildi. Bularning hammasi o‘simlik va

hayvonlarni o‘rganishga katta qiziqish uyg‘otdi. Buning oqibatida kishilarning o‘simlik va hayvonlar to‘g‘risidagi bilimlari antik dunyoga nisbatan bir necha marta ortdi. Botanika, zoologiya fanlarini yanada rivojlantirish uchun, avvalo, ma’lum bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarini guruhlash ehtiyoji tug‘ildi. Bu masala bilan mashhur shved olimi Karl Linney (1707–1778) shug‘ullandi (85-rasm).

U 10 mingdan ortiq hayvon turlarini tavsifl ab beradi. Turlarni avlodlarga, avlodlarni esa oilalarga, oilalarni turkumlarga, turkumlarni sinfl arga birlash tiradi. Sizlar botanika, zoologiya fanlarini o‘qiganin gizda suvo‘tlari, sporali o‘simliklar, ochiq va yopiq urug‘lilar, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar ning bir qancha sistematik guruhlari bilan tanishgansiz. K. Linney zamonida esa biologiyaning juda ko‘p sohalari hali rivoj lanmagan edi. Shu sababli K. Linney o‘simlik va hayvonlarning ayrim belgi larigagina asoslangan holda sun’iy sistema tuzishga muvoff aq bo‘ldi. U barcha o‘simliklarni changdonlari soniga, changli iplarning uzun-qisqaligiga va birla shishiga qarab 24 sinfga, hayvonlarni tuzilishiga ko‘ra 6 sinfga bo‘ldi. Buning oqibatida kelib chiqishi, qon-qardoshligi yaqin bo‘lgan organizmlar boshqa-boshqa sinfl arga, aksincha, kelib chiqishi, qon-qardoshligi har xil organizmlar bir sinfga birlashtirildi. K.Linney o‘simlik va hayvon turlari o‘zgarmaydi, degan fi kr bildirgan. Uning tomonidan tuzilgan sistema sun’iy bo‘lsa-da, biroq mazkur faoliyat keyinchalik organik olamni atrofl icha o‘rganishga imkon berdi. K. Linney ishlaridan so‘ng botanika, zoologiya fanlari tez sur’atlar bilan rivojlandi

Organik olam evolutsiyasi haqidagi naza riyani birinchi marta fransuz tabiatshunosi Jan Batist Lamark

(1744–1829) yaratdi (86-rasm). U «umurtqa sizlar» va «biologiya» atamalarini fanga birinchi bo‘lib kiritdi. Lamarkning evolutsiyaga doir fi krlari «Zoologiyaga kirish», (1801) va «Zoologiya falsafasi», (1809) nomli asarlarida bayon etilgan.Lamark turlar o‘zgarmaydi, degan g‘oyaga tanqidiy

ko‘z bilan qaragan va evolutsion ta’limotni targ‘ib qilgan. Lamark fi kricha, sinf, turkum, avlod, tur kabi sistematik kategoriyalar sun’iy, real emas. Tabiatda faqat individlar real deb hisoblagan.Lamark hayvonot olamining tabiiy sistematikasini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan va shu sababli organizmlarning qon-qarindoshligiga asoslangan klassifi katsiyani ilgari surgan. U barcha hayvonlarni 14 sinfga ajratgan. Ulardan 4 ta sinf umurtqalilarga, 10 ta sinf umurtqasizlarga tegishlidir. Hayvonlarni ovqatlanish, qon aylanish, nafas olish va nerv sistemasiga qarab 6 bosqichga ajratdi. Olim hayvonlar quyi bosqichdan yuqori bosqichga ko‘tarilar ekan, qayd etilgan organlar sistemasi murakkablasha borganligini e’tirof etdi. U or-ganizmlarni sistemaga solish ustida ishlar ekan, tuzilishiga qarab ularni tartib bilan joylashtirish mumkinligini aytgan. Lamark fi kricha, sodda mavjudotlar o‘z-o‘zidan anorganik tabiatdan paydo bo‘ladi. Keyinchalik tashqi muhit yuksak bo‘lgan organizmlarga aylanadi. Turlar o‘zgarishida vaqt asosiy omil sifatida muhim ahamiyatga ega. Ular muhit sharoitiga muvofi q o‘zgaradi. Lamark muhit ta’siriga javob reaksiyasiga qarab, barcha organizmlarni 3 guruhga bo‘lgan. Birinchi guruhga o‘simliklar, ikkinchi guruhga sodda hayvonlar, uchinchi guruhga nerv sistemasi rivojlangan hayvonlarni kiritdi. Tashqi muhit organizmlarga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tashqi muhit o‘simliklar va tuban hayvonlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Nerv sistemasi rivojlangan hayvonlarga esa muhit bilvosita ta’sir etadi. Muhitning uzoq davom etgan o‘zgarishi hayvonlar hayotiga ta’sir etib, avval ularning talabini o‘zgartiradi. Talabning o‘zgarishi esa shu talabni qondirish maqsadida qilingan harakatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Bunday sharoit davom etsa hayvonlarning xulq-atvori o‘zgaradi. Bu, o‘z navbatida, hayvonlarning ba’zi organlari mashq qilishiga, boshqalarining mashq qilmasligiga sabab bo‘ladi


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish