Yangi dars bayoni:
Antropogenez uchun ijtimoiy omillar: mehnat faoliyati, jamoa bo‘lib yashash, nutq va tafakkur xarakterlidir. Odam evolutsiyasida qomatning tiklanishi bilan qo‘lning mehnat vositasiga aylanishi muhim omil bo‘lgan. Mehnat qurollarini yasash odam qo‘lining tobora o‘zgarib borishiga sabab bo‘lgan. Odam evolutsiyasida jamoa bo‘lib yashash ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ular birgalashib, yirtqich hayvonlardan himoyalanganlar, ov qilishgan va bolalarini tarbiyalashgan. Jamoa bo‘lib yashash, qadimgi odamlarni bir-birlari bilan tovush, imo-ishora va mimika orqali munosabatda bo‘lishga
ehtiyoj tug‘dirgan. Irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish natijasida hiqildoq o‘zgarib odamning nutq organiga aylangan. Bosh miyaning va tafakkurning rivojlanishi mehnat va nutqning takomillashuviga olib kelgan. Yuksak hayvonlardan farqli ravishda odamda ikkinchi signal sistemasi rivojlangan. Ovchilik bilan shug‘ullanish, baliq ovlash faqat o‘simliklar bilangina emas, balki aralash ovqatlanishga ham imkon bergan. Bu esa o‘z-o‘zidan ichaklarning qisqarishiga sababchi bo‘lgan. Olovda pishirilgan oziqni ming yillar mobaynida iste’mol qilish bora-bora chaynash apparatiga bo‘lgan og‘irlikni yengillashtirgan. Oqibatda baquvvat chaynash muskullari birikadigan tepa suyagining qirrasi o‘zining biologik ahamiyatini yo‘qotgan.Xulosa qilib aytganda, tik yurishga o‘tish, qo‘lining yurishdan ozod bo‘lishi, mehnat qurollarini yasash, go‘sht iste’mol qilish, olovdan foydalanish, jamoa bo‘lib yashash, ong va nutqning rivojlanishi odam evolutsiyasida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Odam irqlari. Zamonaviy odamlarning hammasi bitta «homo sapiens sapiens» turiga mansub. Insoniyatning birligi, uning kelib chiqishining umumiyligi, tuzilishining o‘xshashligi turli xalqlar orasidagi nikohdan sog‘lom avlod tug‘ilishi bilan tasdiqlanadi. Homo sapiens sapiens turining ichida yirik sistematik guruhlar – irqlar mavjud.Yevropoid irqqa mansub odamlar terisi och rangda (oq tanli), sochlari
tekis yoki to‘lqinsimon, rangi sarg‘ish yoki qo‘ng‘ir, ko‘zlari ko‘k yoki kulrang-yashil, lablari yupqa, burni ingichka, erkaklarida soqol-mo‘ylovlari yaxshi o‘sadi. Mongoloid irqqa mansub odamlarning terisi qora mag‘iz, sarg‘ish, ko‘zlari qo‘y ko‘z, sochlari tekis, qattiq va qora, yuqorigi qovog‘i osilgan. Mongoloid irq vakillari asosan Osiyoda tarqalgan, lekin migratsiya natijasida ular yer shari bo‘ylab tarqalib ketganlar.Negroid irq – terisi qora, sochlari jingalak, qora, burni keng va yassi, qo‘y ko‘z. Ko‘pchilik vakillarida qalin lablari kalla skeletining jag‘ qismidan turtib chiqqan bo‘ladi. Olimlar fi kriga ko‘ra, hozirgi zamon odami shakllanish jarayonida uning dastlabki vatani hisoblangan Janubiy-Sharqiy Osiyo va unga qo‘shni Shimoliy Afrikada ikki irq – janubi-g‘arbiy va shimoliy-sharqiy irqlar paydo bo‘lgan. Birinchi tarmoq keyinchalik yevropeoid va negroid irqlari, ikkinchisi esa mongoloid irqining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Irqlarning kelib chiqishi, tabiiy tanlanish, mutatsiya, alohidalanish, populatsiyalarning aralashib ketishi kabi omillarga bog‘liq. Irqlarning shakllanishining ilk bosqichida tabiiy tanlanish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Tabiiy tanlanish, muayyan sharoitda hayot faoliyatini yuksaltiradigan, adaptiv belgilarning populatsiyada saqlanishi va ko‘payishiga sabab bo‘lgan.IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
12.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
13.Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |