IV.Yangi mavzuning bayoni. Germaniya hukmron doiralari Rossiyani tor-mor eta olmagach, yana asosiy e'tiborni G`arbiy frontga qaratdi. Bundan ko`zlangan maqsad-Fransiya taqdirini uzil-kesil hal etish edi. Germaniyaning Fransiyaga hujumi Verden qakasiga uyushtirildi. Chunki, bu qa'la Parij yoiini to`sib turar edi. Germaniya armiyasining hujumi 1916- yilning 21- fevralida boshlandi va 21-martgacha davom etdi. Nemis piyoda askarlari hujumga ko`tarilganda fransuzlar kutilmaganda ularni to`plardan qattiq o`qqa tutdilar. Yozgacha bo`lgan oraliq muddatda nemis armiyasi atigi 7 km oldinga siljiy oldi. Germaniya armiyasining Verden yo`nalishidagi harbiy harakatlari shiddatini yanada kamaytirish maqsadida Fransiya bosh qo`mondonligi nemislarning Somma daryosi bo`ylab o`tgan mudofaa chizig`ini yorib o`tishga qaror qildi. Fransuz va ingliz armiyasi 1- iyulda Somma daryosi bo`yida hujumga o`tdilar. Bu qonli jang 18-noyabrgacha davom etdi. Bu jangda inglizlar urushlar tarixida birinchi bor yana bir yangi qurol - tankni ishga soldilar. Po`latdan yasalgan bu dahshatli qurol dushman qo`shinini dastlab qattiq sarosimaga solib qo`ydi. 1916-yilning 21- dekabridan boshlab nemis armiyasi mudofaaga o`tishga majbur bo`ldi. Verden va Somma janglari misli ko`rilmagan darajada qirg`inbarot jangi ham bo`ldi. Ularda har ikki tomondan 2 million 260 mingdan ortiq jangchi halok bo`lgan. Verden jangi tarixga «Verden qirg`ini» nomi bilan kirganligi bejiz emas. Sharqiy frontdagi ahvol.Germaniya armiyasi G`arbiy frontda hujumga o`tgach, Fransiya yordam so`rab yana Rossiyaga murojaat qilishga majbur bo`ldi. Bungajavoban general A.A. Brusilov qo`mondonligidagi rus armiyasi may oyida hujumga o`tdi. 4- iyul kuni Avstriya-Vengriya armiyasining Galitsiyadagi fronti yorib o`tildi va Avstriya-Vengriya armiyasiga qattiq zarba berildi. Bu zarba, ayni paytda, Italiyani mag`lubiyatdan saqlab qoldi. Rus armiyasining hujumi oqibatida Avstriya-Vengriya armiyasining 1 milliondan ortiq jangchisi halok bo`ldi. 400 mingdan ortig`i esa asir olindi. Rus armiyasi 60-100 km oldinga siljishga muvaffaq bo`ldi. Ruminiyaning urushga kirishi. 1914-yil oktabrida Rossiya-Ruminiya shartnomasi imzolangan edi. Shartnomaga ko`ra Rossiya Ruminiyaning hududiy yaxlitligini kafolatlaydigan bo`ldi. Shuningdek, Ruminiyaning Avstriya-Vengriya imperiyasidagi ruminlar yashaydigan hududlarga bo`lgan huquqini tan oldi. 1916- yilning 17- avgust kuni Ruminiya bilan Antanta davlatlari o`rtasida shartnoma imzolandi va Ruminiya Avstriya-Vengriyaga qarshi urushga kirish majburiyatini oldi. Buning evaziga unga Transilvaniya, Bukovina va Banatning katta qismi va'da qilindi. 28- avgust kuni Ruminiya Avstriya-Vengriyaga qarshi urush e'lon qildi. Biroq, harbiy jihatdan mustahkam tayyorgarlik ko`rmagan Ruminiya armiyasi tezda tor-mor etildi. Tomonlarning rejalari. 1917- yilda Antanta qurolh kuchlarining son ustunligi 40% ni tashkil etardi. Hatto, harbiy-iqtisodiy jihatdan qoloq Rossiya ham 1917- yilning boshlarida oylik o`q-dori va harbiy texnika ishlab chiqarish bo`yicha eng yuqori ko`rsatkichga erishdi. Antanta yilning boshlaridayoq hujumni boshlashni rejalashtirdi. Hal qiluvchi zarbani esa yozda berishga qaror qildi. Ayni paytda, «To`rtlar ittifoqi» ham qo`l qovushtirib o`tirgani yo`q. 1916- yilning 29- avgustida general-feldmarshal fon Gindenburg Germaniya armiyasining qo`mondoni etib tayinlandi va ko`p o`tmay Germaniya armiyasining 1917- yilgi harakat rejasini tuzib chiqdi. Reja front chizig`i hajmini kamaytirish maqsadida armiyani oldindan mustahkam darajada tayyorlab qo`yilgan marralarga qaytarishni nazarda tutardiV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash: Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.