Sana “ ” 201 yil


IV.Yangi mavzuning bayoni



Download 0,59 Mb.
bet112/192
Sana23.01.2022
Hajmi0,59 Mb.
#403161
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   192
Bog'liq
9-sinf jahon tarix.YANGI TAXRIRDAGI

IV.Yangi mavzuning bayoni. Mamlakatda bozor iqtisodiyotining rivojlanishi 1867-1868-yillarda bo`lib o`tgan o`zgarishlardan so`ng Yaponiyada Tokugava xonadoni qo`lida bo`lgan syogunlik boshqaruvi barham topdi. 1868- 1878- yillarda mamlakatda mohiyatan inqilobga teng «Meydzi islohotlari» (imperator Mutsixito «Meydzi» nomi bilan taxtga o`tqazilgan. Bu so`z «ma'rifatli boshqaruv» degan ma'noni anglatadi) deb atalgan islohotlar o`tkazildi. Imperator Mutsixito parlamentga o`xshash Davlat Kengashi tashkil etdi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojiga to`sqinlik qiluvchi qonun va tartiblar bekor qilindi. o`sha vaqtga qadar Yevropaning ilg`or davlatlariga, ularning Yaponiya bilan savdo-iqtisodiy aloqalariga qarshi siyosat hukmron edi. Yangi hukumat Yaponiyani Yevropa bilan «yaqinlashtirish» siyosatini yuritdi. Mamlakatda yagona pul birligi (ien) joriy etildi. Ayrim-ayrim hokimliklar chegaralaridagi bojxonalar va boshqa to`siqlar olib tashlandi. Bu tadbir mamlakat miqyosida savdo-iqtisodiy aloqalarga keng yo`l ochdi. Yo`llarda dehqonlarning shaharga qochib ketishiga qarshi, ularni tutib joyiga qaytarish uchun qo`yilgan , poyloqchilik manzillari tugatildi. Chunki sanoat qishloqdan ishchi kuchi «oqib» kelishidan manfaatdor edi. Bu tadbirlar Yaponiyada ichki bozorning, sanoat tarmoqlarining rivojiga xizmat qila boshladi. 1869- yilda «to`rt tabaqa» haqidagi qonun bekor qilindi. Feodal zamindor samuray, dehqon, hunarmand va savdogar tabaqalar rasman teng huquqli deb e'lon qilindi. 1871- yili huquqsiz quyi tabaqa haqidagi qonun ham bekor qilindi. Barcha tabaqa vakillari kasb tanlashda erkin, tadbirkorlik ishlariga haqli bo`lishdi. Mamlakatda alohida feodal mulklar tizimi, hokimliklar tugatilib, 75 ta viloyat tuzildi. Natijada markazlashgan hukumat boshqaruvi yuzaga lceldi. 1872- yilda yalpi harbiy xizmat haqida qonun qabul qilindi. 1871-1878- yillarda qishloq xo`jaligi sohasida islohotlar o`tkazilib, yerni erkin oldi-sotdi qilish, istagan turdagi ekinlarni ekishga ruxsat berildi. Hosildan hissa ko`rinishidagi soliq pul solig`i bilan almashtirildi. Yerning mayda bo`laklarga bo`linib ketishiga qarshi qonun chiqarildi. Sanoatni rivojlantirishda davlatning roli. Sharoit qanchalik og`ir bo`lmasin, Yaponiyada bozor munosabatlari tez rivojlana boshladi. Yaponiya Yevropa tajribalaridan Sharqda birinchi bo`lib foydalandi, Yevropada uzoq vaqt davomida yuzaga keltirilgan ilg`or sanoat texnikasini Yaponiya tayyor holda olar edi. Davlat bozor ishlab chiqarishini keng yo`lga qo`yish uchun homiylik qilish yo`lidan bordi. Birinchi galda Yaponiyada to`qimachilik sanoati tez rivojlandi. 1890-yilda u barcha sanoat tarmoqlarining 45 foizini tashkil etdi. 1868- 1885- yillarda davlat hisobidan 1300 sanoat korxonasi qurildi. Ular dastlab badavlat sanoatchilarga ijaraga berildi. Keyinroq esa sanoat korxonalari o`z narxining yarmiga, hatto 10-15 foiziga xususiy qilib sotiladigan bo`ldi. Natijada, Mitsui va Mitsubisi, Sumitomo, Yasuda, Furukava, Kavasaki, Tanaka, Asano kabi bank egalari yirik sanoat korxonalarining egalariga aylandilar. Yaponiya sanoat va kapital sohalarida o`sha davrdagi Rossiyadan o`n barobar tezroq rivojlanmoqda edi. Yapon kapitalizmi ko`proq bank kapitalizmi tusini oldi. Sanoat markazlashuvi va ixtisoslashuvidan ko`ra bank sarmoyalarining markazlashuvi tezroq bordi. Islohotlar davri, sanoatda yangilanish jarayoni kapital jamg`arish bilan barobar davom etdi. Mablag`larni savdo, transport va banklarga solish ko`proq foydali bo`lib qoldi.


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish