Sana “ ” 201 yil


IV.Yangi mavzuning bayoni



Download 0,59 Mb.
bet102/192
Sana23.01.2022
Hajmi0,59 Mb.
#403161
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   192
Bog'liq
9-sinf jahon tarix.YANGI TAXRIRDAGI

IV.Yangi mavzuning bayoni. . Fransiyaning Prussiya bilan urushda yengilishi Italiyani to`la birlashtirish yo`lidagi oxirgi to`siqni bartaraf etishga lmkon berdi. 1871- yilning 3- oktabrida Rim ham mamlakat tarkibiga qo`shib olindi. Papa hokimiyati Vatikan saroyi bilan cheklab qo`yildi. Bungacha papa Piy IX Italiyaning qo`shilishiga qarshilik qilayotgan va uni Fransiya armiyasi himoya qilayotgan edi. Italiya siyosiy tuzumiga ko`ra konstitutsiyaviy monarxiya bo`lib qoldi. Konstitutsiyaga ko`ra ikki palatali (Senat va deputatlar palatasi) parlament tashkil etildi. Qirol Viktor Emmaniel II qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament bilan bo`lib oldi. Senatorlar qirol tomonidan umrbod muddatga tayinlanar edi. Ijro etuvchi hokimiyat Bosh vazir qo`lida to`plandi. Saylovda qatnashish uchun mulk senzi joriy etildi. Natijada 27 mln. aholidan 600 ming kishi saylov huquqiga ega bo`ldi. Konstitutsiyada barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, uy-joy daxlsizligi, so`z va matbuot erkinligi, yig`ilish o`tkazish huquqi e'tirof etildi. Xristian dinining katoliklik oqimi yagona din bo`lib qoldi. 1871- yilda Cherkov va davlat munosabatini tartibga soluvchi qonun qabul qilindi. Qonun Papani muqaddas va daxlsiz deb e'lon qildi va Vatikanga boshqa davlatlar bilan diplomatik munosabat o`rnatish huquqi berildi. Iqtisodiv ahvol. Italiyaning milliy davlat bo`lib birlashtirihshi mamlakatda kapitalistik tuzumni barqaror qilish jarayonini tezlashtirish uchun qulay sharoit yaratib berdi. Biroq Italiya hamon agrar davlatligicha qolmoqda edi. Yerga, asosan, yirik zamindorlarning egalik qilishi saqlanib qoldi. Buning ustiga yerdan foydalanishning qoloq shakllari hukm surardi. Pomeshchiklar yerining katta qismi mayda uchastkalarga bo`linib, juda og`ir shartlar bilan (hosilning 3/4 qismini to`lash sharti bilan) dehqonlarga ijaraga berilardi. Mulkdor dehqonlar juda ko`pchiligining egalik qiluvchi yer maydoni 1 ga dan oshmas edi. Ayni paytda, mamlakat oldida juda katta moliyaviy muammolar turardi. Chunonchi, Italiyaning ichki va tashqi qarzi 8 mlrd. 300 mln. lirani tashkil etardi. o`sib borayotgan chiqimlarni qoplash uchun hukumat davlat zayomlari chiqarishga, mamlakat ichidagi hamda tashqarisidagi kapital egalariga yordam so`rab murojaat qilishga majbur bo`ldi. Italiyaning davlat qarzi shiddat bilan ko`payib boraverdi. Shunga qaramay kapitalizm tobora chuqur qaror topa bordi. Hukumat avvalo temiryo`l qurilishini kengaytirdi. Bosh vazir Mingetti (1873-1876) davrida temiryo`llarning uzunligi 7675 km ga yetdi. Savdo floti qurish keng avj oldi. Italiya savdo floti dunyoda uchinchi o`ringa chiqdi. 1870-1880- yillarda ikki tunnel (Mon-Seni va Sen Gotard) qurildi. Ular Italiyani Fransiya va Shveysariya bilan bog`ladi. Yangi sanoat tarmoqlari aksiyadorlik jamiyatlari tariqasida vujudga keldi. Bosh vazir F. Krispi (1887-1896) davrida 574 aksiyadorlik jamiyati bo`lib, ularning kapitali 1935 million lirani tashkil etdi. Mamlakat iqtisodiyotida bank kapitalining mavqeyi ortib bordi. XX asrga kelib ko`pdan ko`p o`rta va mayda sanoat korxonalari saqlanib qolgani holda, ishlab chiqarish va kapitalning konsentratsiyalashish jarayoni kuchaydi. 1902- yilda cho`yan va po`lat eritish karteli, keyinroq «Terni-Ilva» sindikati, 1904- yilda qand ishlab chiqarish karteli yuzaga keldi. 90- yillardayoq vujudga kelgan «Montekatini», «Pirelli», «Ansaldo», «Edison» kabi aksiyadorlik jamiyatlari va 1906- yilda tashkil topgan «Fiat» nomli aksiyadorlik jamiyati kimyo sanoati, rezina sanoati, mashinasozlik, elektr sanoati, avtomobil sanoati va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda tezda ustunlik mavqeyini egallab oldi. Birinchi jahon urushiga qadar Italiya agrar mamlakatligicha qolib, ishga yaroqli aholisining ko`pchiligi qishloq xo`jaligida band edi. Shunday bo`lsa-da, qishloq xo`jaligi bilan band bo`lgan aholi soni yildan yilga kamayib bordi (55%).


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish