o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, jahon tarixi “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, jahon tarixi“ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Ilmiy-texnik inqilob va uning natijalari. So‘nggi yuz yil davomida fanning rivojlanishi XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik inqilobga olib keldi. Bu inqilobning asosiy belgilari tabiiy va sintetik materiallardan tovarlarni ommaviy ishlab chiqarish, mashinalardan keng foydalanish, ishlab chiqarishning konveyerli liniyalarini, zavodavtomatl arni va sanoat robotlarini yaratish bo‘ldi. Ilmiy-texnik inqilob jahon iqtisodiyotini kapitalizmning postindust rial davriga olib chiqdi.Ikkinchi jahon urushidan keyin boshlanib ketgan «sovuq urush» hamda AQSH va SSSR o‘rtasidagi qurollanish poygasi kosmos sohasiga ham ko‘chdi. 1957-yili 4-oktabr kuni Sovet Ittifoqida dunyoda birinchi Yerning sun’iy yo‘ldoshi uchirildi. Akademik S.P. Korolyov boshchil igidagi guruh tomonidan Oyga kosmik kema uchirish borasida tadq iqotlar olib borildi. Ular natijasida 1961-yil 12-aprel kuni dunyoda birinchi marta Yuriy Gagarin «Vostok» kosmik kemasida koinotg a parvoz qildi. Kos monavtika davri boshlanib, u koinot haqidagi bil imlarimizni kengaytirdi.
Aniq fanlardagi kashfi yotlar. Bu yillari aniq fanlar erishgan eng katta yutuqlardan biri lazerning kashf etilishi bo‘ldi. Bu kashfi yot XX asr fi zika fanidagi eng yorqin kashfi yotlardan biri sifatida tan olingan. 1960-yili sovet fi ziklari N.G. Basov, A.M. Proxorov va amerika lik olim Ch. Tauns lazer (bu so‘z ing lizc ha Light Amplifi cation bu Stimu lated Emission of Radiation – majburiy nurl anish natijasida yorug‘likning ku chay tirilishi iborasining bosh harfl aridan olingan) – nurning mutlaqo yangi turini yaratdilar. Bu uchala olimlarga fi zika sohasida Nobel mukofoti berildi. Yangi texnika va texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq yana bir yangilik kompyuterning ixtiro qilinishi bo‘ldi. Kompyuter (inglizcha computer – «hisoblagich») dastlab axborotni qayta ishlash va hisoblash uchun yaratilib, elektron hisoblash mashinasi – EHM deb yuritilar va juda katta hajmga ega edi.
Hozir deyarli barchamiz foydalanadigan uyali telefonlar ham XX asr ixtirosi. Shvetsiyaning Televerket kompaniyasi 1 940-yillar oxiridayoq uyali telefonlarni yaratish ustida ish boshlagan edi. Shvedlar tomonidan taklif qilingan birinchi ommaviy uyali telefon aloqasi MTS – Mobil telefon sistem (mobil telefon tizimi) deb ataldi. 1970 – 1980-yillari Ericsson, Philips va boshqa ko‘plab mashhur kompaniyalar tomonidan uyali telefon apparatlarining yangi turl ari yaratil di. Shu yillari zamonaviy ko‘rinishga yaqin apparatlar paydo bo‘ldi. Massachuset texnologiya inst ituti xodimlari uzoq maso-
fadan turib kompyuter orqali aloqa o‘rnatish mumkinligini asosladi va intern etning yaratilishini yaqinlashtirdi. 1969-yili Internetning o‘tmishdoshi ARPANET yaratildi. 1972-yili E-mail (elektron pochta) paydo bo‘ldi.
San’at. XX asrning ikkinchi yarmida san’atda abstraksionizm (abstraksiya-mavhum) yo‘nalishi keng ommalashdi. Abstraksionizm fotogra fi ya san’atining rivojlanishiga o‘ziga xos javob tarzida paydo bo‘ldi. Abstraksionizm vakillari endi tasvirda harakatni, hissiyotni ifodalashga intildilar, zotan, ularning fi kricha, aynan shu jihatlarni fotografi yada aks ettir ishn ing iloji yo‘q edi. Abstraksionizmga qarama-qarshi ravishda pop-art (ommaviy san’at) paydo bo‘ldi va tezda Yevropaga tarqaldi. Pop-art ixlos mandlarining fi kricha, dunyodagi har qanday buyum o‘zining dastlabki iste’molchilik ahamiyatini yo‘qotib, badiiy, estetik sifat kasb etishi mumkin. San’atning bu yo‘nalishlarida olam qiyofasidagi mantiq va aniqlikning yo‘qligi san’atdagi modernizm bosqichi o‘z imkoniyatlarini tugatgan idan dalolat edi. Endi G‘arb va Sharq san’ati, o‘tmish va zamonaviy uslu bla r, folklor va ommaviy madaniyat elementlarini o‘zida jamlagan postmodernizm uslubi paydo bo‘ldi. Adabiyot. Urushdan keyin bir qator yozuvchilarning romanlari urushni badiiy usullar bilan anglashga bag‘ishland i. Bu davrda ko‘pchilik asarlar antifashistik, patsifi stik ruhda yozilgan bo‘lsa, 1960-yillardan keyin realizm jamiyatdagi yangi dolz arb muammolarni aks ettirish quroliga aylanadi.
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2..Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________