Yangi dars bayoni:
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Lotin Amerikasi mamlakatlari iqtisodiy islohotlar o‘tkazishi uchun qulay sharoit vujudga keldi: ular ancha katta valuta zaxirasiga ega bo‘ldi, jahon savdosida ulushi oshdi. Bu hol Lotin Amerikasi mamlakatlarida ommabop, lekin avtoritar rejiml arning shakllanishi uchun qulay muhit yaratdi.
1970-yillar oxiri–1980-yillar boshlarida Lotin Amerikasi mamlakatlarida diktatorlik rejimlariga qarshi kurash faollashdi. Bu 1979-yili Nikaraguada inqilobga, Salvador va Gvatemalada isyonchilik haraka-
tining kuchayishiga olib keldi. Janubiy Amerika davlatlari – Ekvador, Peru, Boliviya, Argen tina, Braziliya va Urugvayda harbiy rejimlar fuqarolik hukumatlari bilan almashtirildi. XX asrda Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun umumiy bo‘lgan modernizatsiya lash ning uchta – inqilobiy, neokonservativ va islohotchilik variantlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu variantl arni uchta mamlakat misolida ko‘rib chiqamiz.Kuba: modernizatsiyalashning inqilobiy varianti. 1950-yillar oxirida Karib dengizidagi kichikina orol– Kubada yuz bergan voqealar butun dunyoning e’tiborini o‘ziga jalb qildi. Kuba jamiyatni moderniz atsiya qilishning inqilob iy yo‘lini tanladi.1959-yil 1-yanvar kuni Fidel
Kas t ro bosh chiligida qo‘zg‘olon chilar Kuba poytaxti Gavana shahriga kirib kelis hdi, inqilob g‘alaba qozondi. F. Kastro hukumati faqat keskin sifat o‘zgarish i Kubani qolo qlikdan olib chiqadi, jamiyatni taraqqiyotn ing zamonaviy darajasiga ko‘taradi, deb o‘ylab, keskin ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirdi.
Kuba dastlabki davrda jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini modernizatsiya qilishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Sof agrar mamlakat bo‘lgan Kubani agrar-industrial mamlakatga aylantirish kursi tanlandi.Ammo 1980-yillardan jamiyatni modernizatsiya qilishning Kuba vari an tida ma’lum kamchiliklar ko‘zga tashlana boshladi. Iqtisodiy o‘sish sur’a tlari, aholining yashash darajasi pasaydi. SSSRning parchalanishi Kuba uchun juda katta zarba bo‘ldi. 1990-yillarda ko‘pchilik F. Kastro rejimining qulashini bashorat qilgan edi. Ammo bu rejim saqlanib qoldi. Chili: modernizatsiyaning neokonservativ varianti. Ikkinchi jahon urushidan keyingi o‘tgan vaqt davomida Lotin Amerikasi mam-
lakatlari jamiy atni modernizatsiya qilishning optimal var iantini izladilar. 1960-yillari Chilida hukumat mamlakatni mod ernizatsiyalashga harakat qildi. Bunda u ilga ri ilg‘or mam la katlarda sinovdan o‘tgan
islohotchilik tizimlariga tayand i. Ammo boshlangan islohotlar borgan sari jamiyatdagi bo‘linishni kuchayti rdi, mamlakat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohalarida keskinlikni yuzaga keltirdi. Navbatdagi
prezident saylovlaridan oldin Xalq birligi bloki tashkil qilinib, unga kommunistlar, sotsialistlar, radikallar va Xalq faol iyati yagona harakati kirdi. 1970-yili shu blok nomzodi Sal vador Alyende Chili
prezidenti qilib saylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |