Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Quyida berilgan formulalar orasidan alkenlarga tegishli bo’lganini toping.
a) C2H2 b) C6H6 c) C3H8 d) C5H10
2. C4H8 formulaga mos keluvchi alkenlarni xalqaro va ratsional nomenklatura bo’yicha nomlang.
3. Quyidagi moddalarni formulalarini yozing va ularni ratsional nomenklatura bo’yicha nomlang. a) penten-2; b) 2-metilbuten-2; c) 2,2-dimetilgepten-3 4. Alkenlarning umumiy formulasidan kelib chiqqan holda, molekulyar massasi 84 g ga teng bo’lgan modda tarkibidagi uglerod atomlarining sonini toping.
5. Quyidagi berilgan moddalarning struktur formulasini yozing: a) 1-brom-3-metilpenten-1; b) 2-etil-3-yodpenten-1; c) 3,4-dimetil-5-xlorgeksen-1
Do'stlaringiz bilan baham: |