O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning maqsadi:
o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan ,,Biologiya “ darsligi bilan tanishtirish;
darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1.,, BIOLOGIYA“ darsligi.
2.Mavzuga oid chizmalar.
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar, rasmlar va tushunchalar yozilgan kartochkalar, nostandart testlar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, biologiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Reproduktiv salomatlikka inson salomatligini asrash va mustahkamlashning asosiy tarkibiy qismi sifatida e’tibor qaratiladi. Respublikamizda reproduktiv salomatlikni asrash bo‘yicha qator me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. Reproduktiv (lot. re-tiklanish, takrorlanish ma’nosida, produco – yarataman). Reproduktiv salomatlik deganda insonning o‘zidagi mavjud irsiy axborotni keyingi avlodga yaxlit, genlarni mutatsiyalarga uchratmagan holda o‘tkazish natijasida o‘zidan sog‘lom nasl qoldirib, avlodlarning bardavomligini ta’minlash tushuniladi.Reproduktiv salomatlik – bu reproduktiv tizim va uning faoliyatiga bog‘liq barcha masalalar borasida faqat kasallik va kamchiliklar yo‘qligi bo‘libgina qolmay, balki to‘liq jismoniy, aqliy va ijtimoiy muvaffaqiyatlar holati hamdir. Reproduktiv huquq – bu barcha er-xotin juftliklar va alohida shaxslarning farzandlar soni, ular orasidagi oraliq va ularning tug‘ilish vaqti haqida erkin hamda to‘liq mas’uliyat hissi bilan qaror qabul qilishi va buning uchun shart bo‘lgan ma’lumot va vositalarga ega bo‘lishi borasidagi asosiy huquqlarni tan olish sanaladi. Reproduktiv salomatlikka erishish uchun quyidagi tamoyillar: jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklarni oldini olish, tashxislash va davolash (OITSning oldini olish), bepushtlikning oldini olish, o‘sma kasalliklari va o‘sma oldi kasalliklarini oldini olish, farzandlarni ona suti bilan boqish, onalik va bolalikning muhofazasi, o‘smirlar reproduktiv salomatligi va jinsiy tarbiyasiga amal qilinishi lozim. Mamlakatimizda bolalar va o‘smirlarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish bu – davlat siyosati darajasida eng ko‘p e’tibor qaratilayotgan masalalardan biridir. Gen kasalliklari va ularning kelib chiqish sabablari. Odam hujayrasidagi xromosomalar: autosom va jinsiy xromosomalarga ajratiladi. Autosoma xromosomalaridagi genlar mutatsiyasi oqibatida quyidagi kasalliklar vujudga keladi:Ba’zi odamlarda qo‘l va oyoq panjalarining tutashib ketishi – sindaktiliya, panjalarda qo‘shimcha barmoqlarning hosil bo‘lishi – polidaktiliya gen kasalliklari sanalib, dominant holda irsiylanadi. Odamda retsessiv mutatsiya oqibatida vujudga keladigan gen kasalliklari aniqlangan. Masalan, albinizm kasalligi teri, soch, ko‘zning kamalak pardasida pigmentlarning bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Sizga ma’lumku, meyoz jarayonining normal o‘tishi normal gametalar hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Kariotipdagi ayrim juft xromosomalar sonining o‘zgarishi (me’yordan ortishi yoki kamayishi) oqibatida vujudga keladigan kasalliklar genom mutatsiyalari aniqlangan. Autosoma xromosomalar soni ning o‘zgarishi tufayli chiqadigan kasallikka misol qilib, «Daun sindromi»ni olish mumkin. «Daun sindromi»ning kelib chiqishiga 21-juft gomologik xromo somaning bittaga ortib ketishi, ya’ni trisomik holatda bo‘lishi sababchidir. «Daun sindromi»ga uchragan shaxslar kariotipida xromosomalar soni 47 ta bo‘ladi. Bu kasallik autosoma xromosomalarning o‘zgarishi nati jasida vujudga kelganligi sababli, ayol va erkaklarda uchraydi.
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
12.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
13.Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish: O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________
Do'stlaringiz bilan baham: |