Sana “________” ____________________201____ -yil
Mavzu: Eng qadimgi odam rivojining ilk bosqichlari
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga eng qadimgi odamlarning rivojlanishi haqida ma’luymotlar, bilimlar berish.
Tarbiyaviy:Insoniyat bosib o’tgan taraqqiyot yo’li haqida tushunchalar hosil qilinadi.
Rivojlantiruvchi: Guruhda ishlash malakasini rivojlantirish.
Dars turi:Aralash, jamoa, guruhli
Darsning tashkiliy qismi: Salomlashish, davomadni aniqlash, darsga tayyorgarlik ko’rish, tozalikni tekshirish.
Yangi darsning bayoni.
Eng qadimgi odamlar. Yer yuzidagi dastlabki odamlar qaddi-qomatini tik tutib yuradigan, mehnat qurollarini yasash va ular ishlatishni biladigan kishilar bo`lib, ana shu xususiyatlari insonlarga hayvonot dunyosidan farqlanib turishga imkon bergan. O`ta oddiy tosh mehnat qurollari yasashni biladigan eng qadimgi odam suyaklari qoldiqlarini olimlar Janubiy Afrikadan - avstralopitek, Sharqiy Afrikadagi Zinj vodiysidan, Olduvay darasidan - zinjantrop, Yava orolidan (Indoneziya) - pitekantrop, Xitoy hududidan - sinantrop va Farg`ona vodiysidagi Selungur manzilgohidan, Germaniyadan - neandertal va Fransiyadagi Kromanyon g`oridan - hozirgi qiyofadagi odam - kromanyon topib tekshirilgan. Yer yuzida iqlim iliq bo`lgan kezlarda odamlar manzilgohlari kichkina daryolar yoki soylar yaqinidagi tepaliklarda joylashgan edi. Ilk paleolitning so`nggi davrlarida Buyuk muzlash boshlandi, bu hol odamlarni yangicha turmush sharoitiga moslashishga undadi. Germaniyadagi Neandertal vodiysidan topilgan mashaqqatli sinovlarni boshdan kechirgan qadimgi odamlarni olimlar neandertal deb ataganlar. Qadimgi odamlarning mashg`ulotlari. Qadimgi odam manzilgohlari Afrika, Osiyo va Yevropaning ko`pgina mamlakatlaridan topilgani ma'lum. O'rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari Farg`ona vodiysidagi Selungur manzilgohidan va Toshkent vohasidagi Ko`lbuloq manzilgohidan ham topilgan. Bunday qo`pol tosh qurollarining uchi bir tomonga qaratib o`tkirlangan edi. Arxeologiya fanida bu tosh qurollar chopperlar deb nomlangan. Mehnat qurollari odamlarga yegulik topish uchun kerak bo`lgan. Dastavval mehnat qurollari ancha oddiy edi. Uchi o`tkirlangan tosh va tayoq bilan qurollangan odam hayvonlarni ovlagan, uchi o`tkir tayoq yordamida o`simliklarning iste'molga yaroqli ildizlari va ildizmevalarini kovlab olgan. Tabiat insonga nimani in'om etsa, odam shuni olgan, topgan yeguligi bilan qanoatlangan, shuning uchun ham kishilarning eng qadimiy mashg`uloti bo`lgan termachilih va ovchilik o`zlashtiruvchi xo`jalik deb ataladi. Teshiktosh g`ori qadimgi tosh asri madaniyatining jahonga mashhur bir yodgorligidir. Teshiktosh g`oridan 1938-yilda 3000 mingdan ziyod tosh qurollari va ularning parchalari, arxar, kiyik, yovvoyi ot, qoplon, quyon, mayda kemiruvchilar, shuningdek, qushlarning suyaklari topilgan. Teshiktosh g`oridan qazib olingan, tosh asriga mansub 8-9 yashar bolaning suyaklari qoldiqlari eng mashhur topilmadir. Arxeologlar bunday neandertal odam suyak qoldiqlariga kamdan kam hollarda duch keladilar. Bola jasadi qoidali qilib qabriga ko`milgan. Jasad atrofiga arxar shoxlari qadab chiqilgan. Murdaning dafn etilishi dastlabki diniy e'tiqodlar bilan bog`liq. Diniy e`tiqodlarning vujudga kelishi. Mehnat faoliyati, tevarak olam haqida to`plangan bilimlar asta-sekin insonning fikrlash qobiliyati va tafakkurini o`zgartirib bordi. Odamlar o`zlariga tushunarsiz bo`lgan hodisalar haqida o`ylay boshladi: kun bilan tun, yil fasllari almashishi, vulqonlar otilishi, yer qimirlashi va boshqa tabiat hodisalari odam fikrini o`ziga tortgan. Ana shu hodisalarni tushuntirib berish qo`lidan kelmagan inson momaqaldiroq, yashin, shamol, yomg`ir kabi tabiat kuchlariga sig`ina boshladi. Bora-bora eng qadimgi odamlarda inson vafot etganidan keyin yashashni davom ettiradigan o`zga bir olamga ketadi degan aqidaga ishonch paydo bo`ldi. Odamni o`rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga e'tiqod fanda animizm nomini olgan. Yil fasllari almashinuvi, momaqaldiroq, bo`ronni qadimgi odamlar ruh mujassamlashgan tabiat kuchlari harakati deb tushuntirganlar. Animizm - insonni o`rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga ishonish. Eng qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni bartaraf etishiga ham e'tiqod qilganlar. Bu e'tiqod fetishizm nomini olgan. So`nggi paleolitga oid bo`lgan qoya rasmlarining topilishi eng qadimgi odamlarda diniy e'tiqodlar bo`lgani to`g`risidagi isbotlardan biridir. Qoyatosh rasmlaridan eng qadimiylari Ispaniyadagi Altamir va Boshqirdistondagi Kapovaya g`orlaridan topilgan. Odamlar rasmlar bo`lajak ovda o`zlariga yordam beradi deya ishonishgan. Rasmlar qarshisida hayvonlar harakatlariga taqlid qilib raqsga tushishgan, ov manzaralarini tasavvurga keltirishgan, nayza uloqtirishni mashq qilishgan. Diniy e'tiqodlar kurtaklari va marhumlar ko`milgan eng qadimgi qabrlar o`rta paleolit davrida vujudga kelgan. Qoyatosh rasmlaridan eng qadimiylari Ispaniyadagi Altamir, Fransiyadagi Lasko, Boshqirdistondagi Kapovaya g`orlaridan topilgan. Qadimgi qoyatosh rasmlari qimmatli tarixiy hujjatlardir. Ular inson nimalar haqida o`ylagani, tevarak dunyoni qay yo`sinda tasavvur etgani, qaysi hayvonlarni ovlagani, qanday mehnat qurollari va qurol-yarog`dan foydalanganini bilib olish va tushunishga yordam beradi. Odamning o`zini qurshab turgan tevarak dunyoni tushunishga intilishi eng qadimgi tasviriy san'at rivojlanishi uchun asos bo`lib xizmat qildi.
Rag’batlantirish Dasrga faol qatnashgan o’quvchilarga baholar qo’yish.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib, kanspekt qilib, tayyorlanib kelish.
Mazkur xujjatni to’liq holda olish uchun
+998941911545, +998973257014 telefon raqamlariga
qo’ng’iroq qiling yoki telegram orqali bog’laning
va unga ega bo’ling!
Xujjatni e-mailingiz yoki telegram orqali olishingiz mumkin.
P.S. Sizning to’lovingiz
www.entt.uz loyihasi rivoji uchun sarflanadi.
Narxi: 12000 so’m.
|
O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ___________
Do'stlaringiz bilan baham: |