Samoniylar davrida musiqiy xayot (IX-X) XI-XV asrlardao`zbek musiqasi. Reja



Download 33,8 Kb.
Sana03.01.2022
Hajmi33,8 Kb.
#314874
Bog'liq
Samoniylar


Samoniylar  davrida musiqiy xayot (IX-X)

XI-XV asrlardao`zbek musiqasi.

Reja:

1.                  Samoniylar davlati davridagi musiqiy madaniyat

2.                  Qomusiy olimlarimiznini musiqa madaniyatining rivojlanishiga qo’shgan xissasi

3.                  Samoniylar davrida cholg’u ijrochiligi va uning rivojlanishi

4.                  XI-XIII asrlarda yaratilgan musiqiy risiolalarYusuf Xos Xojibning “Qutadg’u Bilig” asari

5.                  Temur va uning vorislarini musiqa san`atiga bo’lgan e’tibori

Torli cholg’u asboblarida ijrochilikningkeng tarqalishi

 

Tayanch so‘z va iboralar: Abdulqodir Marog`iy -  Taniqli olim va musiqachi . “Saromadi adbo’r” - adbo’r ilmining eng oldingi vakilidegan yuksak unbo’n. “Miyatayn” -  arabcha  lug`aviy ma’nosi ikki yuz degan. 200 usuldan iborat musiqiy murakkabshakli.  “Murattav” - "tartiblashgan", tartibga solingan. Qavl - kor shaklining saqil doira usulidagi ritmik variattsiyasi. Amal – arabcha-ijodiy asar.  “Ma’mun akademiyasi”-Vag’doddagi Bayt ul-hikmat ya’ni donishmandlar uyi.

Madhal san’ati al musiqa”-  Musiqa san’atiga kirish. “

Shohnoma” -Abulqosim Firdavaiyning epik dostoni..

Ixso al-ulum”- “Ilimlar klasifikatsiyasi”.

Kitob al-dbor”-“Davrlar kitobi”.

Adabiyotlar: .

1. Karimov I. A. Istiqlol va ma'naviyat. – T.: “O‘zbekiston”, 1994.

2. Karimov I.A.  Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch. -T.:“Ma'naviyat”,2008.

3. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. – T.: O‘zbekiston, 2015.

4. Istoriya muziki narodov Sredney Azii i Kazaxstana. Moskva. 1994.

5. Muzшkalnaya estetika stran Vostoka. Moskva. 1967.

6. Muzikalnaya estetika stran Vostoka. Moskva. 1967.

7. T.S.Vшzgo. Muzшkalnie instrumenti Sredney Azii Moskva. 1980.

8. O’zbekiston xalqlari tarixi. 1-jild. Toshkent. 1992.

9. Kaykovus. Qobusnoma. Toshkent. 1994.

 

 

 

873 yili Tohiriylar sulolasining qulashi Movarounnahrda Somoniylar hokimiyatining qaror topishi uchun qulay sharoit yaratdi. SHu davrdan e’tiboran Somoniylar Movarounnahrni birlashtirdilar.

886 – 887 yillarga kelib, Somoniylardan bo’lgan Nasr ibn Ahmad o’zini butun Movarounnahrning hukmroni deb e’lon qiladi. Ammo uning ukasi Ismoil Nasrga bo’ysunmaydi va 888 yilda aka-ukalar orasida urush boshlanadi. Nasr qo’shinlari tor-mor keltiriladi va Movarounnahr Ismoilning qo’liga o’tdi. 900-yillarda Somoniylar davlati kuchayadi. Ismoil SHarqiy Eron hisobiga o’z tasarrufidagi yerlarni kengaytirdi.

Markaziy Osiyo rivojlangan feodalizm pallasiga kirdi. Feodal xonliklar mustahkamlandi, shaharlar o’sdi, savdo jonlandi. Somoniylar davrida Markaziy Osiyo deyarli yuz yil mobaynida chet el bosqinchilarining hujumiga duch kelmadi, bu esa, mamlakat xo’jaligi va madaniyatining rivojlanishiga imkon berdi.

SHahar bilan qishloq o’rtasida ortib boruvchi mol ayirboshlash, karvon savdosining gurkirashi qishloq xo’jaligining, konchilik va hunarmandchilikning rivojlanishini ta’minladi.

Somoniylar davrida Movarounnahrda Janubiy-SHarqiy Ovro’po, Eron va Kavkazni Markaziy Osiyo orqali Mo’g’uliston va Xitoy bilan bog’lab turuvchi karvon savdosi katta ahamiyat kasb etdi.

X asrda savdogarlar savdo uyushmalariga birlashgan, savdo-sotiqda cheklar ko’p qo’llanilar edi. Katta miqdordagi pulni biror shaharning biror sarrofiga berib, uniig evaziga undan chek olish va mo’ljallangan joyga borib shu chekni ko’rsatib, chekda ko’rsatilgan miqdordagi pulni to’la ravishda qaytarib olish mumkin edi.

Arab istilosi davrida islomlashtirilgan hududda arab tilini o’zlashtirish joiz bo’ldi. Arab tili faqat musulmon aqoidlarida, rasmiy amaldorlar doirasidagina emas, balki fors, xorazm, sug’d aslzodalari muhitida ham qo’llana boshlandi. Barcha shariat qoidalari, rasmiy qog’ozlar, barcha ilmiy asarlar arab tilida yoziladigan bo’ldi. Arab tilini bilmagan odam amaldor bo’la olmas edi.

Somoniylar hukmronligi davrida Xuroson va Movarounnahr madaniy hayotida katta yuksalish kuzatildi. Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o’z davrining madaniy markazlari sifatida dong taratdi. Bular orasida Buxoro ayniqsa mashhur edi; zero unda saroy va davlatning markaziy idorasi joylashgan edi.

Abu Ali ibn Sino Buxoroda ajoyib kitob bozori bo’lganligi haqida yozadi. Bu erdagi kitob do’konlarining biridan u o’ziga kerakli bo’lgan Arastuning «Metafizika» asarini alloma Forobiy sharhlari bilan topishga muvaffaq bo’ladi.

Kitobfurushlarning o’zlari ham ilmli insonlardan bo’lganlar. Kitob do’konlarida shoir, faylasuf, tabib, riyoziyot ilmlari sohibi (matematik), munajjim, tarixchi va boshqalar bilan uchrashish, ular bilan turli mavzularda ko’ngilli munozaralar olib borish mumkin edi.

Buxoro o’zining amir saroyidagi kutubxonasi bilan ham dong chiqargan edi. Amirning ijozati bilan Ibn Sino bu kutubxonadan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lgan va uning qisqacha ta’rifini bergan. Kutubxona bir qancha xonalarni egallagan. Har bir xonada maxsus sohaga, shariatga, she’riyatga oid ko’plab qo’lyozmalar bo’lar edi. Qo’lyozmalar sandiqlarda saqlanardi. Buxoro kutubxonasi SHeroz kutubxonasi bilangina bellasha olardi. Old Osiyodagi boshqa kutubxonalar bunga teng kelolmasdi.

Buxoroda o’sha davrda atoqli shoirlardan Rudakiy va Daqiqiylar yashab ajoyib she’rlar yaratishgan, Firdavsiy ham bu erda bo’lgan. Mashhur tabiatshunos, tabib, faylasuf, shoir Abu Ali ibn Sino o’zining yoshlik yillarini Buxoroda o’tkazgan.

  IX-X asrlarda ilm-fan, madaniyat va san’atning barcha turlari ravnaq topdi, buyuk mutafakkirlar, ulamo-yu fuzalolar ham ayni shu davrda, shu zamindan yetishib chiqdilar. O’tmish madaniyatimiz, ma’naviyatimizga taalluqli manbalarning asosiy qismi ham shu davrda yaratildi. Xususan, al-Kindiy, Abu Nasr al-Forobiy, «Ixvanus-safo», Abu Ali ibn Sino, Muxammad al-Xorazmiy kabi qomuschi-allomalarning musiqa masalalariga bag’ishlangan asarlari IX-X asrlar musiqa madaniyatini o’rganishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.

Aytish joizki, musiqa san’atiga o’sha davr hukmron sinflarining maishiy turmush tarzi va vaqtguzaronligi yaxshigina ta’sir ko’rsatgan. Musiqa hukmron sinf hayotining muhim lazzatbaxsh omillaridan biri edi. Bu haqda Unsurulmaoliy Kaykovusning mashhur “Qobusnoma”sida ham qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan.  

O’sha davrda musiqachilarning ikki asosiy guruhi tashkil topadi. Birinchisi, bazmu ziyofatlar, majlislarda xizmat qiladigan guruh bo’lib, xonanda, torli va damli sozlar ijrochilari, shuningdek, yopiq maydonda ijro etish uchun mo’ljallangan zarbli cholg’ular ijrochilaridan iborat; ikkinchisi esa harbiy-amaliy funktsiyalarni bajaradigan guruh bo’lib, tarkibiga karnay, nog’ora kabi ochiq maydonda ijro etiladigan jarangdor cholg’ular ijrochilari kirgan. Bunday bo’linish, atoqli olim F.M.Karomatovning qayd etishicha, keyinchalik o’zbek milliy cholg’u ansambllarining ikki asosiy turi vujudga kelishiga olib kelgan[1].

IX-X asrlarda Markaziy Osiyo xalqlari cholg’ularining ko’p turliligi bilan ajralib turgan. Kasbiy ijrochi va nazariyotchilar orasida ud (yoki barbat) eng ommalashgan cholg’u edi. Musiqiy risolalarning alohida boblari mazkur cholg’u tavsifiga bag’ishlangani ham bejiz emas. Bundan tashqari ikki turdagi – Bag’dod va Xuroson tanburi, shuningdek rubob ham amaliyotda qo’llanilgan. Damli cholg’ular – nay va surnayning har xil turlari keng tarqalgan.

Saroy musiqachilariga tegishli axloqiy va kasbiy qoidalar Kaykovusning mashhur “Qobusnoma”sida aks ettirilgan: “Agar nazirsiz (benazir) ustod bo’lsang ham majlis ichidagi harif (ulfat)larga qarag’il, agar musiqiydan zavq olg’uvchi qarilar va xos odamlar bo’lsa, mutriblik qil, yaxshi yo’llarni va navolarni chertg’il [...] Yana diqqat qilib qarag’ilki, mazkur bazmda har kishi qaysi yo’lni yaxshi ko’radi, shu kishiga kosa yetg’on choqda uni aytg’il. Unday vaqtda ul odamlardin biror narsa umid qilsang, shuni topasan...”[2].

Biroq musiqachilarning kiborlar didi va ehtiyojlariga tobe bo’lganligiga qaramay, ushbu davr musiqa madaniyati o’zining asrlar davomida shakllangan badiiy-estetik printsiplarini saqlab qoldi va rivojlantirdi. Musiqa san’atining yuksak badiiy-estetik ideallari, kasbiy musiqachining axloq kodeksi eng avvalo musiqa ilmiga bag’ishlangan asarlarda o’z ifodasini topdi[3].

Somoniylar davrida she’riyat ayniqsa gullab-yashnadi. Saroy she’riyati, asosan xalq adabiy an’analari va xalq og’zaki ijodi zamirida yaratildi. “Saroy shoirlari va musiqachilari ijodidagi asosiy janr – hukmron shaxslarni maqtaydigan va sharaflaydigan qasida edi. Qasidalarning asosiy mohiyati, qasida bag’ishlangan shaxsni daholashtirish edi. Uning muqaddima qismi (nasib)ga cholg’u asbobi jo’r bo’lgan. Ba’zan bazm kechalarida musiqiy cholg’ular mustaqil ravishda kuylar ijro etishlari mumkin edi. Nasibdan musiqiy-she’riy san’atning, ya’ni musiqachi – mutrib tomonidan ijro etiladigan mustaqil shakli – g’azal tug’ildi. Madhiyasifat musiqiy-she’riy asarlar bilan bir qatorda ijtimoiy qarashlarni ifodalovchi qo’shiqlar ham ijod qilinar edi”.[4]

Somoniylar hukmronligi davrida Rudakiy qasidaning ustasi bo’lgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, Rudakiy Samarqandning Rudak qishlog’ida (bu qishloq hozir ham mavjud bo’lib, aholi uni shoirning vatani deb hisoblaydi) tug’ilgan. Boshqa ma’lumotlar bo’yicha, Rudakiy nomi shoirning o’zi mukammal egallagan musiqa asbobi – “rud” nomidan olingan.

Rudakiy kambag’al oilada tug’ilgan. U musiqa asbobida chalishni va ashula aytashni erta o’rgangan. Uning shuhrati Buxoro amiri Nasr ibn Ahmadga (914-943) etib boradi va amir uni saroy sozanda va shoirlari qatoriga taklif etadi.

XI asr shoiri Ustodi Rashidiyning yozishicha, u Rudakiyning bir million uch yuz ming bayt she’ri borligini hisoblab chiqqan. Bizgacha Rudakiy she’riyatining ozgina qismi etib kelgan.

Buxoroga bag’ishlangan qasida ajoyib asarlar sirasiga kiradi. Uning yaratilishi xaqida shunday naql qiladilar. “Amir Nasr ibn Ahmad Marvda yashar, saroy ahllari begona shaharda zerikib qoladilar va o’z uylariga qaytish ishtiyoqi tug’iladi. Ular Rudakiydan Buxoro sharafiga qasida yozib berishini iltimos qiladilar. Amir bu qasidani eshitib, darhol ot talab etadi va shu ondayoq Buxoroga jo’nab ketadi”.

Tojik tilida qalam tebratgan zakovatli shoirlardan yana biri Daqiqiy edi. U xalq rivoyatlariga, xalq og’zaki ijodiyotiga suyangan. U X asr oxirlarida Nuh ibn Mansur (976-997) podsholik qilgan zamonda ijod etdi va “SHohnoma” asarini yaratishga asos soldi. Bu asarda Eron va Markaziy Osiyoning arablar istilosigacha bo’lgan tarixi aks ettirilgan bo’lishi kerak edi. Ammo Daqiqiy erta vafot etdi va boshlagan ishini tugata olmadi. “SHohnoma”ni buyuk Firdavsiy XI asr boshlarida Mahmud G’aznaviy podsholik qilgan davrda (998-1030) nihoyasiga etkazdi.

Firdavsiyning dunyoqarashi Somoniylar davrida shakllandi. Abulqosim Firdavsiy 934 yili tavallud topgan. U o’zining mashhur “SHohnoma” dostonini 37 yoshida yoza boshlagan va keksaygan chog’ida – 71 yoshida tugatgan.

Bu davrga kelib faqat xalq og’zaki ijodida rasm bo’lgan qadimgi doston va rivoyatlarga qiziqish kuchaydi. Asosida ikki misrasi o’zaro qofiyalanadigan o’n bo’g’inli mutaqarib vazn yotgan professional (kasbiy) qahramonlik dostonlari vujudga keldi.

SHohnoma – qadimdan arablarning VII asrda Somoniylar davlatini istilo etgunlarigacha bo’lgan, she’riy uslubda bayon etilgan, Eron va Markaziy Osiyoning qahramonona tarixidir. Bu asar o’sha davr musiqasi, musiqiy hayoti, musiqiy cholg’ularini o’rganishda boy manba’ hisoblanadi. “SHohnoma”da eslatilgan torli-nohunli asboblardan rud va zarbli ochlg’u doira keng tarqalgan. Doiraning tasviri “SHohnoma”ga ishlangan turli xil miniatyuralarda va boshqa qo’lyozmalarda tez-tez uchrab turadi. Rudakiy qasidalarida chang va to’rt torli borbad eslatiladi.

O’sha davrda chiltor va ud singari torli hamda puflama cholg’ular (nay) keng tarqalgan edi. Udsimonlardan kvartaga sozlanadigan , besh-olti juft torli ud qo’llanilgan. Darveshali CHangiy (XVII asr) udni “barcha musiqa asboblarining podshosi” deb baholagan edi.

IX-X asrlarda ilm-fan ham juda ravnaq topdi. Markaziy Osiyo xalqlari o’rtasida joriy etilgan islom dini o’z ildizlari bilan qadimga borib taqaluvchi ilmiy an’analarni yenga olmadi.

Bu davrda ajoyib olimlar, shoirlar, musiqachilardan mashhur matematik va munajjim Ahmad Al-Farg’oniy; yirik olim, algebra risolasining muallifi Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy; o’rta asr SHarqining atoqli faylasufi, musiqa sohasidagi ishlari zamondoshlari hamda undan keyingi musiqachilar avlodi uchun asos bo’lgan Abu Nasr Al-Forobiy; o’rta asrdagi ko’plab ilmlarga katta hissa qo’shgan Abu Rayxon Beruniy; buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino yashab ijod qilganlar.

Buyuk matematiklar Ahmad Al-Farg’oniy, Abu Ja’far Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy Farg’ona va Xorazmdan chiqqanlar. Xalifa Al-Ma’mun (813-833) akademiyasida Al-Xorazmiy Aljabrga, ya’ni riyoziyotga doir asarlari bilan fan tarixida mustahkam o’rin egalladi. Ovro’poda Al-Xorazmiy nomi “algoritm” va “algorifm” atamasi sifatida bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Algebra nomi uning “Kitab al-jabr va al-muqobala” nomidan olingan.

 

Abu Nasr Forobiyning musiqiy-nazariy merosi (873 – 950)

Buyuk faylasuf-olim, o’rta asr SHarq musiqa nazariyasining asoschilaridan biri – Abu Nasr Muhammad Forobiy 873 yilda Sirdaryo yoqasidagi Forob shahrida tug’ilgan. U O’rta Osiyo turkiy qabilalaridan chiqqan bo’lib, dastlabki ma’lumotni o’z ona shahrida oladi. Durustgina bilim egasi bo’lgan Forobiy Bag’dod, Damashq shaharlariga, so’ngra Misrga boradi va u yerlarda o’z ma’lumotini oshiradi[5].

Forobiy ajoyib musiqachi va musiqa nazariyachisi edi. Aytishlaricha, u o’z davrida mavjud bo’lgan barcha musiqa cholg’ularida ijro etgan.

Forobiy uning taxallusi bo’lib, to’la nomi esa Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug’ ibn Tarxon – o’rta asr SHarq musiqa madaniyatining eng yirik namoyandasidir. Forobiy o’z zamonasi ilmlarining barcha sohalarini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qo’shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitganligi tufayli SHarq mamlakatlarida “Al-muallim as-soniy” – “Ikkinchi muallim” (Arastudan keyin), ya’ni “SHarq Arastusi” degan ulug’ nomga sazovor bo’ldi. Uning yoshligi o’z vatanida o’tgani va yigitlik chog’larida Toshkent, Buxoro va Samarqandda bo’lgani, bu yerlarda tahsil ko’rgani ma’lum. Keyinchalik Forobiy o’z bilimini oshirish maqsadida xalifalikning madaniy markazi Bag’dodga qarab yo’l olgan. U Eronning Isfaxon, Hamadon, Ray shaharlarida ham bo’lgan. Taxminan 940 yildan u Damashqda yashagan. Forobiy umrining keyingi yillari esa Xalab (Aleppo) shahrida o’tadi. U Sayfutdavla Hamdamiy (943-967) huzurida xizmat qilib, uning iltifotiga sazovor bo’lgan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u 70dan ortiq tilni bilgan. Kuylarni ayniqsa nay va tanburda katta mahorat bilan ijro etardi. Ba’zi manbalarda ko’rsatilishicha, alloma Forobiy qonun asbobini ixtiro etgan va o’sha davrlarda mashhur bo’lgan ud sozini takomillashtirishda juda katta ishlar olib borgan[6]. Maqomshunos olim I.Rajabovning bu boradagi mavjud manbalarga asoslangan mulohazasi quyidagicha: “Ba’zi manbalarda Abu Nasr Forobiy qonun sozining ixtirochisi, degan fikr noto’g’ri ekanligi qayd etiladi. O’tmishdagi mualliflar ko’pincha musiqa cholg’ularining tuzilishi yoki tori va pardasiga ozgina o’zgarish kiritgan musiqachi-olimlarni o’sha cholg’uning ixtirochisi, deb hisoblay berganlar. Forobiy “Qonun”ning ixtirochisi, degan fikrni ham shunday tushunish mumkin”[7].

Forobiy 949-950 yillarda Misrda, so’ngra Damashq shaharlarida yashab, shu yerda vafot etgan va “Bob as-sag’ir»” qabristoniga dafn qilingan.

Manbalarda ko’rsatilishicha, u zabardast bastakor hamda ud, tanbur, g’ijjak, nay, chang va qonun asboblarining mohir ijrochisi bo’lgan. Forobiy o’tkir didli va ajoyib musiqaviy qobiliyati tufayli O’rta va Yaqin SHarqda yashovchi turli xalqlarning musiqa madaniyati bilan yaqindan tanish bo’lgan. Uning musiqiy qarashlarini shakllanishida, ayniqsa Markaziy Osiyo va Eron xalqlarining musiqa merosi katta ta’sir ko’rsatgan. Bu xalqlarning musiqa merosini ilmiy va amaliy tomonlarini chuqur o’zlashtirganligi Forobiyning asarlarida ma’lum bo’ladi. Forobiy musiqa ilmi va amaliyotida bab-baravar dong taratgan. Uning ijrochilik va bastakorlik ijodi shu qadar yuksak cho’qqilarga erishganki, hatto bu to’g’rida xalq orasida ko’plab afsonalar yuzaga kelgan. Xususan, “Ziynat-al-majolis” asarida Ray shahrining vaziri Sohib Abbod huzurida o’tgan ziyofatda Forobiyning ijrochilik mahorati haqida quyidagicha hikoya qilinadi: “... u yonidan bir cholg’u asbobini olibdi, bu asbobni Forobiy o’zi kashf etgan bo’lib, ko’rinishi kichik qovoqqa o’xshab ketar ekan va gipchak deb yuritilar ekan. Forobiy u asbobda kuyning birinchi qismini chalganida o’tirganlarning hammasi mashqdan nihoyatda xursand bo’lishibdi va kulishibdi. Kuyning ikkinchi qismi eshituvchilarni yig’latibdi, ular ko’z yoshlarini qondek to’kibdilar, uchinchi qismi ijro etilganda esa eshituvchilarning hammasi hayajonga tushibdilar-da, so’ng uxlab qolibdilar”[8]. Ilmda esa, u olamshumul ahamiyatga molik asarlar yaratib, musiqashunoslik tarixida so’nmas iz qoldirgan.

Forobiy o’rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarida 200ga yaqin asar yaratgan. U qadimgi yunon mutafakkirlari – Platon, Aristotel’, Evklid, Ptolemey, Porfiriylarning asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel’ asarlari (“Metafizika”, “Etika”, “Ritorika”, “Sofistika” va b.)ni batafsil izohlab, murakkab joylarini tushuntira olgan, kamchiliklarini ko’rsatgan; bu asarlarning umumiy mazmunini ochib beruvchi maxsus asarlar yaratgan. Forobiy “Yulduzlar haqidagi qoidalarda nima to’g’ri va nima noto’g’riligi to’g’risida” nomli risolasida osmon jismlari bilan yerdagi hodisalar o’rtasidagi tabiiy aloqalarni, bulutlar va yomg’irlar paydo bo’lishining quyosh issiqligi ta’sirida bug’lanishga sababiy bog’liqligini yoki Oy tutilishi Yerning quyosh bilan oy o’rtasiga tushib qolishiga bog’liq ekanligini ko’rsatgan edi. Bu bilan u osmon jismlariga qarab “fol ochuvchilarni” fosh qildi.

Forobiy musiqaga oid ko’p asarlar yozgan. Alloma falsafa, mantiq, matematika va boshqa fanlar bo’yicha katta-katta ilmiy asarlar yaratgan zamonasining zabardast olimlaridan edi. Musiqa ilmi esa matematika fanlaridan biri hisoblanib, uning tarkibiga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa ilmlari kirardi. Manbalarda Forobiyning “Ilmlar klassifikatsiyasi” (“Ixso al-ulum”), “Katta musiqa kitobi” (“Kitob al-musiqa al-kabir”), “Musiqaga kirish” (“Madhal fil-musiqa”), “Ritmlar klassifikatsiyasi kitobi” (“Kitob fi ixsa al-iqo’”) va boshqa ko’plab asarlari tilga olinadi. Bu asarlarning ayrimlari qo’lyozma sifatida dunyoning turli kutubxonalarida saqlanadi. Zamonaviy ilmga Forobiyning asosan, ikkita musiqa asari keng joriy qilingan. Ular – “Ilmlar klassifikatsiyasi”ning musiqaga bag’ishlangan bo’limi va “Katta musiqa kitobi”dir. Forobiy musiqaga inson axloqini tarbiyalovchi, sihat-salomatligini mustahkamlovchi vosita deb qaragan.

Musiqa ilmi masalalarining atroflicha va chuqur yoritilishi jihatidan o’z davrida tengsiz bo’lgan “Katta musiqa kitobi” jahon musiqa fanining shoh asarlaridandir. Forobiy bu asarida oldinlari boshqa fanlarning tarkibiy qismi bo’lgan musiqani, mustaqil ilm darajasiga ko’targan.

“Katta musiqa kitobi”ning dunyoning turli kutubxonalarida saqlanadigan bir necha nusxalari ma’lum. Forobiy tavalludining 1100 yilligi munosabati bilan arab olimlari Zakariyo Yusuf hamda Mahmud Dafniy tomonidan mavjud qo’l yozmalar asosida kitobning mukammal matni tayyorlanib, nashr qilindi.

Bu kitob musiqa olamida ko’p asrlar davomida mashhur. O’rta va Yaqin SHarq musiqa fanida u doimo eng nodir va markaziy asarlardan biri bo’lib xizmat qilib kelgan. SHarq musiqa ilmida Forobiy ijodi bilan aloqador bo’lmagan biron-bir ko’zga ko’ringan olimni topish qiyin. “Katta musiqa kitobi” Evropada ham anchadan buyon ma’lum. U ilk bor XII asrda Zohid Guldislav tomonidan lotin tiliga tarjima qilingan edi.

“Katta musiqa kitobi” bir qancha sharq va g’arb tillariga ham o’girilgan. 1840 yilda nemis sharqshunosi Land kitobning cholg’u asboblarga oid qismini lotin tiliga tarjima qilgan. XX asrning 30- yillarida “Katta musiqa kitobi” baron Rudolьf D’Erlanje tomonidan frantsuz tiliga tarjima qilinib, “Arab musiqasi” turkumida nashr etilgan[9]. Mazkur nashrda asar muqaddima va uch bo’lak kitobdan iborat.

Muqaddima qismida muallif kuy ta’rifi, musiqannig nazariy va amaliy masalalari, kuyning paydo bo’lishi, musiqa janrlari, cholg’ular, kuylarning ta’rifi, kuylarning ijrosi, intervallar, tovushqatorlar, konsonanslar va dissonanslar haqida fikr yuritadi.

Birinchi kitobda musiqaviy akustika, nag’ma (tovush)lar nisbati, intervallarning turlari, ularni hosil etish qoidalari, ritmlar va boshqa masalalar sharhlab beriladi.

Ikkinchi kitobda ud, tanbur, nay, rubob kabi sozlar, ularning pardalari, torlari va diapazoni haqida gap boradi.



Uchinchi kitob kuylar va maqomlarni hosil etish, ritm, cholg’u va vokal musiqa, kuy bezaklari va boshqa masalalarga bag’ishlanadi. Uchinchi kitob maqomlar masalasini yoritishda ayniqsa muhimdir. Bunda lad (maqom)larni tashkil etadigan qismlar – tetraxord va pentaxordlarning turlari, maqomotning juda ko’p xillari, uning sho’’balari keltiriladi.

SHuni alohida ta’kidlash kerakki, Abu Nasr Forobiy o’zining bu o’lmas asarida SHarqda nota yozuvining vujudga kelishida chuqur zamin hozirlab bergan edi. Binobarin, kuylarning parda asosi bilan bevosita bog’liq bo’lgan lad (maqom) yozuv namunalarini ixtiro etdi va harfiy belgilar vositasi bilan yozib qoldirdi[10].

         Ushbu tarjima orqali Forobiy merosi Evropaga keng joriy qilindi. “Katta musiqa kitobi”ning turli boblari fors va turk tillarida ham nashr etilgan. Bu asar rus, o’zbek va qozoq tillariga qisman tarjima qilingan.

Alloma asarining 1967 yil Qohirada amalga oshirilgan nashri quyidagicha[11]:  “Katta musiqa kitobi”ning muqaddimasida ta’kidlanishicha, u ikki qismdan iborat bo’lgan. Birinchisida ushbu ilmning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan bo’lsa, ikkinchisi – o’tmish olimlarining musiqa ilmidagi “xatolariga” izohlar berishga qaratilgan. Kitobning ana shu so’nggi qismi bizgacha yetib kelmagan.

“Katta musiqa kitobi”ning hozirgacha saqlangan nusxasining o’zi ham ikki qismdan iborat. Birinchisi – “Musiqa san’atiga kirish” (“Madxal sinaatu fil-musiqa”), ikkinchisi – “Asosiy qism” (“Juzvi asl”) deb nomlanadi. O’z navbatida “Musiqa san’atiga kirish” har biri ikki bobdan iborat bo’lgan ikki faslga ajratiladi. Asosiy qism esa birinchisi-ikki, ikkinchisi-uch, uchinchisi ham uch bobdan iborat uch faslni tashkil qiladi. SHunday qilib, “Katta musiqa kitobi” jami 12 bobdan iborat.

Yuqorida qayd qilinganidek, Forobiy musiqa ilmini nazariy va amaliy qismlarga ajratadi. Nazariy ilm musiqa asoslari (tub qonunlari) va ularni o’rganish uslublari xususida fikr yuritadi. Har qanday nazariy ilmda iisonning kamol topmog’i uchun uch narsa kerak deyiladi:

Uning asoslarini egallash

SHu fan asoslaridan kerakli natijalar chiqara bilish

SHu fanga oid xato natijalarni topa olish, o’zga olimlar fikrini chuqur tushuna olish, ularning yomon fikrlaridan yaxshilik kashf eta bilish, yo’l qo’yilgan xatolarni tuzata olish, – deb yozadi “Katta musiqa kitobi”ning debochasida Forobiy.

Forobiy ilmu ta’lifning yuqorida zikr etilgan har bir kategoriyasini keng va mukammal bayon qiladi. Ilmu ta’lif dastlabki tushuncha-tovushning musiqaviy va fizik xususiyatlarini o’rganishdan boshlanadi. Tovush – biron-bir qattiq yoki yumshoq jismning tebranishidan hosil bo’ladigan fizikaviy hodisa, deb ta’riflanadi.

Xulosa qilish mumkinki, Forobiyning musiqiy-nazariy va musiqiy-estetik qarashlari shakllanishida O’rta va Yaqin SHarq xalqlarining musiqiy an’analari ayniqsa muhim ahamiyat kasb etgan. Allomaning musiqiy risolalari va kitoblari esa bu haqda yozilgan asarlarning eng mukammali bo’lib, o’zidan keyingi davrlarda yashab ijod etgan uning izdoshlari bo’lmish musiqa olimlari kitoblarining yaratilishida asos bo’lib xizmat qiladi.

Abu Abdulloh Al-Xorazmiy (X asr)

 Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkiri, qomuschi olimi Abu Abdulloh ibn Yusuf al-Kotib al-Xorazmiy musiqa ilmi sohasida ham noyob meros qoldirdi. Uning qomusiy “Mafatix al-ulum” (“Ilmlar kaliti”)[12] asaridagi “Fil musiqa” (“Musiqa haqida”) bo’limi o’z davrida musiqa ilmiga doir qisqacha, ammo qimmatli ma’lumotlar beradi. “Fil musiqa” uch fasldan iborat: 1) mashhur cholg’ular; 2) jins va jam’lar ta’rifi, ularning tasnifi; 3) iyqo’ masalalariga bag’ishlanadi.

 “Mafatix al-ulum” qomusi Yaqin va O’rta SHarq xalqlari cholg’ushunosligiga oid muhim manba’ hisoblanadi. Bunda qadimgi Yunon va SHarq xalqlari musiqa amaliyotida qo’llanilgan arg’anun, lira, kifara, tanbur, rubob va boshqa sozlarning tavsifi, sozlanish uslubi va tarkibi keltirilgan. Xorazmiy jins, jam’, va bo’’d ta’rifida, iyqo’ tasnifida Yunon ilmiy an’analariga tayanib, Forobiyning ratsionalistik ilmiy an’analarini rivojlantiradi.

“Umuman SHarq olimlari, dastlab musiqani ham falsafa ilmlaridan biri deb hisoblaganlar, binobarin o’zlarining qomus tarzida yozilgan kitoblariga kiritganlar. Bunda ular shubhasiz, musiqaning badiiy-estetik kuchi va ijtimoiy-tarbiyaviy rolini hisobga olganlar”[13].

O’sha davrlarda musiqa ilmiga matematika fanlarining biri sifatida qaralgan edi. Bunga sabab, musiqani tashkil etgan tovushlar bir-biriga nisbatan ma’lum nisbatda bo’lib, matematikadagi ba’zi konun-qoidalar vositasi bilan tushuntirilar edi. Dastlab, intervallarni tashkil etadigan tovushlar baland-pastligi darajasi torning uzun-qisqaligi bilan o’lchangan. Bunda tor qismlari geometriya yo’li bilan aniqlanib, uning ma’lum bo’laklaridan turli intervallar chiqarib olinadi. Masalan, ikkini birga nisbati (ya’ni, ochiq torning yarmidan hosil etiladigan tovush uning o’ziga nisbatan) oktava darajasidagi intervalni tashkil etadi va matematikada 2:1 tarzida ifoda etiladi. Xuddi shu ma’noda torning 9 bo’lagining 8 bo’lagiga nisbati – katta sekundani, uning 4:3 nisbati –kvartani, 3:2 nisbati – kvintani, 8:3 nisbati - undetsimani, 3:1 nisbati – duodetsimani, 4:1 – kvintdetsimani tashkil etadi. Intervallarning turlari juda ko’p bo’lib, ular tashkil etgan tovushlar nisbati matematika qoidalari asosida tushuntirilar edi. Hatto jins, jam’ va maqomlarni tashkil etgan ayrim tovush(pog’ona)larning o’zaro nisbatlari raqamlar vositasi bilan tushuntirilgan. SHu bois arifmetika, geometriya, astronomiya qatori musiqa ilmi ham matematika fanlaridan biri hisoblangan.

Umuman Kindiy (IX asr), Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino kabi mashhur olimlarning asarlari ko’p asrlar davomida SHarq xalqlari musiqa nazariyasini sharhlab berishda asosiy manba bo’lib xizmat qildi va keyingi davrlarda yaratilgan musiqa risolalarining mazmunini aniqlab berdi.

 

Tayanch so’zlar: Somoniylar, Rudakiy, Firdavsiy, Forobiy, Al-Xorazmiy, “SHohnoma”, “Kitab ul-musiqi al-kabir”.
Download 33,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish