ALKANLARNING IZOMERIYASI
1. Alkanlarda izomeriyaning necha xili uchraydi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
2. Alkanlarda izomeriya nechanchi vakildan boshlab boshlanadi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
3. Alkanlarning radikal izomeri nechanchi vakilidan boshlanadi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
4. Alkanlarning tarmoqlangan holatiga qanday old qo’shimcha qo’shiladi?
A) radikal B) izo C) normal D) gomolog
5. Pentanning izomerlar sonini aniqlang.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
6. Butanning izomerlar soni to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
7. Geksanning izomerlar soni to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
A) 2 B) 3 C) 5 D) 7
8. Oktanning izomerlar sonini aniqlang.
A) 3 B) 7 C) 18 D) 35
9. Geksanning asosiy zanjirda 4 ta uglerod saqlagan izomerlar sonini ko’rsating.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
10. Oktanning asosiy zanjirda 5 ta uglerod saqlagan izomerlar sonini aniqlang.
A) 6 B) 7 C) 8 D) 9
11. Geptanning asosiy zanjirda 4 ta uglerod saqlagan izomerlar sonini aniqlang.
A) 8 B) 7 C) 6 D) 5
12. Geptanning asosiy zanjirda 5 ta uglerod saqlagan izomerlar sonini aniqlang.
A) 5 B) 6 C) 7 D) 8
13. Dekanning izomerlar soni to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
A) 75 B) 35 C) 18 D) 10
14. Neopentandagi gomologik farqni aniqlang.
A) 0 B) 1 C) 2 D) 3
15. 2.2 dimetilgeksandagi gomologik farqni aniqlang.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
16. Asosiy zanjirda 5 ta uglerod saqlagan eng katta molyar massali alkanda gomologik farq nechaga teng.
A) 0 B) 1 C) 2 D) 3
17. Gibridlangan orbitallar soni gibridlanmagan orbitallar sonidan 8 ga ortiq bo’lsa, shu alkanning izomerlar sonini aniqlang.
A) 2 B) 3 C) 5 D) 7
18. Pentanning barcha izomerlaridagi birlamchi uglerod atomlari sonini aniqlang.
A) 2 B) 3 C) 6 D) 9
19. Pentanning barcha izomerlaridagi ikkilamchi uglerod atomlari sonini hisoblang.
A) 1 B) 4 C) 3 D) 5
20. Butanning barcha izomerlaridagi uchlamchi uglerod atomlari sonini aniqlang.
A) 2 B) 1 C) 4 D) 3
21. Alkan tarkibida :
Birlamchi uglerodlar soni – x
Ikkimlamchi uglerodlar soni – y
Uchlamchi uglerodlar soni – z
To’rtlamchi uglerodlar soni – t
Quyidagi ma’lumotlar asosida alkan tarkibidagi vodorodlar sonini toping.
A) 2n+2=x+y+z+t B) 2n+2=4x+3y+2z+t
C) 2n+2=3x+2y+z D) 2n+2=2x+y
22. Alkan tarkibida :
Birlamchi uglerodlar soni – x
Ikkimlamchi uglerodlar soni – y
Uchlamchi uglerodlar soni – z
To’rtlamchi uglerodlar soni – t
Quyidagi ma’lumotlar asosida alkan tarkibida uchlamchi uglerodlar sonini ifodalang.
A) z=x-t-2 B) z=3x+2y+k
C) z=x-2k-2 D) z=x-2k+2
23. Alkan tarkibida :
Birlamchi uglerodlar soni – x
Ikkimlamchi uglerodlar soni – y
Uchlamchi uglerodlar soni – z
To’rtlamchi uglerodlar soni – t
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida to’rtlamchi uglerod atomlari sonini toping.
A) t=x-z-1 B) t =1/2(x+z)-1
C) t=1/2(x-z)+1 D) t=1/2(x-z)-1
24. i-detsil radikalini hosil qilishda nechta elektron qatnashgan?
A) 60 B) 61 C) 62 D) 63
25. i-nonil radikalini hosil qilishda nechta elektron qatnashgan?
A) 54 B) 55 C) 56 D) 57
26. i-oktil radikalini hosil qilishda nechta elektron qatnashgan?
A) 48 B) 49 C) 50 D) 51
27. Asosiy zanjirida 7 ta uglerod bo’lgan va molyar massasi eng katta bo’lgan alkan molekulasida nechta atom bo’ladi?
A) 137 B) 161 C) 185 D) 209
28. Asosiy zanjirida 7 ta uglerod bo’lgan va molyar massasi eng katta bo’lgan alkan molekulasida nechta uglerod bo’ladi?
A) 37 B) 45 C) 53 D) 61
29. Asosiy zanjirida 7 ta uglerod bo’lgan va molyar massasi eng katta bo’lgan alkan molekulasida nechta to’rtlamchi uglerod atomi mavjud?
A) 16 B) 17 C) 18 D) 19
30. Asosiy zanjirida 7 ta uglerod bo’lgan va molyar massasi eng katta bo’lgan alkan molekulasida nechta birlamchi uglerod atomi mavjud?
A) 28 B) 32 C) 36 D) 40
Do'stlaringiz bilan baham: |