Reja: 1. Mavlon Juraqulovning olib borgan tadqiqot ishlari. 2.N.Xolmatovning olib borgan tadqiqot ishlari. - M.Jo‘raqulov butun hayotini ilm-fanni rivojlantirish, yosh avlodni tarbiyalashga bag‘ishlagan. Olim o‘zining 55 yillik ilmiy faoliyati davomida arxeologiya sohasida muhim tadqiqotlarni amalga oshirib, Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga oid muhim ilmiy xulosalar yaratdi. Uning O‘zbekistonning dunyo madaniyati tamaddunidagi o‘rni mavzusiga oid maqolalari, tadqiqotlaridan hozirda ko‘plab xorijiy ilmiy markazlar hamda oliygohlarda foydalaniladi. M.Jo‘raqulov 1960 yil Samarqand davlat universitetining tarix fakultetini bitirib, umumiy tarix kafedrasi assistenti va 1960-1963 yillarda Samarqand davlat universiteti aspiranti, 1968-1971 yillarda Samarqand davlat universiteti umumiy tarix kafedrasi dotsenti, keyinchalik arxeologiya kafedrasi mudiri bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi.
Mavlon Juraqulov - Zarafshon vodiysining eng yirik arxeologik yodgorliklarida fundamental tadqiqotlar o‘tkazdi va ibtidoiy davr madaniyatiga doir qator ilmiy asarlar yaratdi. Tadqiqotlarining umumiy ko‘lami shundan iboratki, Zarafshon havzasida qadimgi inson jamoalari tomonidan yaratilgan va bizgacha moddiy madaniy meros sifatida yetib kelgan madaniyat sivilizatsiya sari intilib yashagan qadimgi o‘tmishdoshlarimizning aql-zakovati bilan tub, mahalliy asosda yaratilgan tarixiy merosdan iboratdir, degan muhim tarixiy xulosa qilindi.
- Samarqand davlat universiteti ilmiy ekspeditsiyasiga rahbarlik qilib, olib borilgan arxeologik tadqiqotlar tufayli Qoratepa tog‘i massivlari tarkibiga kiruvchi Sazag‘on qishlog‘i atroflaridagi dara soylar qirg‘oqlarida bundan IV-IV ming yillar avval yashagan urug‘-jamoalari kulbalar qurib, o‘troq yashashga o‘tganligini ilmiy asoslanishiga boshchilik qildi. Bu joy aholisi ziroatchilik, uy chorvachiligi, kulolchilik, to‘qimachilik xo‘jaliklarini kashf qilib, mahsulot ishlab chiqarish madaniyatini o‘zlashtirgan jamoalardan bo‘lganligi haqidagi ilmiy xulosani birinchilardan bo‘lib Mavlon Jo‘raqulov ilmiy jamoatchilikka yetkazgan edi.
- U ko‘p yillar tadqiqotlar olib borib, Samarqand shahrida joylashgan so‘nggi paleolit davriga oid “Samarqand makoni”ning Markaziy Osiyodagi shu davrga oid etalon yodgorlik ekanligini ilmiy asoslab berdi. Mazkur ilmiy tadqiqot natijalari soha mutaxassislari tomonidan jahon miqyosida tan olindi va hozirgi kun tadqiqotchilari mintaqa so‘nggi paleolit davri arxeologiyasini o‘rganishda bevosita Mavlon Jo‘raqulov tomonidan yaratilgan ilmiy asarlarga qayta-qayta murojaat qilishmoqda.
- Professor Mavlon Jo‘raqulovichning oliy ta’limni rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik g‘oyalari ruhiyati asosida tarbiyalashdagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. Xususan, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni sohibi bo‘ldi.
- 1944-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan mazkur arxeologik ekspeditsiyaning Respublikamiz mustaqilligi yillarida amalga oshirgan tadqiqotining ob’yekti Zarafshon, xususan O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ tizmasi shimoliy yonbag‘rida joylashgan tosh davri yodgorliklari hisoblanadi. Ayni kunda 30 dan ortiq yodgorliklar aniqlanib, arxeologik xaritaga olingan va ulardan 10 ga yaqinida arxeologik qazishma ishlari olib borilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |