Samdu pedagogika fakulteti
boshlang’ich ta’lim yunalishi
402 – guruh talabasi
Yuldosheva Guljamolning
2-sinf O’qish fanidan
mAVZU: Qish, birinchi qor
Bajardi: Yuldosheva G.
Amaliyot rahbari: Hazratqulov M.
SAMARQAND-2013
Darsning mavzusi: Men va atrofimizdagi olam
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarni atrof - olam bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni Vatanni sevishga, tabiatni qadriga yetishga va asrab-avaylashga o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarni tabiat qonuniyatlari haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: An’anaviy, yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat, tarmoqlash, mustaqil ish, raqobatlashtirish.
Darsning jihozi: ko‘rgazma qurollar, tarqatma varaqalar, plakatlar, o‘quvchilar chizgan rasmlar.
Darsning taqsimoti
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O‘tgan mavzuni so‘rash
|
5 daqiqa
|
3
|
O‘tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 daqiqa
|
5
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
7 daqiqa
|
6
|
Dars yakuni. Baholash va uyga vazifa berish
|
5 daqiqa
|
Darsning borishi:
tashkiliy qism: salomlashish, o‘quvchilarni darsga jalb qilish.
O‘qituvchi: Bolajonlar hozir qaysi dars?
O‘quvchilar xor bo‘lib:
Tabiat sirlarin, Vatan boyligin,
Nechun o‘zgarishin qishu-yoz faslin.
Hayvonlaru qushlarning sirli olamin,
Koinotni o‘rgatar tabiat darsi.
O‘qituvchi: Darsimiz shiori nima?
O‘quvchilar xor bo‘lib:
Tabiatjon sen onamiz,
Chiroyingga parvonamiz,
Boyliklaring ko‘zga surtib,
Seni doim avaylaymiz.
O‘qituvchi: Navbatchining hisobotini eshitamiz.
Navbatchi sana, davomat haqida hisobot beradi.
O‘qituvchi: Bolajonlar, bugun siz bilan yangi fan Atrofimizdagi olam fanini o‘tamiz. Siz atrofingizga qarasangiz nimalarni ko‘rasiz?
O‘quvchi: Daraxtlar, gullar, suvlar, qushlar, hayvonlar, mashinalar.
O‘qituvchi: Bu fan bizga atrofizdagi olam, ya’ni daraxtlar, gullar, suvlar, qushlar, hayvonlar haqida o‘rgatadi. Ularning yashsash tarsi, qanday qilib ovqatlanishi, turlari, insonlarga foydasi haqida o‘rganamiz.
Mana bu rasmlarga e’tibor bering. Unda nimalarni ko‘rayapsiz?
O‘quvchi: To‘glar, daraxtlar, gullar, suv tasvirlangan.
O‘qituvchi: Bolajonlar insonlar yashashi uchun suv, daraxtlar juda zarur. Ular bo‘lmasa insonlar yashay olmaydi. Shuning uchun ularni asrab –avaylashimiz kerak.
Dam olish daqiqasi.
Har doim bo‘lsin quyosh,
Har doim bo‘lsin osmon,
Har doim bo‘lsin onam,
Har doim bo‘lay men.
(O‘quvchilar ushbu qo‘shiqni jismoniy harakatlar bilan bajarishadi)
O‘qituvchi: Mana bu rasmda nimalarni ko‘rayapmiz?
Rasm asosida suhbat o‘tkaziladi.
O‘qituvchi: Endi atrofimizni o‘rab turgan narsalar bilan yaqindan
tanishamiz. Bu nima?
O‘quvchi: Bu mevalar. Olma, uzum, nok, anor, ananas. Ular daraxtlarda pishadi.
O‘qituvchi: Barakalla. Mevalar insonlarga juda kerak. Ularda inson uchun juda foydali bo‘lgan vitaminlar bor.
O‘qituvchi: Mana bu rasmda nimalarni ko‘rayapmiz?
O‘quvchi: Bu gullar.
O‘qituvchi: Siz qanday gullarni bilasiz?
“Tarmoqlash” metodi.
O‘qituvchi: Mana bu rasmda nimalarni ko‘rayapmiz?
O‘quvchi: Bu qushlar. Qushlar bizning do‘stimiz.
O‘qituvchi: Barakalla. Qushlar himoyasiz jonivorlar, ularga ozor
bermaslik kerak. Qushlar haqida kim she’r biladi?
O‘quvchi:
Qushlar
Qushlar hoy ketmang yiroq,
Sizga ozor bermaymiz.
Do‘st bo‘lib qolay biroq,
Qishda ham tark etmangiz.
Dars yakuni.
O‘qituvchi: Barakalla, bolajonlar siz tabiat haiqa juda ko‘p narsalarni bilar ekansiz. Shu bilan bugungi darsimiz tugadi. Tabiatni kuzatishni davom ettiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |