Samdu filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi



Download 74,5 Kb.
bet2/4
Sana13.05.2022
Hajmi74,5 Kb.
#602625
TuriЛитература
1   2   3   4
Bog'liq
M.Axmedova Maqola jurnalga oxirgi

Annotation: This article deals with the development of writing exercises in 8th grade mother tongue lessons, the use of modern educational technologies in the development of students' oral and written speech, the formation of writing speech without spelling errors in the student, various pedagogical methods and skills of creative thinking of the student, the role and importance of literacy classes.
Keywords: pedagogical skills, correct pronunciation, oral and written speech, literacy, educational technology
Bugungi kunda butun dunyo ta’lim tizimida o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bu esa o‘z navbatida yurtimizda ham ta’lim sifatini oshirishga katta e’tibor berilmoqda. Bunga esa Prezidentimizning III Renesans davri boshlanganligini hamda “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan , ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi” – degan g‘oyalari ta’lim tizimida katta islohatlar bo‘lishi kutilayotganligidan dalolat beradi.
Hozirda yurtimiz ta’lim tizimida juda katta tub burulishlar bo‘lyapti, ayniqsa, darsliklarimizdagi o‘zgarishlarni misol qilib olishimiz mumkin. Maktab darliklarining qayta nashr etilishi bejizga emas. Masalan, 2019-yilda 8, 9, 10, 11-sinf hamda 2020-yilda 5-sinf ona tili va adabiyot darsliklari qayta nashr ettirildi. Bu darsliklar to‘la yangilangan holatda chiqarildi.
Mamlakatimiz umumiy o‘rta ta’lim o‘quv dasturida ona tili ta’limi oldiga quyidagi bosh maqsad qo‘yildi: “Ona tili mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish” ga qaratish lozim1. Chunki 8-9-sinf o‘quvchilarining ruhiy holati, fikrlash qobilyati o‘ziga xos shakllanayotgan bo‘ladi. Shuning uchun o‘quvchilarda ijod qilish, yaratuvchanlik, turli xil fikrlarni mantiqiy o‘ylab tahlil qilish jarayoni amalga oshayotgan vaqt hisoblanadi. O‘quvchining aynan shunday qobilyatlarini shakllantirish ya’ni to‘g‘ri boshqarish til va adabiyot o‘qituvchilarining zimmasiga tushadigan vazifadir. Ona tili darslarida o‘qituvchilar o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga, so‘zlarning ma’no jihatlarini farqlashga, so‘zlardan o‘rinli qo‘llashga, imloviy savodxonlikni oshirishga, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz va yozishga, so‘zlardan gap, matn, jumlalar hosil qilishga, matn va jumlalardagi xatolarni topishga, mantiqiy fikrlash qobilyatini oshirishga katta e’tibor qaratish kerak.
Birgina 8-sinf ona tili darsligida matnlar bilan ishlashga e’tibor qaratilgan. Bu darslik xalqaro baholash tizimi bo‘lgan PISA dasturiga turli xil topshiriqlarni bog‘lashga harakat qilingan. Darslikdagi matnlar o‘quvchini o‘qish savodxonligini oshirishga, matnni mantiqiy fikrlashga, turli xulosalar chiqara olishga qaratilgan. Matnlarda o‘qish savodxonligini oshirish bilan bir qatorda grammatik topshiriqlar ham berilgab bo‘lib, bu esa o‘quvchilarning yozma nutqini ham rivojlantirishga yordam beradi. Jumladan, 25-26-darslar va 29-darslarda Mumtoz matn va lug‘atlar bilan ishlash mavzusida “Talab vodiysi” matni berilgan2. Bundan tashqari 31-dars Matn va lug‘atlar bilan ishlash mavzusida Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan “Tilshunos va qayiqchi”3 hamda 44-45-darslada esa Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asaridan “Miqyosi nafs” parchalari berilgan4. Bu matnlar o‘quvchilarga bilim berishdan tashqari, ularga ma’naviy ozuqa ham beradi. O‘quvchilarni fikrlashga, yaxshi va yomonni farqlashga, kimga qanday munosabatda bo‘lishga undaydi. Bevosita matnlarni tahlil qilish jarayonida ham og‘zaki, ham yozma nutq ko‘nikmasini shakllantirib boradi. Bunga “qanday?” – degan savol tug‘ilishi mumkin. Chunki har matn tahlil qilganda birinchi bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida turli xil fikrlar bahs va munozaraga aylanib ketadi. Har bir o‘quvchi o‘z fikrini himoya qiladi va boshqalarga tushuntira bilishi kerak bo‘ladi. Ba’zi darslarda matnlarni tahlil qilish jarayonida o‘z fikrini yozma bayon qilishga to‘g‘ri keladi. Shunday jarayonlarda gap, jumlalarni to‘g‘ri tuzish jarayonida yozma nutq ko‘nikmasiga tayanib yozadi va xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun imloviy (orfografik) xatolarga e’tibor berib boradi.
8-sinf darsligi bo‘yicha fikr yuritayotgan ekanmiz, aynan bir mavzu yuzasidan matn va topshiriqlarni tahlil qilamiz. Masalan: 76-77-darslar “Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari yuzasidan tahlil” mavzusiga e’tibor qarataylik. Unda Ulug‘bekning shogirti va buyuk allomamiz Farobiyga bog‘liq bir matn berilgan5. Bunda har ikki matn doirasidan kelib chiqqan holatda topshiriqlarni tuzish mumkin. Aynan bu matnlarni Blum taksanomiyasi6 orqali turli topshiriqlar o‘ylab topish mumkin. Blum taksanomiyasida savollar bosqichma bosqich tuziladi. Har bir bosqichda berilgan savollar matn mazmunini chuqurroq tushunishga va tahlil qilishga qaratilgan bo‘ladi. Savollar borgan sari murakkablashib boraveradi.


Download 74,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish