Abdulla Qahhor - Mohir hikoyanavis, yozuvchi va o’zbek adabiyotining atoqli namoyondasi Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentyabrda Qo’qonning Ko’mir bozori mahallasida temirchi oilasida dunyoga kelgan. Dastlabki ma’lumotini Buvaydadagi eski maktabda oldi. So’ng Oqqo’rg’on qishlog’idagi jadid maktablarida tahsil ko’rdi. 1922-1924-yillarda Qo’qondagi o’qituvchilar tayyorlash texnikumida o’qiydi.
- Abdulla Qahhor ijodi 1924-yildan boshlangan. Dastlab “Mushtum” jurnalida, “Yangi Farg’ona” va “Qizil O’zbekiston” gazetalarida uning hikoya va felyeton va xabarlari bosildi. Abdulla Qahhorga katta shuhrat keltirgan “Sarob” romani 1934-yilda yozilgan.
Hikoyalari
Romanlari
Qissalari
“O’g’ri”
“Bemor”
“Dahshat”
“Anor”
“Adabiyot muallimi”
“Mayiz yemagan xotin”
“Kampirlar sim qoqdi”
“Xotinlar”
“Asror bobo”
“Sarob”
“Qo’shchinor chiroqlari”
“Sinchalak”
“O’tmishdan ertaklar”
“Muhabbat”
“Dahshat” hikoyasi “Dahshat” hikoyasida Unsin mu’telik va jaholat asirasi bo’lib yashashni istamaydi. Olimbek dodxoning sakkiz xotini ichida eng kichigi—bu dargohga tushganiga 5 oygina bo’lgan Unsin agar eri butunlay javobini bersa, Ganjiravonga—o’z uyiga ketmoqchi bo’ladi. Dodxoning katta xotini Nodirmohbegim :“—Bola edim. Rahmatli dadam gap yer edilar. Bir mehmonxona yigit… Mana shu shamol kechasi ekan. “Hozir kim go’ristonga borib Asqarponsotning go’riga pichoq sanchib keladi?”—degan gap bo’libdi”,--deydi. Shundan keyin gapdan gap chiqib, Unsinga eri butunlay javob berishini so’raydi. Shart shuki, Unsin qabristonga borib Onhazrat sag’anasi oldida qumg’on qaynatib, choy damlab kelishi kerak. Unsin bu vazifani bajaradi, lekin Ganjiravonga uning o’ligi boradi. “Dahshat” hikoyasining syujetini yaratishda muallif xalq og’zaki ijodi materiallaridan foydalangan. Xalq orasida keng yoyilgan diniy afsonalardan biri—qabriston haqidagi afsonadir. O’sha davrda erkaklar orasida kechasi qabristonda biror ishni bajarib kelish mardlik, kuchlilik hisoblangan. Hikoya boshida Nodirmohbegim tilidan shunday voqea so’zlab beriladi. Bu voqeani eslab, aytilishiga darchaga kelib urilgan bo’yra sababchi bo’ladi. Bo’yra hikoyadagi voqealarga turtki bo’ladi. “Dahshat” hikoyasining syujetini yaratishda muallif xalq og’zaki ijodi materiallaridan foydalangan. Xalq orasida keng yoyilgan diniy afsonalardan biri—qabriston haqidagi afsonadir. O’sha davrda erkaklar orasida kechasi qabristonda biror ishni bajarib kelish mardlik, kuchlilik hisoblangan. Hikoya boshida Nodirmohbegim tilidan shunday voqea so’zlab beriladi. Bu voqeani eslab, aytilishiga darchaga kelib urilgan bo’yra sababchi bo’ladi. Bo’yra hikoyadagi voqealarga turtki bo’ladi. Darchaga kelib urilgan bo’yra Dodxoni qo’rqitib yubordi va shu qo’rquv Unsinni dadillashishiga, qalbida yashiringan tuyg’ularini yuzaga chiqishiga olib keldi. Shundan so’ng Nodirmohbegimning aytgan voqeasi Unsinni yanada shijoatga, erkini uyg’onishiga turtki bo’ladi. Garovga qo’yilgan qo’yni arzimas narsa ekan deyishi Dodxoni izzat-nafsiga tegadi. Ayniqsa, qabristonday joyga borib, pichoq sanchgan odamni “O’lsin, nokas odam ekan, bitta qo’yni deb” deyishi Dodxoni g’ashini keltiradi. Dodxo o’sha davrning ariza qabul qiluvchi amaldori, har narsani boylik bian o’lchaydigan odam edi. Tegirmonchining qizi bo’la turib, qo’yni nazarga ilmaslik Dodxoda yangi reja uyg’onishiga sabab bo’ladi. Demak, Nodirmohbegimning aytgan voqeasi Unsun va Dodxolar uchun turtki vazifasini o’taydi. Shu yerda Dodxoning: ”Nima kerak?” – degan savoliga Unsin, ozod, erkin Unsin javobsiz qoldiradi. Mute kundoshlar esa javob berishga undaydi. Unsin yanada yuksaklikka ko’tariladi. ”Javob bersangiz, Ganjirovonga ketsam”. Mute xotinlari bilan yashab o’rgangan Dodxo Unsinni gapini tushunmaydi. Unsin shijoat, jasorat bilan Dodxoga tik boqadi. ”– Yo’q, men butkul ketsam deyman, javobimni bersangiz”. Dodxo Unsinni mute ayollari singari savalamadi. Muloyimlik bilan ”Go’ristonga pichoq emas, qumg’on olib borasan, On hazratim sag’anasi oldida qumg’on qaynatib, bitta choy damlab kelasan, maylimi. – Mayli,” – dedi Unsin. Ayollarning erkin so’zlashiga o’rganmagan Dodxoga bu xaqorat bo’lib tuyuldi. Unsining qabristonga borishida tabiat tasviri va shamol to’sqinlik qiladi. Ushbu tasvirda unsunga ya’ni uni ozod bo’lishiga shamol va tun tasviri to’sqinlik qiladi, lekin Unsin barchasini yengib, olg’a boradi. Qabriston manzarasi erkini to’sishga harakat qiladi. U o’z-o’zi bilan kurashadi. Sag’ana yoniga kelib to’xtaydi. Qo’lida: choynak, qumg’on, paranji. Uning esidan chiqqan narsa o’tin edi. O’tin ham uning yo’lini to’smoqchi bo’ladi, ammo u sag’analar orasidan hashak tera boshladi. Qabristonda olov yondi. Bu uning ozod bo’lganligini birinchi belgisi edi. Unsin choyni qaynatadi va uyga yo’l oladi. - Shu yerda Dodxoning: ”Nima kerak?” – degan savoliga Unsin, ozod, erkin Unsin javobsiz qoldiradi. Mute kundoshlar esa javob berishga undaydi. Unsin yanada yuksaklikka ko’tariladi. ”Javob bersangiz, Ganjirovonga ketsam”. Mute xotinlari bilan yashab o’rgangan Dodxo Unsinni gapini tushunmaydi. Unsin shijoat, jasorat bilan Dodxoga tik boqadi. ”– Yo’q, men butkul ketsam deyman, javobimni bersangiz”. Dodxo Unsinni mute ayollari singari savalamadi. Muloyimlik bilan ”Go’ristonga pichoq emas, qumg’on olib borasan, On hazratim sag’anasi oldida qumg’on qaynatib, bitta choy damlab kelasan, maylimi. – Mayli,” – dedi Unsin. Ayollarning erkin so’zlashiga o’rganmagan Dodxoga bu xaqorat bo’lib tuyuldi. Unsining qabristonga borishida tabiat tasviri va shamol to’sqinlik qiladi. Ushbu tasvirda unsunga ya’ni uni ozod bo’lishiga shamol va tun tasviri to’sqinlik qiladi, lekin Unsin barchasini yengib, olg’a boradi. Qabriston manzarasi erkini to’sishga harakat qiladi. U o’z-o’zi bilan kurashadi. Sag’ana yoniga kelib to’xtaydi. Qo’lida: choynak, qumg’on, paranji. Uning esidan chiqqan narsa o’tin edi. O’tin ham uning yo’lini to’smoqchi bo’ladi, ammo u sag’analar orasidan hashak tera boshladi. Qabristonda olov yondi. Bu uning ozod bo’lganligini birinchi belgisi edi. Unsin choyni qaynatadi va uyga yo’l oladi.
Shu yerda Unsinning dadillashishiga maymun olib kelgan odam borligi haqidagi o’yi sabab bo’ldi. Maymun ham erkini to’sa olmadi. Yana yo’lga tushdi. Unsinning ahvolini ko’rgan Dodxo tashqariga otildi, qo’rqib ketdi. Nodirmohbegim unga go’riston tuprog’idan olib keltirib, suv ichirdi. Shu holat shuncha yillardan beri Dodxoning ayoli bo’lib kelgan Nodirmohbegimni ham ko’zini ochdi. ”Shu uyni yelkamni chuquri ko’rsin” – dedi. U ozod bo’ldi. Unsunning ozodlikka intilishi Nodirmohbegimni erkinlikda yashashiga turtki bo’ldi. Abdulla Qahhor bu hikoyada o’tmishda oddiy o’zbek ayoli boshiga tushga kulfatni tasvirlaydi. Lekin, Unsinning erkini to’smoqchi bo’lgan barcha unsurlar yengib o’tiladi. - Shu yerda Unsinning dadillashishiga maymun olib kelgan odam borligi haqidagi o’yi sabab bo’ldi. Maymun ham erkini to’sa olmadi. Yana yo’lga tushdi. Unsinning ahvolini ko’rgan Dodxo tashqariga otildi, qo’rqib ketdi. Nodirmohbegim unga go’riston tuprog’idan olib keltirib, suv ichirdi. Shu holat shuncha yillardan beri Dodxoning ayoli bo’lib kelgan Nodirmohbegimni ham ko’zini ochdi. ”Shu uyni yelkamni chuquri ko’rsin” – dedi. U ozod bo’ldi. Unsunning ozodlikka intilishi Nodirmohbegimni erkinlikda yashashiga turtki bo’ldi. Abdulla Qahhor bu hikoyada o’tmishda oddiy o’zbek ayoli boshiga tushga kulfatni tasvirlaydi. Lekin, Unsinning erkini to’smoqchi bo’lgan barcha unsurlar yengib o’tiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. B. Karimov – “Adaboyotshunoslik metodologiyasi” 2. M. Qo’shjonov – “Abdulla Qahhor mahorati” 3. www.ziyonet.uz - FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. B. Karimov – “Adaboyotshunoslik metodologiyasi” 2. M. Qo’shjonov – “Abdulla Qahhor mahorati” 3. www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |