“SAMARQAND VILOYATIDA YOSHLARNING INNOVATSION G’OYALARI VA STARTAP LOYIHALARINI QO’LLAB-QUVVATLASH DASTURI”DA ISHTIROK ETISH TO’G’RISIDA MA’LUMOT O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida
2020-yil 8-oktyabrdagi kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 79-son bayoni 19-bandida “Samarqand viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Samarqand viloyati yoshlarining startap loyihalarini va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbaalaridan 1 mlrd. so‘mdan ajratilishi va Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi qoshida hay’at tuzgan holda, ushbu mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish bo‘yicha Samarqand viloyati tajribasini yaratish” to‘g‘risida berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2020-yil 21-dekabr sanasida Samarqand viloyati hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi o‘rtasida “Samarqand viloyati yoshlarining startap loyihalari hamda innovatsion g‘oyalarini qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori imzolangan. Qo’shma qarorning 1-ilovasida Dasturni tashkil etish va o’tkazish bo’yicha Nizom keltirilgan bo’lib, unga ko’ra dasturda ishtirok etish tartibi hamda talablari quyidagicha:
Dasturda ishtirok etish uchun Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan onlayn arizani to’ldirish lozim. Arizalar odatda har uch oyda bir marotaba e’lon qilinadi. 2022-yilda dasturning IV to’lqini uchun ariza qabul qilish muddati 1-mart sanasida yakunlangan va 191 ta ariza qabul qilingan;
Dastur Nizomining 4.10 bandiga ko’ra “Qo’llab-quvvatlash dasturida buyurtma berilgan sanada 16 yoshdan kichik bo’lmagan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin”;
Dastur Nizomiga ko’ra loyihalar 4 bosqichda saralanib, 3-6 oy muddatga akselleratsiyaga jalb qilinadi hamda Dastur Hay’ati qaroriga ko’ra moliyalashtiriladi;
Dasturga mualliflik yechimi mavjud bo’lgan, innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan hamda IT sohasining tegishli yo’nalishlaridagi (FinTech, AgriTech, FoodTech, eCommerce, AI&Smart, CloudTech) innovatsion ishlar natijalari yoki startap loyihalari jalb qilinadi;
Dasturda faqatgina Samarqand viloyatida istiqomat qiladigan jismoniy shaxslar yoki faoliyati Samarqand viloyatida yo’lga qo’yilgan yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Dastur Nizomiga muvofiq yuqoridagi talablarga javob bermaydigan loyiha tashabbuskorlari dasturda ishtirok etishi yoki moliyalashtirilishi mumkin emasligini ma’lum qilaman.