HOSIL BAYRAMI
Kuz faslini eng mo‘l-ko‘l, hosilga boy mavsum deb hisoblashadi.
O‘zbekistonda Hosil bayramini qadimdan tantanali ravishda o‘tkazib kelishadi.
Yoz oxiri, kuz boshi – baxmal mavsumi, bayram va marosimlarga juda boy
bo‘lgan. Yoz oxiri va kuz boshida bog‘ sayli, qovun sayli, olma sayli, uzum sayli,
anor sayli, Mehrjon bayrami, xirmon (hosil) to‘yi kabi bayramlarni o‘tkazishadi.
Bu bayramlarni dehqonlarning mehnat mavsumi yakunlanib, ularning
bo‘sh paytlari ko‘paygan vaqtida uyushtirishadi. Hosil bayrami tomosha –
o‘yinlarga juda boy bo‘ladi va katta sayilga aylanib ketadi. Dehqonlar yil bo‘yi
qilgan mehnatlarining rohatini ana shu bayramda his qilishib, maroqli dam
olishadi. Hosil bayramini hamma joyda, har bir viloyatda o‘tkazishadi.
Bunday tadbir va bayramlar kishilarga yaxshi kayfiyat, ruhiy quvvat
beradi. Ular kishilar o‘rtasida mehr – oqibat, inoqlik, do‘stlik kabi fazilatlarni
mustahkamlaydi. (118)
6-SINF
15
Do'stlaringiz bilan baham: |