Samarqand viloyati hududlaridagi mobil guruhi tinglovchilari uchun fizika fanidan 1-nazorat ishi savollari
Variant № 1
10 l xajmli kozonga 7 kg kartoshka solindi. Ustiga 5 l suv qoʼyib toʼldirildi. Xom kartoshkaning zichligini toping (kg/m3).
Massasi 100 g boʼlgan jismga 1 N kuch taʼsir qila boshladi. 5 s da jism necha metr yoʼl oʼtadi? V0=0.
Suvning silindrik idish tubiga bosim kuchi uning yon sirtiga beradigan bosim kuchiga teng boʼlishi uchun suv toʼldirilgan, radiusi 10 sm li silindr idishning balandligi qancha boʼlishi kerak (m)?
Massasi 0,6 g li suv tomchisida qancha suv molekulasi bor?
Ikkita nuqtaviy zaryadning miqdori 2 martadan, ular orasidagi masofa ham 2 marta orttirilganda, oʼzaro taʼsir kuchi qanday oʼzgaradi?
Quyoshning gorizontdan balandligi 460 ni tashkil etadi. Yassi ko’zgudan qaytgan quyosh nurlari yuqoriga vertikal ravishda yo’nalishi uchun uning ko’zguga tushish burchagi qanday bo’lishi kerak?
Kuzatuvchi sirena tovushini 5 s o‘tgach eshitdi. Agar sirenaning chastotasi 2 kHz va to‘lqin uzunligi 15 sm bo‘lsa, u kuzatuvchidan qanday masofada bo‘lgan (m)?
Mobil guruhi nazoratchisi: _________ ____________________________
Samarqand viloyati hududlaridagi mobil guruhi tinglovchilari uchun fizika fanidan 1-nazorat ishi savollari
Variant № 2
Boʼsh idishning massasi 460 g ga teng. Uning suv toʼldirilgandagi massasi 960 g, moy toʼldirilgandagi massasi 920 g boʼlsa, moyning zichligini toping (kg/m3).
Oʼzgarmas bir xil kuch taʼsirida harakatlanayotgan ikki jismning harakat tenglamalari x1=5t2 va x2=2t2 koʼrinishga ega. Jismlarning massalari necha marta farq qiladi?
Normal sharoitda hfvosi soʼrib olingan nayni simobga tushirilsa, si¬mob atmosfera bosimi taʼsirida shu nay orqali 76 sm koʼtariladi. Shu nay suvga tushirilsa, suv qancha balandlikka koʼtariladi? =13,6 g/sm3.
6,021026 ta temir atomining massasini hisoblang (kg). Temirning molyar massasi 56 g/mol.
q va 3q zaryadli ikkita bir xil metall sharcha bir-biridan r masofada turibdi. Sharchalar bir-biriga tekkizildi va avvalgi vaziyatlariga kaytariddi. Bunda oʼzaro taʼeir kuchi necha marta oʼzgargan boʼladi?
Uzunligi 30 sm bo’lgan chizg’ich stol ustida tik ushlab turilganda, uning soyasi 20 sm bo’ldi. Agar lampa turgan nuqtadan stolga tushirilgan perpendikulyar asosidan chizg’ich asosigacha masofa 80 sm bo’lsa, lampaning stoldan balandligini aniqlang.
Agar chastotasi 680 Hz bo‘lgan tovush to‘lqinining ikki nuqtasidan manbagacha bo‘lgan masofalar farqi 25 sm bo‘lsa, tovushning havodagi tezligini 340 m/s deb hisoblab, ikki nuqta tebranishlarining fazalar farqini toping.
Mobil guruhi nazoratchisi: _________ ____________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |