25-masala(1096). Ko‘chadagi uylar 1 dan 50 gacha nomerlangan. Shu uylar nomerlarida 4 raqami necha marta ishtirok etgan?
Yechimi.
1 dan 50 gacha sonlar yozilganda 4 raqami necha marta ishtirok etishini topamiz. Ular quyidagilar: 4, 14, 24, 34, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 48, 49.
Demak, 1 dan 50 gacha nomerlangan uylar nomerida 4 raqami 15 marta ishtirok etadi.
26-masala(1097). 3 ta turli xatni 3 ta turli konvertga necha xil usulda joylashtirish mumkin?
Yechimi.
Xatlarni shartli holda A, B va C kabi belgilasak. Ularni 3 ta konvertga quyidagi usullarda joylash mumkin: A, B, C; A, C, B; B, C, A; B, A, C; C, A, B; C, B, A.
Demak, 3 ta konvertga 3 ta turli xatni 6 xil usulda joylashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |