18-masala(1089). Nozimaxonda Alisher Navoiyning 5 ta asari bor. Nozimaxon ularni kitob javonga terib qo‘ymoqchi. Buning necha xil usuli bor?
Yechimi.
Kitob javonda 5 ta o‘rin bor deb faraz qilamiz. Nozimaxon birinchi o‘ringa 5 ta asarning har birini 5 xil usulda qo‘yishi mumkin. Ikkinchi o‘ringa esa birinchi o‘ringa joylashtirilgan kitobdan farqli bo‘lgan 4 ta kitobni joylashtirishi mumkin bo‘ladi. Buni esa 4 xil usulda bajarish mumkin. Xuddi shunday uchinchi o‘ringa 3 xil usulda; to‘rtinchi o‘ringa 2 xil usulda; beshinchi o‘ringa esa faqatgina 1 xil usulda kitob joylashtirish mumkin. Kombinatorika ko‘payitirish qoidasiga ko‘ra, jami usullar soni ta.
Do'stlaringiz bilan baham: |