IV bosqich
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Yangi mavzuni turli o`yinlar orqali mustahkamlanadi.
,,Charxpalak” metodi
metodi orqali mustahkamlanadi.
“Raqamli alifbo” o’yini orqali mustahkamlanadi.
|
Didaktik o`yin
|
15 daqiqa
|
V bosqich
Baholash.
Dars yakuni
|
O`quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, reytingi e’lon qilinadi va dars yakunlanadi. Rag`bat kartochkalari beriladi.
|
Og`zaki
|
3 daqiqa
|
VI bosqich
Uyga vazifa
|
348-mashq tushuntiriladi.
|
Tushuntirish
|
2 daqiqa
|
Darsning borishi
Tashkiliy qism.
O`qituvchi sinfga kiradi. O`quvchilar bilan salomlashadi.
O`qituvchi: Aziz oquvchilar, bugun kim navbatchi?
O`quvchi: Bugun men navbatchi.
O`qituvchi: Yilda nechta fasl bor?
O`quvchi: 4 ta.
O`qituvchi: Hozir qaysi fasl?
O`quvchi: Bahor fasli.
O`qituvchi: Hozir qaysi oy?
O`quvchi: Aprel oyi.
O`qituvchi: O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
O`qituvchi: Aziz bolajonlar, darsga hamma tayyormi?
Hamma o`quvchilar o`quv qurollari borligini ya’ni: daftar, darslik, kundalik, ruchka, qora qalamlarini tekshirib chiqadi.
O`qituvchi: Demak, hamma darsga tayyor. Bolajon, bizlar dars davomida nimalarga, qaysi qoidalarga rioya qilishimiz kerak?
O`quvchilar: Biz ona tili darsida asosan husnixat bilan yozish va mashqlarni bajarishga faol qatnashishimiz kerak.
O`qituvchi: Ona tili darsining shiorini aytamiz.
O`quvchilar: Ona tili darsimiz,
Onam tili darsimiz.
O`zbek tilini chuqurroq
O`rganishdir burchimiz.
O`tilgan mavzuni so`rash va mustahkamlash.
O’quvchilar daftarlari yig’ilgandan so’ng. “Tarifidan top” ta’limiy o’yini.
1. So’rog’idir kim? Nima? Kitob, daftar , gul , olma
2. Bildiradi belgini: Ma’za-tam, rang-tus, hidini
3. Son-sanoqni bildirar, Hisob-kitob qildirar.
4. Harakatni bildirar, Tinmay mehnat qildira.
O`qituvchi: Balli, dono o’quvchilarim. Hozir biz siz bilan,, Tezkor savol- javob” so`rov metodi asosida o`tilgan mavzuni mustahkamlaymiz.
Boychechak Qaldirg’och Kamalak
III Yangi mavzuning bayoni:
Fe’l mavzusini qanchalik o’rganganligingizni yana bir bor tekshiramiz.
O’quvchilar 346-347 mashqlardan 346-mashqni doskada , 347-mashqni esa daftarda bajaradilar.
Qoida! So’z asosiga –la, -illa, (-ulla) yasovchi qo’shimchalarni qo’shish bilan fe’l hosil qilinadi.
Ko’z-ko’zla
Qars-qarsilla
Vov-vovulla
346-mashq. O’qing so’zlarning asoslarini aniqlang.
Ish, ishchi, ishchan, ishladi; arra, arrala; soz,sozlaydi; gul,gulladi, gulli, gulsiz; randa, randalayapti ; qish, qishlaydi, oq ,oqladi,
Shu topshiriq orqali o’quvchilar bilimi tekshiriladi va yangi mavzuga bog’lanadi. Sifat ot fe’l
Namuna: ishchan ishchi ishla
Dam olish daqiqasi.
Daraxt deydi o’saman
Shamol deydi esaman.
Yomg’ir deydi yog’aman
Bulut deydi suzaman.
347-mashq. O’qing. Arlash holda berilgan gaplarni o’z o’rniga qo’yib, hikoya tuzing.
Muxlisa erta uyg’ondi. Otasi unga ko’k, qizil pufak berdi. Bayramga Muxlisa ham chiqadigan bo’ldi. Yangi ko’ylagini kiydi. U bayroqchasini va pufaklarini olib , ko’chaga chiqdi. Hammayoq chiroyli. Kishilar shod xursand. Muxlisa “ Uzoqdagi do’stimga bor !” – deb pufaklaridan birini uchirib yubordi. Shu kuni Muxlisa xursand bo’lib yurdi.
O’quvchilar fikri tinglab to’ldiradilar va dars mavzusi tanishtiriladi.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash:
Yangi mavzuni mustahkamlashda “Charxpalak “ metodidan foydalanamiz.
,,Charxpalak” metodi asosida
I-guruh
Shar …,
|
Soz…,
|
O’t…,
|
Oq…’
|
Chir …,
|
So‘z…,
|
Toza…,
|
Ov….
|
Pichir …,
|
Ko‘z…,
|
II-guruh
Shar …,
|
Soz…,
|
O’t…,
|
Oq…’
|
Chir …,
|
So‘z…,
|
Toza…,
|
Ov….
|
Pichir …,
|
Ko‘z…,
|
III-guruh
Shar …,
|
Soz…,
|
O’t…,
|
Oq…’
|
Chir …,
|
So‘z…,
|
Toza…,
|
Ov….
|
Pichir …,
|
Ko‘z…,
|
O’quvchilar bilimini yanada mustahkamlash va darsga qiziqishlarini orttirish maqsadida “Raqamli alifbo” ta’limiy o’yinidan foydalanamiz.
Raqamlarda yashiringan harflardan quyidagi gaplar hosil bo’ladi.
1. Gul ochildi. 2. Qushcha uchyapti. 3. Kamalak ko’rinadi.
V Baholash.
Rag`bat kartochkalari orqali o`quvchilar bilimlarini baholash. Baholash jarayonida har bir o`quvchining bahosini izohlab berish. Baholash vaqtida o`quvchilarni shaxsiy munosabatlarini emas, balki bilimlarini, sayi-harakatlarini hisobga olish.
VI Uyga vazifa.
348-mashq.
3-sinf o’qish kitobidan fe’l ishtirok etgan 2 ta gap topib yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |