Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Mavzu: Tuproqni bakteriologik va gelmintologik tekshirish



Download 14,3 Mb.
bet95/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Mavzu: Tuproqni bakteriologik va gelmintologik tekshirish.
Darsning maqsadi - tuproqning tarkibida uchraydigan turli patogen mikroblarni, gelmintlarni, ularning tuxumlarini, lichinkalarini va zamburg‘larni aniqlash usullari bilan tanishish.

Darsning kerakli asboblar va reaktivlar - jadvallar, oziqa muhiti qo‘yilgan Petri kosachasi, termostat, zararsizlantirilgan kolbalar, havoncha, 5 % li uyuvchi natriy eritmasi, azotli natriy eritmasi, Goldman daxanasi, filtr qog‘oz, avtoklav, 3% li formalin yoki xlorid kislota eritmasi.

Darsning mazmuni - tuproq har xil mikroorganizmlarga (bakteriya, aktinomitset, mog‘or, achitqi, sodda va suv hayvonlari) nihoyatda boy. Qora tuproqda - qumoq, kulrang tuproqga nisbatan mikroorganizmlar ancha ko‘p bo‘ladi. Namlik yuqori va yomon havo almashadigan yoki haddan tashqari quruq tuproqda esa kam bo‘ladi. Eng ko‘p mikroorganizmlar tuproqning 10 - 30 sm qalinligida bo‘lib, 1 g tuproqda ular mingdan bir necha millionlargacha uchraydi. Tuproqning eng ustki betida mikroorganizmlar juda kam bo‘ladi, chunki quyosh nuri va qurg‘oqchilik tufayli ular nobud bo‘ladi. SHu bilan birga 2 - 4 m chuqurlikda 1 - 2 dona va 6 m chuqurlikdan keyin umuman mikroblar uchramaydi. Buning sababi tuproqning ustki qatlamlarida oziqa muhiti ko‘p bo‘lib, mikroblar o‘sishiga sharoit yaxshi bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar soni yilning fasliga qarab o‘zgaradi ya’ni qishda eng kam, bahorda eng ko‘p va yozda esa maksimumga etadi. Tuproq mikrofloralari juda xilma-xil bo‘lib, ko‘pchiligi saprofitlardir. Chunonchi, kokklar shaklidagi saprofitlar, spora tashuvchi anaeroblar, termofill bakteriyalar, pigmentli va pigmentsiz sporasiz bakteriyalar ko‘p uchraydi. Tuproq tarkibida saprofitlardan tashqari patogen mikroblar, sporalari va gelmintlarning tuxumlari ham ko‘p bo‘ladi. Patogen mikroblar tuproqqa tushgandan keyin tez halok bo‘ladi va yoki patogenlik xossalarini yo‘qotadi. Biroq spora hosil qiladigan bakteriyalar (kuydirgi, qoqshol, gazli gangrena, botulizm qo‘zg‘atuvchilari) tuproqda uzoq vaqt tirik qolishi mumkin. Masalan, kuydirgi bakteriyalarining sporalari tuproqda 10-20 yilgacha va bundan ko‘ra ko‘proq saqlanib qoladi. Tuproqdagi bakteriyalarning nechog‘li uzoq yashashi oziq muhiti va nam bor-yo‘qligiga ko‘p darajada bog‘liq. Nam tuproqda bakteriyalar quruq tuproqdagiga qaraganda 2 - 4 baravar ko‘p saqladi. Masalan, kuydirgi kasalligining mikrobi tuproq neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda bo‘lsa uzoq vaqt saqlanibgina qolmay, hatto faollashadi. Tuproqda ma’lum sharoitlarda spora hosil qilmaydigan patogen mikroblardan sil, brutsellyoz, cho‘chqa saramasi, salmonellyoz, parranda pullorozi, nekrobatsillyoz, oqsil, dermatomikoz va boshqa kasallik qo‘zg‘atuvchilari ancha kungacha saqlanadi. Odam va hayvonlar axlati bilan birga tuproqqa gijja tuxumlari va bug‘imlari tushib turadi. Tuproq parazit hayot siklining bir qismi kechadigan muhit bo‘lgani uchun gelmintozlarning tarqalishida, xususan askaridozning tarqalishda katta rol o‘ynaydi. Bitta urg‘ochi askarida odam yoki hayvon ichagida bir kecha-kunduz mobaynida 24000 gacha tuxum qo‘yadi, uning shu tuxumlari keyingi axlat bilan tashqariga chiqariladi. Bevosita tuproq yuzasida harorat yuqori va nam yo‘q bo‘lganda quyoshning ultrabinafsha nuri ta’sirida askarida tuxumlari 7 soatda halok bo‘ladi. Lekin 2,5 - 10 sm chuqurlikda askarida tuxumlari qurish va quyosh nurining ta’siridan saqlanib qolib, yashash qobiliyatini bir yilgacha yo‘qotmasligi mumkin.

Bakteriologik tekshirish uchun tuproq namunalari odatda Nekrasovning tuproq parmasi yordamida olinadi. Bu parma yordamida 3 metrgacha chuqurlikdan tuproq namunalarini olsa bo‘ladi. Parmalashdan oldin parmaning ishchi qismi har safar kuydiriladi. Parma bo‘lmasa va namuna tuproqning yuza qatlamlaridan olinadigan bo‘lsa, zarur chuqurlikda chuqurcha kovlanib, keyii alangaga tutilgan pichoq yoki shpatel bilan tuproq kesmasining yuza qatlami olib tashlanadi, alangaga tutilgan qoshiq bilan tuproq olinib, ishqalab bekitiladigan yoki paxta tiqinli steril idishga solinadi. Namuna solingan idishni og‘zini bekitishdan avval tiqinni alangada zararsizlantirish lozim. Bitta namunaga qarab tuproqning sanitariya holati to‘g‘risida fikr bildirish qiyin bo‘lganidan bakteriologik tekshirish uchun odatda bir nechta namuna olinadi.

Tuproqni sanitariya gigiena tomonidan baholashda uning tarkibida uchraydigan mikroblarning umumiy soni, ichak tayoqchalarining koli - titri va koli - indeksi, gelmintlarning tuxumlari, lichinkalari hamda zamburg‘larni aniqlash ishlab chiqarish amaliyotida katta ahamiyatga ega. Tuproqni bakteriologik tekshirishda qo‘yidagilar aniqlanadi.

Mikroblarning umumiy sonini aniqlash - zararsizlantirilgan byuks ichida yaxshilab aralashtirilgan tuproqdan 1 g o‘lchab olinib havonchada 5 minut maydalab eziladi. Ezilgan tuproqni zararsizlantirilgan kolbaga solib, ustiga 100 ml suv qo‘yib, 10 minut davomida chayqatilib aralashtiriladi va 5 minut tindiriladi. So‘ngra shu suspenziyadan tuproqning ifloslanish darajasiga qarab 0,1 dan 0,00001 gacha eritma tayyorlanadi. Tayyorlangan eritmadan 0,1 ml dan zararsizlantirilgan pipetka yordamida GPA qo‘yilgan probirkaga qo‘yilib, kaft orasida ishqalab aralashtiriladi. Keyin Petri kosachasiga quyilib 72 soat +250 - 300C li termostatda saqlanadi. Shundan so‘ng o‘sgan mikroblar koloniyasi PSB-1 priborida sanalib 1 g tuproqdagi mikroblarning umumiy soni aniqlanadi.

Tuproqning koli - titri va koli - indeksini aniqlash - buni aniqlashda Nessler oziqa muhiti ishlatiladi.

Koli - titr deb, eng kam miqdordagi tuproq, suv va oziq - ovqat mahsulotlarini tekshirganda 1 dona ichak tayoqchasining bo‘lishiga aytiladi.

Koli - indeks deb, tekshirilgan 1 litr miqdordagi mahsulotda topilgan ichak tayoqchalarining soniga aytiladi.

Nessler muhitidan po‘kak tiqinli probirkaga 5 ml qo‘yilib, 15 minut davomida +1200C li avtoklavda zararsizlantiriladi. So‘ngra tayyorlangan tuproq suspenziyasidan probirka ichidagi oziqa muhitiga ekiladi. Keyin termostatda + 370C da ma’lum kamida 24 soat saqlanib, o‘sgan mikrob koloniyalari sanaladi.



Tuproqdagi gelmintlarning tuxumini aniqlash - buning uchun metall kurakcha bilan bir necha joydan 100 grammdan 5 - 10 ta tuproq namunasi olinadi. Namunalar uzoq vaqt tekshirilmaganda og‘zi ochiq shisha idishda 3 % li formalin yoki 3 % li xlorid kislota eritmasi bilan konservatsiya qilinadi. Bu holatda 18 - 24 soat saqlanib, vaqti - vaqti bilan aralashtiriladi. Maydalangan tuproq namunasidan 5 - 10 g olinib, 50 ml hajmdagi sentrifuga probirkasiga solinadi. Ustiga 20 ml 5 % li uyuvchi natriy eritmasidan qo‘shilib shisha tayoqcha yordamida 4 - 5 minut davomida 4 marta aralashtiriladi. Probirka ichidagi aralashma 1 - 2 minut sentrifugada aylantirilib, probirkadagi ortiqcha ishqor to‘kiladi. Keyin probirkaga azotli natriy eritmasidan qo‘yib, 2 minut davomida 3 - 5 marta sentrifugada aylantiriladi. Har safar aylantirilgandan so‘ng ustida hosil bo‘lgan pardani ilmoq bilan olib suvli stakanga aralashtiriladi. Sentrifuga stakanidagi tuproq nordon azotli natriy eritmasi bilan yaxshilab aralashtirilib, yana aylantiriladi. Probirkadan olingan parda bilan aralashtirilgan suv Goldman dahanasiga o‘rnatilgan filtr qog‘oz orqali o‘tkaziladi va ho‘llangan filtr qog‘oz mikroskopning kichik ko‘rsatgichida tekshirilib, gelmintlarning tuxumi aniqlanadi.

Topshiriq № 1 – Tuproqdagi mikroblar, ichak tayoqchalari va gelmint tuxumlarini aniqlang

O’tkazilgan tekshirish natijalari



Tuproq turi

Mikrob soni

Koli titri

Koli indeksi

Gelmint tuxumlari

Qumli













Qora













Bo‘z













Nazorat savollari.

  1. Tuproqning ifloslanish darajasi nima.

  2. Tuproqning o‘z - o‘zidan tozalanishini tushuntiring.

  3. Tuproqning koli - titri va koli - indeksi nima.

  4. Tuproqdagi gelmintlar tuxumi qanday aniqlanadi.




Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish