Mavzu: Havoning namligini aniqlash.
Darsning maqsadi - molxona havosining namligini aniqlash yo‘llari, asboblar bilan tanishish, havoda hosil bo‘lgan namlikni yo‘qotish yo‘llari.
Darsga kerakli ko‘rgazmali qurollar va reaktivlar - jadvallar, Avgust va Assman psixrometrlari, gigrometr, gigrograf, termobarogigrometr, distillangan suv va pipetka.
Darsning mazmuni - atmosfera va chorvachilik binolari hamda parrandaxonalar havosi tarkibidagi namlikning hosil bo‘lish manbai, havoning mutloq, maksimal, nisbiy, defitsit namliklar va shudring nuqtasining ahamiyati. Chorva binolari havosining namlik me’yori va hayvonlar organizmiga namlikni ta’siri hamda namlikni o‘lchaydigan asboblar bilan tanishish.
Havoda quyidagi namlik turlari uchraydi:
1. Mutloq (absolyut) namlik deb - 1 m3 havodagi suv bug‘larining ma’lum haroratdagi grammdagi ifodasiga aytiladi – “A” harfi bilan belgilanadi
2. Maksimal namlik – 1 m3 havodagi suv bug‘larining to‘la to‘yinishi uchun zarur bo‘lgan suv bug‘larining ma’lum haroratdagi gramm ifodasiga aytiladi – “E” harfi bilan ifodalanadi.
3. Nisbiy namlik – mutloq namlikning maksimal namlikka nisbatan foizlarda ifodalanishiga aytiladi. - “R” harfi bilan ifodalanadi va foizda o‘lchanadi. Qo‘yidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
4. Defitsit namlik deb - maksimal namlikdan mutloq namlikning ayirmasiga aytiladi – “D” harfi bilan ifodalanadi va qo‘yidagi formula bo‘yicha aniqlanadi. D = E - A
5. Shudring nuqtasi - deb havodagi to‘la to‘yingan suv bug‘larining suv tomchilariga aylanish vaqtidagi haroratga aytiladi va “T0” bilan belgilanadi. Harorat pasaysa suv bug‘lari suv tomchilariga aylanib shudring tushadi.
Nisbiy namlikni o‘lchaydigan asboblarga - gigrometr, gigrograf, barotermogigrometr va Avgust psixrometri kiradi.
Gigrometr - metal ramkadan iborat bo‘lib, qaysikim efirda yog‘sizlantirilgan odam sochi tortilgan. Namlik oshganda soch qisqaradi, pasayganda uzayadi, chunki namlik ko‘pincha o‘ziga namlikni tortib taranglashadi va aksincha namlik kamaysa bo‘shashib cho‘ziladi.
Gigrograf – nisbiy namlikni doimiy o‘zgarishini yozib boradigan asbob bo‘lib sutkalik va haftalik bo‘ladi. Gigrograf korpusdan, bir to‘plam soch tolasidan, richagli perodan, aylanuvchi baraban va diagrammali lentadan iboratdir.
Nisbiy namlikni o’lchaydigan gigrograf
1 - richagli pero; 2 - posangi; 3 ва 4 - yelka; 5 – kichik richag;
6 - rostlagich; 7 - qisqich; 8 - kronshteyn.
Termobarogigrometr - havoning harorati, atmosfera bosimi va nisbiy namligini aniqlash uchun ishlatiladi.
Avgust psixrometri – bilan nisbiy namlikni aniqlash uchunho’l va quruq termometrlar ko‘rsatgichlarining farqi topilib, so’ngra psixrometrik jadvaldan nisbiy namlik miqdori topiladi.
Nisbiy namlik miqdori hayvon turlari uchun binolarda qo‘yidagicha bo‘lishi tavsiya etiladi:
qoramollar uchun 70 - 85 %,
otlar uchun 80 - 85 %,
qo‘ylar uchun 50 - 65 %,
cho‘chqalar uchun 60 - 75 %,
parrandalar uchun 40 - 65 % bo’lishi lozim.
Nisbiy namlikni molxonalarda me’yordan oshib ketishi hayvonlarning sog‘ligi va mahsuldorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mutloq namlikni aniqlaydigan asboblar - havoning mutloq namligini aniqlashda statik Avgust va dinamik Assman psixrometrlari ishlatiladi.
Avgust psixrometri plastinkaga mahkamlangan 2 ta spirtli termometr va psixrometrik jadvaldan iborat. Termometrlarni biri quruq, ikkinchisiho’l (nam) deyiladi. Chunki termometr sharchasiga yupqa suv shimadigan batist mato o‘ralib, suvga tushirilgan bo‘ladi. Shuning uchunho’l termometrning ko‘rsatkichi quruq termometr ko‘rsatkichiga nisbatan 30C- 50C ga past bo‘ladi.
Avgust psixrometri
Avgust psixrometridan foydalanib mutloq namlikni aniqlashda Rene formulasidan foydalaniladi:
A = Eh - α x (T1 - T2) x B
A - mutloq namlik, g/m3
Ex - maksimal namlik ya’ni ho’l termometr ko‘rsatkichiga qarab maksimal namlik jadvalidan topiladi (1-jadval).
α - psixrometrik koeffitsient
T1 - quruq termometrning ko‘rsatkichi.
T2 - ho’l termometrning ko‘rsatkichi.
B - tajriba paytidagi atmosfera bosimi (mm simob ustunida)
Misol: Molxona havosining namligini aniqlayotganimizda quruq termometr +200C, ho’l termometrning ko‘rsatkichi +150C, atmosfera bosimi B - 751 mm simob ustuniga teng. α - 0,00110ga teng. Harorat +150C da maksimal namlik ko‘rsatkichi 12,7 g/m3 ga teng. Hamma sonlarni formuladagi harflar o‘rniga qo‘ysak:
A=Eh - α x (T1 – T2) x B = 12,7 - 0,0011 (20-15 ) x 751 = 8,57 g/m3
Nisbiy namlikni aniqlash: mutloq namlik aniq bo‘lsa, shunga asosan formulaga qo‘yib, R=A/Eq x 100 nisbiy namlikni topamiz. Mutloq namlik bizning misolda A=8,57 g/m3 ga teng. Maksimal namlik esa Eq=17,39 g/m3 «quruq» termometr ko‘rsatkichiga qarab topamiz. U holda R = 8,57 / 17,39 x 100 = 49,28 %
Defitsit namlikni aniqlash: misolimizda Eq = 17,39; A esa 8,57 ga teng, u holda D = Eq – A = 17,39 – 8,57 = 8,32 g/m3 bo‘ladi.
Shudring nuqtasini aniqlash - misolda mutloq namlik = 8,57 g/m3 ga teng. Shu miqdorni maksimal namlik jadvaliga qarab topamiz. Harorat +90C dan pasaysa suv bug‘lari suv tomchilariga aylanib shudring tushadi. Shu harorat shudring nuqtasi bo‘ladi.
Assman psixrometri - metall naycha ichiga o‘rnatilgan ikkita simobli termometrdan tashkil topgan bo‘lib, asbobning yuqori qismiga ventilyator o‘rnatilgan. Termometrlardan birining simobli rezervuariga suv shimadigan material o‘ralgan bo‘lib, har safar namlikni aniqlash oldidan namlanadi. Keyin ventilyator ishlatilib psixrometr shtativga ilinib 4-5 minutdan so‘ng quruq va nam termometr ko‘rsatkichlari yozib olinadi.
Mutloq namlikni Assman psixrometri bo‘yicha aniqlashda Shprung formulasi ishlatiladi.
A = Eh - 0,5 x ( T1- T2 ) x B/755
bu erda:
A - mutloq namlik g/m3;
Eh – ho’l termometr ko‘rsatkichi bo‘yicha maksimal namlik miqdori jadvaldan olinadi;
0,5 – doimiy psixrometrik koeffitsient;
T1 - quruq termometr ko‘rsatkichi;
T2 – ho’l termometr ko‘rsatkichi;
B - atmosfera bosimi;
755 - o‘rtacha barometrik bosim.
Misol: T1 + 12, 40 C, T2 + 9,50 C, B - 751 mm simob ustuniga teng.
Formulaga qo‘ysak: A = 8,87 - 0,5 (12,4 - 9,5) x 751/755 = 7,43 g/m3
Topshiriq № 1 – Binodagi namlik turlarini aniqlang.
O’tkazilgan tekshirish natijalari
Tekshirish nuqtalari
|
Termometr kursatgichlari
|
Namlik turlari
|
Shudring nuqtasi
0C
|
quruq
|
ho‘l
|
mutloq
g/m3
|
maksimal
g/m3
|
nisbiy
%
|
defitsit
g/m3
|
Poldan 0,5 m
|
|
|
|
|
|
|
|
1,5 m balandlikda
|
|
|
|
|
|
|
|
Nazorat savollari:
Havo namligining organizmga ta’siri.
Havoning namligini aniqlash yo‘llari.
Mutloq namlikni aniqlashdagi asboblar.
Nisbiy namlikni aniqlashdagi asboblar.
Do'stlaringiz bilan baham: |