Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Tashqi muhit sharoitida keng tarqalgan mikroblar



Download 14,3 Mb.
bet63/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Tashqi muhit sharoitida keng tarqalgan mikroblar - guruhiga salmonella, brusella, pasterella, patogen ichak tayoqchalari, viruslar misol bo’ladi.

Salmonella guruhiga kiruvchi bakteriyalar barcha qishloq xo’jalik hayvonlari, parranda hamda yovvoyi hayvonlar orasida keng tarqalgan salmonellyoz kasalligini keltirib chiqaradi. Hozirgi paytda 1500 dan ortiq salmonella serotiplari mavjuddir. Qo’y va echkilarda - s. abortus ovis, buzoqda - s. enteritidis gertneri, cho’chqada - s. xolera supe, otda - s. abortus ekvi, parrandalarda - s. gallinarum, s. tifimurium va s. pullorum serotiplari kasallik qo’zg’atadi. Shu bilan birgalikda salmonellalar insonda ham kasallik chaqiradi.

Tabiatda salmonellyoz manbai bo’lib, kasal hayvonlar ya’ni mikrob tashuvchilar hisoblanadi. Ular siydik, tezak, so’lak va shilimshiqlar bilan tashqi muhitga qo’zg’atuvchini doimo ajratib ifloslantiradi. Zararlangan katta yoshli hayvonlar salmonellyoz infeksiyasining manbai bo’lib, yangi tug’ilgan hayvonlar orasida kasallikni kelib chiqishiga sababchi bo’ladi. Salmonella serotiplari molxonalar poli, devori, oxurlarida 43 kundan 110 kungacha yashaydi. Shu sababli go’ng va oziqa qoldiqlari bilan ifloslangan chorvachilik inshoatlari (molxonalar, asbob jihozlar) sog’lom hayvonlar uchun katta xavf tug’diradi.

Chorva mollari uchun yana bir xavfli mikrob bo’lib, barcha turdagi hayvonlarni kasallantiradigan ichak tayoqchalarining (E.coli) entero patogen tiplari hisoblanadi. Bu mikroblar bilan zararlanish 90 - 100 %ni tashkil etadi. 1 sm2 yuzada 50 000 tagacha uchraydi. O’tkazilgan tajribalar natijasiga ko’ra molxonalardan foydalanish muddati osha borgan sayin ularda uchraydigan mikroblar turi ham ko’payib boradi. M: Birinchi ishlatilayotgan molxonadagi oxurlar yuzasida buzoqlarni o’stirishning birinchi kunlarida o’nlab stafilokokklar va bir necha ming ichak tayoqchalari 100 sm2 yuzaga to’g’ri kelganligi aniqlangan. Buzoqlarni 4 oy saqlagandan keyin stafilokokklar soni 9 – 28 mlrd gacha, ichak tayoqchalari soni esa 3 – 6 mlngacha ko’payganligi aniqlangan. Shu bino 1 yildan keyin tekshirilganda 100 sm2 yuzada stafilokokklar soni 2 – 28 mlrd va ichak tayoqchalari miqdori 150 – 280 mlnga yetgan. Tashqi muhitning mikroblar bilan ko’p ifloslanishi hayvonlar orasida aerogen yo’l bilan kasallanish ko’payishiga sharoit yaratadi.

Brusellalar tashqi muhitga kasallangan hayvonlar bola tashlaganda, homila suvi, homila yo’ldoshi va bachodondan oqayotgan suyuqliklar bilan ajratilib, tashqi muhit omillarini zararlaydi. Tashqi muhitga so’lak, siydik, go’ng, qin suyuqligi, sut, yiring va burun suyuqligi bilan brusellalarni ajralishi kasallikdan tuzalgan va yashirin kasal hayvonlarda kuzatiladi. S.N.Vыshelesskiy ma’lumotlariga ko’ra poda orasida brusellalar tarqalishiga nafaqat katta yoshli brusellyoz bilan kasallangan hayvonlar balki ulardan olingan sut biln oziqlantiriladigan kasallikga chidamli yosh buzoqlar ham o’zidan tashqi muhitga kasallik qo’zg’atuvchilarini ajratadi.

Parrandalar orasida pasterellyoz kasalligini tarqalishida nafaqat kasal parrandalar, balki klinik sog’lom parrandalarni ham pasterellalarni tarqatishda ahamiyati kattadir. Ko’pchilik olimlarning fikricha pasterellyoz infeksiyasining tarqalishida tashqi muhit sharoitida kasallikdan o’lgan parrandalarni zararsizlantirilmagan o’liklari ham muhim ahamiyatga ega.

Cho’chqalar saramas kasalligining manbai bo’lib, kasallikdan tuzalgan va organizmida kasallik qo’zg’atuvchisini olib yuruvchi sog’lom cho’chqalar hisoblanadi. Saramas kasalligi cho’chqalar orasida doimiy mavsumiy xarakterga ega emas. Bu kasallikni mavsumiyligini turli yoshdagi cho’chqalar guruhining yil davomda harakatlanishi bilan ifodalash mumkin.

Hayvonlar orasida uchraydigan yaщur (oqsil) kasalligi virusining manbai bo’lib, kasal va kasllikdan tuzalgan hayvonlar hisoblanib ular 20 kundan to 2,5 yilgacha sut, so’lak va aftalar suyuqligi bilan virus ajratib tashqi muhit omillarini zararlaydi. Kasallikni generalizasiya jarayonida virus siydik bilan 8-146 kungacha ajratilishi mumkin.



Ku isitma kasalligida rikketsiyalarning tabiiy rezervuari bo’lib, kasallik qo’zg’atuvchilarini olib yuradigan yaylov, argazid va gamazoid kanalari hisoblanadi. Tabiiy sharoitda Ku isitma bilan kasallangan hayvonlarga xujum qilgan kanalar qon bilan birgalikda rikketsiyalarni so’radi. Kana organizmida kasallik qo’zg’atuvchi rikketsiyalar avloddan avlodga o’tadi. Ku tsitma bilan zararlangan chorva mollari tashqi muhitga siydik, tezak, sut hamda asosan bug’oz hayvonlar tug’ish jarayonida homila va homila yo’ldoshi, suyuqliklar bilan tashqi muhitga ko’plab kasallik qo’zg’atuvchi rikketsiyalarni ajratadi.


Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish