13 - mavzu. Transportda veterinariya sanitariyasi.
Temiryoi, suv, avtomobil va havo transportlari orqali qishloq xo'jalik, zoopark hayvonlari, go'sht, sut, baliq mahsulotlari, chorvachilikga mansub hom .ashyolar, shuningdek, chetdan keltirilayotgan chorva yuklarini tashishni tashkil etish. Temiryo'l, suv, avtomobil va havo transportlarida dezinfeksiya tadbirlarini o'tkazishning o'ziga xos xususiyatlari.
Chegara va transportda davlat veterinariya nazorati punktlarining ishini tashkil etish, veterinariya nazorati ostidagi yuklarni tashishda tegishli veterinariya
hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi. Transport vositalarini veterinariya - sanitariya baholashi. Temir yo'lda vagonlarni dezinfeksiyalash uchun dezinfeksiya yuvish punkti (DPP) va dezinfeksiya yuvish - stansiyalari (DPS) tashkil etilishi.
IV. Amaliy mashg'ulotlar bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg'ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Suvning fizik xossalarini aniqlash
Suvning kimyoviy xossalarini aniqlash
Suvning qattiqligini aniqlash
Suvning oksidlanishini aniqlash
Havoning fizik ko'rsatkichlari (harorati, bosimi, namligi, harakat tezligi)ni aniqlash
Havodagi zaharli gazlarni ekspress ususlda aniqlash
Loyihalashda me'yoriy hujjatlar, loyiha turlari va tarkibi
Namlik bo'yicha ventilyatsiyani hisoblash
Issiqlik balansini hisoblash
Dag'al don va unsimon ozuqalar hamda kunjara va shrotni gigiyenik baholash
Shirali ozuqalarni gigiyenik baholash
Veterinariya-sanitariya tadbirlarini bajarishda texnika xavfsizligi va ishlab chiqarishda shaxsiy gigiyena qoidalari
Chivinlar, ektoparazitlar va gelmintlarga qarshi kurash vositalarining veterinariya amaliyotida qoilanilishi
Kemiruvchilarga qarshi zaharli xo'raklarni tayyorlash, deratizatsiya vositalarini qo'llashda ishlash qoidalari
Fermada sigirlardan sut sog'ib olish gigiyenasi
Go'shtni qayta ishlash korxonalari va kushxonalarda dezinfeksiya tadbirlarini o'tkazishda ishlash qoidalari
Chorvachilik chiqindilarini qayta ishlash korxonalarida dezinfeksiya tadbirlarini o'tkazishda ishlash qoidalari
Go'ng tarkibidagi mikroorganizmlar haqida tushuncha, go'ngni biotermik zararsizlantirish
Veterinariya nazorati ostidagi yuklarni eksport va import qilishga qo'yiladigan veterinariya-sanitariya talablari
Amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish bo'yicha kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan uslubiy ko'rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma'ruza mavzulari bo'yicha olgan bilim va ko'nikmalarini amaliy mashg'ulotlarda tajribalarni bajarish orqali yanada boyitadilar.
Amaliy mashg'ulotlar zarur asbob uskunalar bilan jihozlangan auditoriyada bir akadem guruhga bir o'qituvchi tomonidan o'tkazilishi lozim. Mashg'ulotlar
Kirish
Ushbu dasturda “Zoogigiena va veterinariya sanitariyasi” fanining mazmuni, predmeti va metodi, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari, O’zbekiston Respublikasida chorvachilikni rivojlantirishning huquqiy va tashkiliy asoslari, chorvachilik uchun zarur bo’lgan ob – havo, iqlim, mikroiqlim; havoning fizik xossalari va kimyoviy tarkibi, havodagi chang va mikroorganizmlar; tuproq gigienasi va uning ahamiyati; suv va sug’orish gigienasi hamda suvning xususiyatlarini gigienik baholash; oziqa va oziqlantirish gigienasi; hayvonlarni yaylovda saqlash gigienasi; hayvonlarni transportirovka qilish; chorva mollarini joydan – joyga ko’chirish; qishloq xo’jalik hayvonlarini parvarish qilish gigienasi; qoramol, qo’y, yilqi, cho’chqa, parranda, quyon va mщ’ynali hayvonlar, havza baliqchiligi, asalarichilik, itlarni saqlash va parvarishlash gigienasi kabi mavzular uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o’z aksini topgan. “Zoogigiena va veterinariya sanitariyasi” fanini chuqur o’rganish chorvachilik sohasi muammolarini hal qilishda muhim rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |