Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 14,3 Mb.
bet93/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Tuproqni g‘ovakligini aniqlash uchun shtativga shkalalarga bo‘lingan 100 ml lik silindr o‘rnatilib, ichiga 50 ml suv va 50 g tuproq solinadi. Yaxshilab aralashtirilib silindrning umumiy hajmi aniqlanadi. G‘ovaklarning ichi suv bilan to‘lgandan umumiy hajmi yana qaytadan aniqlanadi. Bunda kamaygan umumiy hajm bu tuproqning g‘ovakligini bildirib, foiz bilan ifodalanadi.

Misol: 50 ml suv hamda 50 g tuproq 100 sm3 ga teng. Tuproq va suv aralashtirilgandan so‘ng 85 sm3 bo‘ladi. Demak, tuproq g‘ovakligi 15 sm3 ni egallaydi. Buni foizini chiqarsak:

50 100 %

15 X


X = = 30 %.

Tuproqning namlik sig‘imini aniqlash - pastki qismi to‘rli silindrga 100 g quruq tuproq solinadi. Silindr tuproq bilan birga og‘irligi o‘lchanib, pastki uchi tuproqning yuqori qismida suv paydo bo‘lguncha suvga tiqib qo‘y.iladi. So‘ngra silindr suvdan chiqarib olinib ortiqcha suvi oqib ketguncha ushlab turiladi va og‘irligi qaytadan o‘lchanadi. Keyingi va avvalgi og‘irliklar orasidagi farqiga qarab, tuproqning namlik sig‘imi foizlarda (%) hisoblanadi.

Misol: Silindrning tuproq bilan birgalikdagi og‘irligi 150 g, ikkinchi og‘irligi 170 g. Silindrning og‘irligi 50 g. Og‘irliklar orasidagi farq 20 g. Demak tuproqning namlik sig‘imi 20 % ekan.



Topshiriq № 1 - Tuproqni fizik xossalarini aniqlang.

O’tkazilgan tajribalar natijasi



Tuproq turi

Namlik sig‘imi, %

Suv utkazuvchanligi

Kapilyarligi, sm/min

G‘ovakligi, %

Me’yori

Qumli
















Qora
















Bo‘z
















Darsga kerakli asboblar va reaktivlar - tuproqning kimyoviy tarkibi keltirilgan jadval, shtativ, tuproq namunasi, Nessler va Griss reaktivlari, konsentrlangan ammoniy karbonat, suv hammomi, chinni kosacha, quritish shkafi, distillangan suv.

Darsning mazmuni - tuproq qattiq mineral va organik zarrachalar, tuproq eritmasi va havodan tashkil topgan. Tuproqda mineral moddalar 90 - 99 % ni, organik moddalar esa 1 - 10 % ni tashkil etadi. Tuproqning mineral qismlari qum, ohak, loy, balchiq va tog‘ jinslaridan iborat. Ba’zi bir tuproqlarda kalsiy bikarbonat (ohakli shpat, magnezit), oltingugurtli kalsiy (gips), fosforli kalsiy (apatit) va oson eriydigan sulfatlar, kalsiy xlorid, magniy va natriy ko‘p bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi kimyoviy birikmalardan eng ko‘p SiO bo‘lib, so‘ngra alyuminiy, temir, kaliy, xlor va boshqalar bo‘ladi. Tuproqda karbonatlar ko‘p bo‘lsa, kalsiy va magniy oksidlari, sho‘r tuproqda esa KC1, NaCl lar ko‘p bo‘ladi. Tuproq tarkibida kam miqdorda mikroelementlardan - kobalt, mis, marganets, bor, yod, ftor, brom, selen, molibdei, rux, litiy, bariy va boshqalar uchraydi. Tuproqning organik tarkibi chirindilardan iborat. Chirindilar organik qoldiqlarni chirishi va mikroorganizmlarni ta’siri tufayli sintez jarayonlari natijasida hosil bo‘ladi. Organik moddalarga organik qoldiqlar va chirishning boshlanish davrida hosil bo‘lgan moddalar kiradi. Hamma organik moddalar va chirindilar tuproqning ustki qatlamida bo‘ladi. Chirindilar qalinligi bir necha santimetrdan 1,5 metrgacha yoki tuproq qismlariga nisbatan foizni o‘ndan biridan 15-18 %gacha bo‘ladi.

Tuproqda mineral moddalarning ko‘p yoki oz bo‘lishi o‘simliklar orqali hayvonlarni sog‘ligiga va mahsuldorligiga ta’sir qiladi. Mineral elementlarga kambag‘al tuproqlarda o‘simliklarning hosildorligi past bo‘lib, to‘yimli moddalar kam bo‘ladi. Bu hatto shu zonadagi suvning tarkibiga ta’sir etadi. Tuproqda kalsiy va fosfor tuzlari etishmasa shu elementlar o‘simliklarda ham etishmaydi. Oqibatda hayvonlar organizmida mineral moddalar almashishi buziladi. Suyak kasalliklari ko‘payadi, chorva hayvonlarining nasldorlik xususiyati pasayib, mahsuldorligi kamayadi.

Tuproqni sanitariya tomonidan baholashda kimyoviy xossalarini aniqlash amaliyotda muhim ahamiyatga ega. Tuproqning kimyoviy xossalarini aniqlashda laboratoriya usullaridan foydalaniladi.

Sanitariya jihatidan kimyoviy analiz qilish uchun tuproq namunalari yaxshilab yuvilib, distillangan suv bilan chayqab keyin quritilgan, ishqalab bekitiladigan tiqinli shisha idishlarga 1 - 2 kg namuna olinadi. Namuna tuproq yuzasidan va turli chuqurliklardan (2, 25, 50, 100 sm chukurlikdan) olinadi. Buning uchun kichik belkurak bilan 80 x 170 santimetrli chuqur kavlanadi. Namunalar chuqur devorining o‘rta chizig‘i bo‘ylab olinadi.




Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish