O’zbekiston sotsial-iqtisodiy geografiyasining keyingi rivojlangan yo’nalishi bo’lib, qishloq xo’jaligi geografiyasi hisoblanadi. Mazkur yo’nalish respublikada 60- yillarning dastlabki davrida Z.M.Akromov rahbarligida vujudga keldi, shakllandi va rivojlandi. Ushbu muhim ilmiy yo’nalishning respublikadagi mashhur vakillari bo’lib Ro’ziev A.R., Lobach R.S., Xodiev R.A., Egamberdiev T.E., Islomov S., Qurbonov K.. va boshqalar tan olinadi. Mazkur ilmiy yo’nalish O’zbekistonda 80- yillarda qishloq joylari va shaharlar iqtisodi bilan uzviy bog’langan xolda rivojlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |