Angliya hukumati Avstraliyadagi mustamlakalarda boshlangan keng xalq harakati (oltin izlovchilarning 1854-yildagi Evrika qoʻzgʻoloni va boshqa isyonlar) tazyiqi ostida 1855-yilda ularning koʻpchiligiga oʻzini oʻzi boshqarish xuquqini berishga majbur boʻldi. 1901-yil Avstraliyadagi mustamlakalar 6 shtatdan iborat federatsiyaga – Avstraliya Ittifoqiga birlashtirildi va u dominion maqomini oddi. 1906-yilda unga Britaniyaning Papua mustamlakasi (Yangi Gvineya orolining janubi-sharqiy qismi), Birinchi jahon urushidan keyin esa (bu urushda Avstraliya qoʻshinlari Britaniya armiyasi tarkibida jang qildi) Germaniyaning sobiq Yangi Gvineya mustamlakasi (Yangi Gvineya orolning shimoli-sharqiy qismi) va Nauru orol (Millatlar Ittifoqi mandati ostidagi hudud sifatida) berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |