XVIII asrgacha Avstraliya aborigenlari ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan. Yevropaliklardan birinchi boʻlib materikka golland dengiz sayyohlari V. Yans-zon (1606) va A. Ya. Tasman (1642) kelganlar. Yangi qit’ani oʻrganish uchun Angliya bir necha ekspeditsiya, jumladan J. Kuk rahbarligidagi ekspeditsiyani yubordi (1770). 1788-yilda A. Angliya hududi deb e’lon qilindi.19-asrning 20-yillaridan boshlab A.da qoʻychilik rivojlandi, 30-yillarda dast-labki sanoat korxonalari paydo boʻldi. 19-asrning 2-yarmidagi "oltin talvasasi" (1851–61) munosabati bilan koʻchib keluvchilar ancha koʻpaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |