Darsning o’tkazish usuli: Amaliy mashg’ulot paytida talabalarga qaynatma va damlama tayyorlanish texnologiyasi bo’yicha qoidalari tushintirilib, mustaqil ravishda ushbu dori shakllarini o’zlari tayyorlashadi.
Dars uchun kerakli jixozlar va vositalar : Maydalangan adonis (sug’ur uti), qaynoq suv, har xil xajmdagi shisha idishlar, infundir apparati, suzgichlar: Maydalangan eman po’stlog’i, sovuq suv, har xil xajmdagi shisha idishlar, infundir apparati, suzgichlar, yorliq.
Damlama – Infusum – suv yordamida uzoq vaqt qaynatish yo’li bilan dorivor o’simliklar tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddalarni ajratib olishdan xosil bo’ladigan suyuq dori shaklidir.
Bu shakldagi dori vositalarini amaliyotda barcha turdagi hayvonlarga ichirish va qisman tashqi tomonga qabul qilish uchun qo’llaniladi.
Damlamalar ichirilganda tarkibidagi fiziologik aktiv moddasi organizmga surilib tezda ta’sir ko’rsatish xususiyatiga ega bo’ladi. Shu sababli dorivor o’simliklar miqdori damlama tayyorlashda 1/3 yoki 1/4 qismga kamaytiriladi.
Damlamalar asosan tashqi tomonga teri yallig’lanishlarida, yaralarni davolashda, ichga esa umumiy ta’sir ko’rsatish uchun qo’llaniladi.
Dorivor o’simliklar tarkibida alkaloidlar, glikozidlar, saponinlar, efir moylari va boshqa moddalar ham mavjud bo’lishi mumkin, lekin bu moddalar qaynatish natijasida parchalanib ketadi. Damlamalar asosan o’simliklarning nozik qismlaridan ya’ni bargidan, gulidan, mevasidan olib tayyorlanadi. Damlama tayyorlashda o’simlikning tuliq ta’sir etuvchi moddasi ajratib olinadi.
Damlama tayyorlashda olinadigan o’simlik tarkibida zaharli ta’sir etuvchi moddalar bo’lsa 1:400, kuchli ta’sir etuvchi moddalar bo’lsa 1:30 va qolgan barcha o’simliklar uchun 1:10 nisbatda olinib tayyorlanadi.
Damlama qaynoq yoki issiq suvda damlanadi.
Topshiriq: Sug’ur utidan damlama tayyorlash uchun 3 gramm maydalangan adonis (sug’ur ut) olinadi va infundirga solinib, ustidan 1:30 nisbatda qaynoq suv solinadi va unga damlamani tayyorlash paytida suvni parlanishi hamda quruq maydalangan adonisni namlanish va so’zish paytidagi suzgichda sarflanadigan suvni hisobga olib, qo’shimcha 20% suv solinadi so’ngra yaxshilab aralashtiriladi. Shundan so’ng infundir apparatida 15 daqiqa mobaynida qaynatiladi. Qaynab chiqqandan so’ng 45 daqiqa mobaynida damlama sovutiladi, chunki o’simlik tarkibidagi barcha kerakli vositalar suv tarkibiga chiqadi.
Damlama sovutilgandan so’ng toza idishga suzgichlar yordamida solinadi va oq yorliq (etiketka) yopishtiriladi.
Damlamalar retseptlarda qisqa shaklda, dozalarga bo’linmagan usulda yoziladi va ularni ko’pi bilan 2-3 kunga muljallab tayyorlab beriladi.
Chunki damlamalar tez buziluvchan bo’ladi.
Samarqand shahar hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish
stansiyasi, S.Ayni ko’chasi 11 uy
10
20--------- 18
II
Itga, laqabi «Yo’lbars», egasi Azimov A.Bobur ko’chasi 23 uy
Vet vrach Xoliqov J.
Rp.: Infusi herbae Adonidis vernalis 90,0
D.S. Ichga har kuni 1 osh qoshig’idan 3 maxal
#
yoki Rp: Herbae Adonidis vernalis - 3,0
Aquae coctae – 108,0
M.f. Infusum
D.S. Ichga, har kuni 1 osh qoshiqdan 3 maxal.
Do'stlaringiz bilan baham: |