AMPROVET 25%
1 g preparat tarkibida amproliumgidroxlorid 250 mg saqlaydi.
Qo‘llash uchun ko‘rsatma:«Amprovet» 25% kukuni turli eymeriyalarga nisbatan samarali ta’sir ko‘rsatadi: e. maxima, e. acervulina, E. mitis, e. tentla, e. nekatrix, e. brunetti, e. zurnii, e. ninakoljykimovi.
Qo‘llash tartibi va miqdori:
Tovuqlar va kurkalarda koksidiozlarni davolash uchun «Amprovet» 25% kukuni ketma-ket 3-5 kun davomida 100 kg quruq yemga 100 g preparat hisobidan, keyin esa (4-6 kundan boshlab) 14 kun davomida emning 1 tonnasiga 500 g dozasida qo‘llanadi. Preparat yem bilan yaxshilab aralashtiriladi, avval yemning ozgina miqdori bilan, keyin esa uning qolgan qismi bilan aralashtiriladi.«Amprovet» 25% kukuni suv bilan 10 litr ichimlik suviga 20 g preparat hisobida, 5-10 kun davomida qo‘llanadi.
Profilaktika maqsadida jo‘jalarga preparat 7-15-kunlik yoshidan boshlab har kuni, 50-60 kun davomida, 100 kg quruq yemga 50 g preparat yoki 10 l ichimlik suviga 5 g preparat hisobidan qo‘llanadi.
Yirik qoramolga eymerioz holatida «Amprovet» 25% kukuni tirik vazniga 225-560 mg/kg dozasida, 30 kun davomida yem bilan yediriladi. Qo‘ylarga eymerioz holatida preparat 200 mg/kg dozasida qo‘llanadi. Preparat 20 kun davomida yem bilan yediriladi.
Farmakologik xususiyatlari:Preparatning ta’sir etish mexanizmi shundan iboratki, koksidiyalarning metabolik enzimlarining tizimida amprolium tiaminning o‘rnini bosib, koksidiyalarning hayotiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan uglevodlarning metabolizmini izdan chiqaradi.
Amprolium issiq qonli hayvonlar uchun o‘rtacha zaharli preparatlarga kiradi, tavsiya etilgan dozalarida mutagen, sezgirlikni oshiruvchi, embriotoksik va teratogen ta’sir ko‘rsatmaydi va koksidiozga immunitetning shakllanishiga to‘sqinlik qilmaydi.Og‘iz orqali ichilganda amprolium oshqozon-ichak tizimida amalda so‘rilmaydi va shilliq pardalarda, shilliq osti qavatlarida o‘zining koksidiyalarga qarshi ta’sirini ko‘rsatadi. Amprolium asosan o‘zgarmagan shaklida – najas bilan, 3-4 kun davomida chiqariladi.
Tavsiya etilgan dozalarida preparat nojo‘ya ta’sirini keltirib chiqarmaydi.
Amproliumni to‘dani yangilash uchun yetishtiriladigan yosh tovuqlarga 16-haftalik yoshidan keyin qo‘llash mumkin emas. Preparat tuxum bilan chiqarilishi tufayli amproliumning tuxum qo‘yadigan tovuqlarga qo‘llanishi taqiqlanadi. Amproliumni boshqa koksidiostatiklar bilan bir vaqtda qo‘llash taqiqlanadi.
Kutish davri:Parrandani go‘sht uchun so‘yish dori vositasini qo‘llash to‘xtatilganidan keyin kamida 5 sutka o‘tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko‘rsatilgan muddat tugashidan avval so‘yilgan parrandaning go‘shti etxo‘r hayvonlarga yedirish uchun yoki go‘sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |