Samarqand veterinariya meditsina


Xojalikning asosiy tarmogi (tarmoqlari)da ishlab chiqarishni tashkil etish (shulardan, yerni ekishga tayyorlash



Download 129,65 Kb.
bet7/13
Sana01.06.2022
Hajmi129,65 Kb.
#624239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
2 5276290636494932049

Xojalikning asosiy tarmogi (tarmoqlari)da ishlab chiqarishni tashkil etish (shulardan, yerni ekishga tayyorlash,

ekish suniy uruglantirish, yosh mollarni parvarishlash,
oziqlantirish, bordoqlash va h.k)
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonida qishloq xo‘jaligida turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yurituvchi subyektlar yuzaga kelib rivojlanmoqda. Agrar sektorda fermer va dehqon xo‘jaliklarining miqdori va ishlab chiqarishdagi ulushlari ortib bormoqda. Ayniqsa, iste’mol bozorini kartoshka, sabzavot va turli xil mevalar bilan ta’minlashda ularning hissasi juda kattadir. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish eng dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib, uni muvaffaqiyatli hal etishi qishloq xo‘jaligini yuksak sur’atlar bilan rivojlantirish, mamlakatni qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan yetarli ta’minlash imkonini beradi. Bozor iqtisodi sharoitida har bir qishloq xo‘jalik korxonasi samarali ishlashi cheklangan resurslardan oqilona foydalanish orqali yuqori natijaga erishishga harakat qiladi. Ishlab chiqarish samaradorligi - juda murakkab iqtisodiy kategoriyadir. U obyektiv iqtisodiy qonunlar, ijtimoiy ishlab chiqarishning asosini ifoda etuvchi - natijani, ya’ni oqibatni aks ettiradi. Oqibat yoki natija har qanday faoliyatning maqsadidir. Samara tushunchasi bilan iqtisodiy samara tushunchasini farqlash kerak. Samara bu keng tushuncha bo‘lib, har qanday tadbir yoki faoliyatning natijasida, o‘g‘itlardan foydalanish samarasi, ekinlar hosildorligi oshishida, yemxashak samarasi, chorva mahsuldorligi oshishida ifodalanadi. Ammo bu samara, ya’ni hosildorlikning va mahsuldorlikning oshishi bu tadbirlar qanchalik foydaliligini ko‘rsatmaydi. O‘g‘it va yem-xashaklardan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlarning qoplanganlik darajasi shu xarajatlar bilan olingan natija daromad bilan taqqoslangandagina ma’lum bo‘ladi. O‘g‘it va yem-xashakdan foydalanish natijasida ekinlar hosildorligi, chorva mollari mahsuldorligini oshuvi bu tadbirni texnik samaradorligini ifoda qilsa, tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar bilan, buning natijasida olingan daromadni taqqoslash iqtisodiy samaradorlikni ifodalaydi. Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish vositalari va jonli mehnatni qo‘llash orqali olingan foydali natijani yoki jami resurslar birligiga olingan natijani ifoda etadi. Har qanday faoliyat va ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi xo‘jalikni, shu jumladan, fermer xo‘jaliklari daromadini ortiradi, ijtimoiy xarajatlarni yaxshilashga olib keladi. Bu jarayon nafaqat korxonalarga manfaatli, davlatga ham foydalidir. U yoki bu tadbirga baho berishda yoki uning o‘lchamlarini aniqlashda iqtisodiy samaradorlik mezonini bilish kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona to‘la iqtisoiy va huquqiy mustaqillikka ega bo‘lganligi uchun asosiy maqsadi o‘ziga biriktirilgan resurslardan to‘la va samarali foydalanishga qaratilgan bo‘lib, shu resurslar birligiga qancha ko‘p daromad va foyda olsa, raqobat kurashida shuncha ustunlikka ega bo‘ladi. Fermer va dehqon xo‘jaligi mohiyatiga ko‘ra, ular faoliyatini baholashda iqtisodiy samaradorlikning asosiy




mezoni sifatida xo‘jalik resurslari birligiga olingan yalpi daromadni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Yalpi daromad kategoriyasining afzalligi shundaki, bunda ham mahsulot miqdori, sifati, qanday bozorda va qanday bahoda sotilganligi, moddiy xarajatlar qanchalik tejalganligi o‘z aksini topadi. Korxona, fermer xo‘jaligi qancha ko‘p yalpi daromad olishga erishsa, turli to‘lovlarni (soliq va yig‘imlar) to‘lagandan keyin o‘z ehtiyojlarini ko‘proq qondirishga, korxonani kengaytirishga imkon beradigan mablag‘ga ega bo‘ladi. Xo‘jaliklar yalpi mahsulot miqdorini sifatini ta’minlagan holda ko‘paytirishga erishsalar, yalpi daromad, yalpi va sof foyda summalari ko‘payishi mumkin. Bu hol, o‘z navbatida, korxona ishchi-xizmatchilarini moddiy rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning ish haqlarini oshirish hamda mukofotlash uchun ham, mahalliy va davlat budjetiga ham va nihoyat, korxona ishlab chiqarishini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish zaminida rivojlantirish uchun ham ko‘proq mablag‘ ajratiladi. Natijada ishlab chiqarishga yangi texnikalar, samarali texnologiyalarni joriy etish ta’minlanadi. Bu hol mehnat harakterini o‘zgartirib, unumdorligi oshishini ta’minlaydi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni oshirish islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi juda murakkab iqtisodiy kategoriya bo‘lib, texnika va iqtisodiy samara tushunchalarini o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish vositalari va jonli mehnatni qo‘llash orqali olingan foydali natijani yoki jami resurslar birligiga olingan natijani ifoda etadi. Fermer xo‘jaliklari faoliyatiga iqtisodiy baho berishda yetishtirilgan yalpi daromad (sof mahsulot) asosiy mezoni hisoblanadi. Ishlab chiqarish va fermer xo‘jaligi faoliyatiga to‘g‘ri va to‘la baho berish uchun iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimidan foydalaniladi. Bunda asosiy ko‘rsatkich sifatida bir xillikka keltirilgan jami xarajatlarning bir birligiga yetishtirilgan yalpi daromad (sof mahsulot), yalpi mahsulot, foyda va rentabellik, yer, asosiy fondlar birligiga yetishtirilgan yalpi mahsulot va yalpi daromad, mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Fermer xo‘jaligi faoliyatining samarali tashkil etilishi kapital sarflar va investitsiyani to‘g‘ri yo‘naltirishga bog‘liq. Buning uchun rahbarlar va mutaxassislar investitsiya yo‘nalishlariga to‘g‘ri baho berishi va ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlashi kerak. Kapital sarflar va investitsiyalarni mutlaq (absolyut) va nisbiy samaradorligi aniqlanadi va shunga ko‘ra ma’lum qarorlar qabul qilinadi. Qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarish samaradorligi ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot tannarxini arzonlashishiga bog‘liqdir ming afsuski , keyingi yillarda ishlab chiqarish resrslarining qimmatlashishi yoki inflyatsiyaning ta’siri natijasida mahsulot tannarxi oshib bormoqda.
Payariq tumani fermer xo’jaliklarining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlil etildi (3.1.1-jadval).


~ 20 ~






Ko’rsatkichlar

O’lchov
birligi

Yillar

2018 yilda 2016 yilga nisbatan o'zgarish










2017

2018

2019

+/-

%

1.

Yer maydoni

ga

59155,0

59155,0

66559,0

7404,0

112,5

2.

Mehnat resurslari soni

kishi

7389

7688

8856

1467

119,9

3.

Moddiy
resurslar
qiymati

mln
so’m

24806,1

25958,5

26958,4

2152,3

108,7

4.

Jami daromad

mln
so’m

571312,3

601591,9

721492,0

150179,7

126,3

5.

Jami
xarajatlar

mln
so’m

492896,0

518033,7

632819,6

139923,6

128,4

6.

Yalpi foyda

mln
so’m

78416,3

83558,2

88672,4

10256,1

113,1

7.

Asosiy yetishtirilgan mahsulotlar

-

paxta

tonna

34746,0

33945,0

19259,0

-15487,0

55,4

-

g’alla

tonna

81024,0

70722,0

46078,0

-34946,0

56,9

-

sabzavot

tonna

139672,0

156703,0

102909,0

-36763,0

73,7

8.

Rentabellik
darajasi

%

15,9

16,1

14,0

1,9 punktga pasaygan


*Manba: Payariq tumani qishloq xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari


  1. jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Payariq tumani fermer xo’jaliklarida 2017-2018 yillarda ishlab chiqarishning sifatiy ko’rsatkichlari va asosiy qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda pasayish kuzatildi. Tuman fermer xo’jaliklarining resurslar bilan ta’minoti yaxshilangan, jumladan, yer resurslarida - 12,5%, mehnat resurslarida - 19,9%, moddiy resurslar qiymatida - 8,7% o’sish kuzatildi. Olingan daromad 2018 yilda 721492,0 mln so’m bo’lib, 2016 yilga nisbatan - 150179,7 mln so’m yoki 26,3%ga oshgan. Jami xarajatlar - 2016-2018 yillarda 139923,6 mln so’mga yoki 28,4%ga oshgan. Yalpi foydada o’sish 13,1%ni tashkil etdi. Tuman fermer xo’jaliklarining rentabellik darajasi 2016 yilda 15,9%, 2018 yilda - 14,0%ni tashkil etib, 1,9 punktga pasaygan.


21





  1. Download 129,65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish