Samarqand


Bolaning rivojlanish xaritasi



Download 6,28 Mb.
bet8/75
Sana09.12.2022
Hajmi6,28 Mb.
#882255
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75
Bog'liq
7d6bf5cf9f077bb375ebf5dec73c19f6 MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA

Bolaning rivojlanish xaritasi 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi, har bir bola uchun individual tarzda yiliga uch marta to‘ldiriladi6. Maktabgacha ta‘lim muassasasidan chiqishda 6-7
yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaaritasi to‘ldiriladi (faqat maktabgacha muassasa bitiruvchilari uchun6). Maktabga tayyorlik deganda bolada umumiy kompetensiyalarni va rivojlanish sohalari kompetensiyalarining shakllanganligi tushuniladi. Bu xarita maktabgacha ta‘lim muassasasining har bir bitiruvchisi uchun to‘ldiriladi. Unda Davlat dasturiga muvofiq rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) bo‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.
Tarbiyachiga u yoki bu natija qanday darajada aks etayotganini belgilash taklif etiladi. Rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) umumlashtiriladi va tavsiya hamda takliflar ko‘rinishida ota-onalarga e‘tiboriga havola etiladi.
k Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish
Maktabgacha ta‘lim muassasasida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Rivojlantiruvchi muhit mazmuni:
maktabgacha ta‘lim muassasasining ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlar: milliy va mintaqaviy an‘analar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi lozim;
muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

  1. MTMning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

  2. MTM ta‘lim jarayonining maqsad va tamoyillari ?

  3. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim berishda kompetensiyaviy yondashuv

  4. MTM O‘quv-tarbiyaviy faoliyat mazmuni?

  5. MTMlarda Rivojlantiruvchi muhitni qanday tashkil qilinadi?

  1. Musiqa mashg‘ulotini o‘tkazish metodikasi, zamonaviy
    konsepsiyalari va me‘yoriy-huquqiy hujjatlar


Bugungi bolalar qayerda yashashidan qat‘iy nazar, doimiy ravishda ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ilmiy, texnikaviy va industrial sohalardagi o‘zgarishlar bilan to‘qnash kelishlariga to‘g‘ri keladi. Bolaning rivojlanishi va o‘sishi uzluksiz davom etadigan jarayondir. Bu davrda uning shaxs sifatida shakllanishi, ilk bor olamni atrofidagi ashyo va buyumlar orqali anglab, undan o‘zicha ma’no topishga intilishi, qiziqish va hissiyotlari rivojlanishini kuzatamiz.
Hayotning har bir davri, rivojlanish xususiyatlari va ehtiyojlariga ko‘ra o‘ziga xos bosqichlarga ega. Bolaning o‘sib, ulg‘ayishida maktab- gacha bo‘lgan davrni shular sirasiga kiritish mumkin. Bolalar ohang- raboli olam hisoblanib, juda tez o‘sish, rivojlanish va o‘zgarishlar ichida yashaydilar. Bu farzand tarbiyasida aynan shu palla qanchalik ahami- yatli ekanining yana bir isbotidir.
Bolaning rivojlanishi, ruhiyati va ta’lim-tarbiyasidagi o‘ziga xos davrlar, davrlarga monand o‘zgarishlar, muammolar haqida hikoya qiladigan ushbu dastur nafaqat tarbiyachilar, balki oilalar va ota-onalar uchun eng yaqin maslahatchi va sirdosh bo‘la oladi.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 11-mod- dasida: «Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi»,- deb ta’kidlangan. Darhaqiqat, ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, uning samarasi shunchalik erta namoyon bo‘ladi va insonning butun hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi.
Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini tarbiyachilar tomonidan to‘g‘ri tashkil etilishi, mas’ul shaxs - lar tomonidan uni nazorat qilinishining afzalligini ta’minlash, maktab- gacha yoshdagi bolalar ota-onalarining oilada bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishi uchun qulaylik yaratish maqsadida "Ilk qadam" tayanch dasturi «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi hamda Maktabgacha yoshdagi bola- larning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari asosida ishlab chiqildi.
Dastur mazmun-mohiyati bilan bolalarning psixofiziologik kamol topish tamoyilidan kelib chiqib, ularning atrof-olamdagi voqea-hodisa, narsalarga munosabati hamda turli sohalar bilan aloqa qilishlarini nazarda tutadi. Dasturda o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, xalq o‘yinlari, musiqasi, raqslari, amaliy san’at asarlari va tabiatiga katta ahamiyat berilgan. Shu bilan birga dasturda boshqa xalqlarga hurmat hissini tarbiyalash nazarda tutilgan va bolalarni mehribonlik, go‘zallik xayri- xohlikka o‘rgatishga alohida urg‘u beriladi. Dasturni amalga oshirishda bolalarning jismoniy va psixik sog‘lig‘ini mustahkamlash, harakat va gigiyenik malakalari asoslarini shakllantirish vazifasini bajarish muhim hisoblanadi. Dastur bolalarga valeologik ta’lim berishni nazarda tutadi: bolada sog‘lom turmush tarzi haqida tasavvurlar shakllangan bo‘lishi, gigiyenik va harakat madaniyatining muhimligini anglashi, salomatlikni asrash, organizmni himoya qilish, o‘zi va o‘zgalarga vaqtida zarur yordam ko‘rsatishni bilish kabilar bolaning shaxs madaniyati, ijtimoiy himoyalanganini bildiradi.

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish