Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 1996-yil 31-oktabrda ijroiya hokimiyati tizimi tarkibida tashkil qilingan. U mamlakatda huquqni himoya qilish faoliyatini tashkil etuvchi davlat tashkiloti sanaladi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining vazifalari:
bu sohadagi ishlar milliy dasturini ishlab chiqish;
inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;
inson huquqlarini himoya qilishning suddan tashqari tizimini tashkil etishga ko‘mak berish;
inson huquqlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tavsiyalar bilan murojaat qilish.
Topshiriq
Tasavvur qiling, Siz kimyo kombinati joylashgan shaharda yashaysiz. Mazkur korxona bir necha yillar davomida ishlab kelayotir. Ana shu davr davomida aholi o‘rtasida yurak qon-tomir va o‘pka kasalliklari ko‘paydi. Aholi salomatligi aholini mufassal tekshirish natijasida kasallikning ko‘payib borishi atrof-muhit ifloslanishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Korxona ma’muriyati tozalash inshootlari o‘rnatish borasida va’dasini bajarmayapti.
Jamoatchilik ushbu muammoni qanday hal qilishi mumkin? Ushbu holda qanday harakatlar samarali bo‘ladi?
Topshiriq
Quyidagi vaziyatlarda inson huquqlarini himoya qilishning qaysi mexanizmlaridan foydalanish mumkin?
Sizni ta’qib qilishmoqda, Sizga jazolash bilan tahdid solishmoqda, tinimsiz qo‘ng‘iroq qilishayapti, haqoratlashmoqda. Nima qilmoq kerak?
Sizni jinoyat sodir etganlikda ayblashyapti. Qaysi tashkilotning himoyasiga tayanishingiz mumkin? Bunday vaziyatda qanday ish tutish kerak?
Siz adolatsiz jabrlanganigizga, Sizni hafa qilishganiga, haqoratlashganiga ishonch hosil qildingiz. Nima qilmoq kerak?
Kechqurun o‘rtog‘ingiz bilan mashg‘ulotlardan qaytayapsiz. Sizni militsioner to‘xtatdi,militsiya bo‘limiga olib ketmoqchi bo‘lib turibdi. Bunday vaziyatda o‘zingizni qanday tutishingiz kerak?
To‘qqizinchi sinfdagilarga yozgi amaliyotni o‘tamagunlariga qadar hujjatlarini bermay turishdi. Maktab ma’muriyatining xatti-harakati qonuniymi? Basharti, shunday bo‘lsa, o‘z javobingizni asoslab bering. Bordi-yu aksincha bo‘lsa, sizningcha, qanday choralar ko‘rish kerak?
Yakunlarni chiqaramiz
Huquq va erkinliklar kafolatlari:
Har kimga huquq va erkinliklari himoya qilinishi kafolatlanadi;
Inson huquqlarini himoya qilish mexanizmi: sudyalar, prokuratura, militsiya, advokatura;
Inson huquqlarini ro‘yobga chiqarish monitoringi;
2002-yil 13-dekabrda – yangi tahrirda – «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘isida»gi Qonun;
Ombudsman;
1996-yil – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining ochilishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |