62
Kichik firmalar tadqiqot markazlari
va universitetlar atrofida
tuzilishga moyil bo‘lib, undan yangi bilimlardan tijorat
rivojlanishida foydalanish umidida foydalanadilar.
O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot natijalarini olish va ularni
tijoratlashtirish o‘rtasida dunyoning rivojlangan mamlakatlari bilan
taqqoslaganda hali ham katta farq mavjud. Bunday vaziyatning
sabablari
juda
ko‘p.
Bu birinchidan, ilmiy-tadqiqot
mutaxassislarining
bozor
talablariga
javob
bermaydigan
takliflariga, eskirgan moliyalashtirish mexanizmlariga, ilmiy va
muhandislik faoliyatini tashkil etishning arxaik tizimiga an’anaviy
e’tiborsizligiga bog‘liq.
Ikkinchidan esa, eski tipdagi idoraviy
muassasalarning
hanuzgacha
hukmronlik
qilayotganligidir.
Shuningdek,
ishlab
chiqarish,
texnologik
va
axborot
infratuzilmalari rivojlanmagan, tijoratlashtirish uchun zarur
bo‘lgan
litsenziyalash, sertifikatlash va patentlash jarayonlari
keraksiz byurokratik xususiyatga ega.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda yuqori texnologiyali biznes va
texnologiyalarni tijoratlashtirish sohasida ishlashga harakat
qilayotgan xorijlik mutaxassislar birinchi navbatda quyidagi
to‘siqlarga duch kelishmoqda:
1) malakali menejerlarning yetishmasligi;
2) O‘zbekiston kompaniyalarining
shaffof emasligi va
korrupsiya;
3) so‘zning tor (texnologik) va keng ma’nodagi (yo‘llar,
aloqa, viza rejimining qoniqarsiz holati) texnik infratuzilmaning
yetishmasligi.
O‘zbekistonda hozirgi paytda ham eski, ma’muriy-
buyruqbozlik Milliy innovatsion tizimni va bozor iqtisodiyotiga
xos bo‘lgan yangi innovatsion tizim
elementlarini birlashtirgan
o‘tish davridagi innovatsion tizim faoliyat ko‘rsatayotganidan
dalolat beradi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston davlati Milliy innovatsion
tizimni elementlari - moliyaviy mexanizmlar, shu jumladan grant
mablag‘lari,
ishlab
chiqarish,
texnologik
va
axborot
infratuzilmasini yaratish jarayonining faol ishtirokchisiga aylandi.
63
Biroq ko‘rilgan choralar har doim ham tizimli va izchil bo‘lmaydi.
Natijada innovatsiyalarni tijoratlashtirish
uchun infratuzilmaning
alohida, o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan tarkibiy qismlari paydo bo‘ldi.
Innovatsion siklning bir qator bosqichlari zarur moliyaviy,
axborot va infratuzilmaviy yordamni olmadi. Bu esa izlanishlar va
ishlanmalar natijalarini tijoratlashtira boshlagan kichik firmalarga
taalluqlidir.
Bundan tashqari, innovatsion jarayonning asosiy
ishtirokchilari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish va ularni
tijoratlashtirish yetarli darajada rag‘batlantirilmagan. Natijada
mavjud potensialdan yetarlicha samarali foydalanilmayapti.
Mamlakatning texnologik rivojlanishining
innovatsion faolligi va
ko‘rsatkichlari asta-sekin o‘sib borishga moyil bo‘lishiga qaramay,
hali ham past darajada.
Keling,
ishlab
chiqarish va texnologik
innovatsion
infratuzilmaning asosiy elementlarini batafsil ko‘rib chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: