320
tugash
muddatlari,
ijrochilar
o‘rtasida mehnatning aniq
taqsimlanishi, moddiy mukofotlash xarakteri aniq belgilanadi.
O‘zaro majburiyat va iqtisodiy sanksiyalar qat’iy kelishiladi.
Innovatsion jarayonni davlat tomonidan tartibga solishning
to‘g‘ridan-to‘g‘ri usullari tizimida sanoat korxonalari (firma,
korporatsiyalar) ning yangilik kiritish sohasidagi kooperatsiyasi va
universitetlarning sanoat bilan kooperatsiyasini tezlashtiradigan
chora-tadbirlar muhim o‘ringa ega. Kooperatsiyaning ushbu
shakllaridan
ikkinchisi, bir tomondan, ilg‘or ilmiy g‘oyalarni
ularning tijorat realizatsiyasi bosqichiga yetkazish, ikkinchi
tomondan, sanoatning fundamental va izlanish tadqiqotlarini
moliyalashtirishda manfaatdorligini
oshirish uchun sharoitlar
yaratish zaruratidan kelib chiqqan. Davlat innovatsion siyosatining
ushbu yo‘nalishida uning sanoat innovatsiyalarining ilmiy
yangiligiga yo‘naltirilishi namoyon bo‘ladi, bu esa ko‘pincha
birinchi navbatda ishlab chiqarish va tijorat masalalarni hal
qiladigan sanoat firma va korxonalari manfaatlarini amalga
oshirishda ikkilamchi vazifa bo‘ladi.
Davlat tomonidan innovatsion jarayonni tartibga solishda
bilvosita usullar ham muhim rol o‘ynaydi.
Davlat innovatsion
siyosatini amalga oshirishda qo‘llanadigan bilvosita usullar, bir
tomondan, innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirishga, ikkinchi
tomondan, - novatorlik faoliyati uchun qulay (ijtimoiy, iqtisodiy,
psixologik) muhitni yaratishga qaratilgan. Innovatsion jarayonlarni
davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita usullari tarkibi,
tuzilishi va mazmuni turli-tumandir.
Bilvosita usullarga soliq
imtiyozlari va chegirmalarini,
kredit imtiyozlarini kiritish mumkin. Soliq imtiyozlari va
chegirmalari quyidagilarda ifodalanadi: korxona va tashkilotlar
foydasining istiqbolli innovatsion ishlanmalarni amalga oshirishga,
ilmiy-texnik zaxirani yaratishga yo‘naltirilgan qismini soliqqa
tortishdan ozod qilish; ilmiy tashkilotlar va oliy o‘quv yurtlarining
chet el valyutasidagi mablag‘larini ilmiy-texnik (innovatsion)
mahsulotlarini sotishdan olingan va maxsus asbob-uskunalar va
noyob qurilmalarni sotib olishga yo‘naltirilgan
soliq solinadigan
321
daromadlar sonidan chiqarish; ilmiy-texnik tashkilotlar uchun
qo‘shilgan qiymat, mol-mulk va yer solig‘i stavkalarini
kamaytirish;
korxona (firma)lar tomonidan ma’lum davr
mobaynida ixtiro va boshqa yangiliklardan foydalanishdan
olinadigan foydaga soliq solishni kamaytirish.
Innovatsiyalarni
davlat tomonidan tartibga solishning muayyan sharoitdagi samarali
bilvosita usullariga kredit imtiyozlari, ya’ni korxonalar, aksionerlik
jamiyatlari va firmalar – innovatsion ishlanmalar, yangiliklar
natijalarining potensial iste’molchilariga kreditlar (masalan, past
foiz stavkasi bilan) taqdim etish.
Do'stlaringiz bilan baham: