Tayanch iboralari:
Qiymat taklifi, korporativ madaniyat, inson kapitali,
FACETS tizimi, dastlabki izdoshlar (vizyonerlar), erta ko‘pchilik
(pragmatistlar), keyinchalik ko‘pchilik (konservatorlar), inert qism
(skeptiklar).
Nazorat savollari
1. Innovatsion biznesda inson resurslari samaradorligini
qanday omillar belgilaydi?
2. Innovatsion kompaniya korporativ madaniyatining
xususiyatlari qanday?
3. Innovatsion kompaniyaning korporativ madaniyatiga
qanday qadriyatlar xosdir?
4.
Innovatsion
biznesning
o‘ziga xos xususiyati
kompaniyaning vazifasi va shiori shakllanishida qanday aks etadi?
5. Innovatsion biznesni yaratadigan tadbirkor qanday
vakolatlarga ega bo‘lishi kerak?
6. Innovatsion biznesda kadrlarni tanlashda qanday
mezonlardan foydalanish kerak?
7. Innovatsion kompaniyada xodimlarni baholash tizimi
qanday qurilishi kerak?
8. Innovatsiyalarni yaratadigan va ularni tijoratlashtiradigan
xodimlarni rag‘batlantirish va rag‘batlantirishning o‘ziga xos
xususiyatlari nimada?
207
9-Mavzu. Ilmiy-texnik tashkilotlarda xodimlar mexnatini
tashki etish
Reja
1.
Ilmiy-texnik
(innovatsion)
tashkilotlar
xodimlari
mexnatini tashki etishning xususiyatlari
2. Jamoalar shakllanishi
3.
Innovatsion
faoliyat
sohasida
ishchilar
mehnati
motivatsiyasi va rag‘batlantirish
1. Ilmiy-texnik (innovatsion) tashkilotlar xodimlari mexnatini
tashki etishning xususiyatlari
Innovatsion mexanizm (ilmiy salohiyat) ning kadrlar tarkibi,
ya’ni ilmiy-texnik xodimlar, “tadqiqot – ishlab chiqarish –
iste’mol” jarayonini amalga oshiruvchi ilmiy, muhandislik-texnik
va boshqa toifadagi xodimlardan tashkil topgan ijtimoiy-
professional guruhdir. Ular yagona yakuniy maqsad, mehnat
mazmuni, tabiati va sharoitlari, rag‘batlantirish tizimida umumiy
xususiyatlar bilan bog‘liq. Ilmiy-texnik xodimlarga doimiy
ravishda
tadqiqotlar,
loyihaviy-konstruktorlik,
texnologik,
tashkiliy-uslubiy
ishlanmalar
va
ularni
amalga
oshirish
(o‘zlashtirish va tadbiq etish) bilan shug‘ullangan xodimlar kiradi.
Innovatsion jarayonga jalb etilgan ilmiy-texnik xodimlar umumiy
ishchi tarkibiga kirib, milliy daromad yaratilishida ishtirok
etishadi.
Ilmiy-texnik kadrlar tarkibiga ilmiy xodimlar, konstruktorlar,
texnologlar, loyihachilar, iqtisodchilar, ITI va KBlarning boshqa
toifa mutaxassislari, hamda tajriba-eksperimental korxona va
sexlar ishchilari kiradi. Birlashma va korxonalarning ilmiy-texnik
bo‘linmalar xodimlarini ham ularning tadqiqot va ishlanmalarda
ishtirok etishi darajasini hisobga olgan holda ushbu toifaga kiritish
mumkin. 1995 yil Kanberrada (Avstraliya) IHRT (Iqtisodiy
hamkorlik va rivojlanish tashkiloti) tomonidan qabul qilingan “Fan
va texnika kadrlar resursini o‘lchash bo‘yicha Kanberra
qo‘llanmasi” ga muvofiq, ilmiy-texnik kadrlar malaka darajasi,
208
ilm-fan, kasb-hunar sohalari, bandlik toifalari (shu jumladan,
ishsizlar va iqtisodda band bo‘lmaganlar), sohalar, hududlar, jins,
yosh, milliy kelib chiqishi bo‘yicha tasniflanadi. Bundan tashqari,
ularning turli manbalar bo‘yicha kelishi va turli yo‘nalishda, shu
jumladan, xorijga, ketishi hisobga olinadi.
Ilmiy-texnik tashkilotlar xodimlari quyidagi guruhlarga
bo‘linadi: ilmiy xodimlar, ilmiy-texnik personal, ilmiy-yordamchi
personal, ma’muriy-xo‘jalik personal, ishlab chiqarish personali
(tajribaviy va ishlab chiqarish bo‘linmalari bilan). Ilmiy-texnik
kadrlar tuzilmasida asosiy bo‘g‘in –
ilmiy xodimlar
bo‘lib, ular
yangi g‘oyalarni ilgari surib, kashfiyotlar qilib, innovatsion
yechimlar taklif etib, muhim rol o‘ynaydi.
Ilmiy-texnik personalga
konstruktorlar, texnologlar, eksperimentchilar va ilmiy xizmat
ko‘rsatish, tadqiqotlar natijalarini amalga oshirish bilan
shug‘ullanadigan boshqa toifadagi ishchilar kiradi.
Ilmiy-
yordamchi personal
patent xizmatlar, ilmiy-texnik va moliya-
tijorat
axboroti
bo‘linmalari, moliya-iqtisod bo‘linmalari
xodimlari, laborantlar, hamda tajribaviy-eksperimental ishlab
chiqarish ishchilari, ilmiy jihoz va asboblar sozlovchilari,
kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislardan
iborat.
Ma’muriy-xo‘jalik personalga
kotiblar, ish yurituvchilar,
referentlar,
mashinistkalar,
hujjatlarni ko‘paytirish
xizmati
(kserokopiya va b.) ishchilari kiradi.
Ilmiy-texnik tashkilotlar (shu jumladan, korxona va
birlashmalar ilmiy bo‘linmalari) da
xodimlarni boshqarish
– bu
kadrlar rejalashtirilishi, tanlovi xodimlar joyini almashtirish,
jamoada o‘zaro munosabatlarning optimal (ratsional) tuzilmasini
shakllantirish, xodimlarning motivatsion fe’l-atvorini tartibga
solish, jamoada maqbul ma’naviy-psixologik iqlim yaratish, nizoli
vaziyatlarni hal etish, mehnatni tashkil etish va rag‘batlantirish
funksiyalarini bajarishdir. Innovatsion tashkilotlarda xodimlarni
boshqarish funksiya va usullari ko‘p jihatdan innovatsion
ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari va mazmuniga bog‘liq. Ushbu
xususiyatlarga quyidagilar kiradi: bajarilayotgan ishlar noyobligi
va betakrorligi, xodimlar bilimdonligi va yuqori malakasi,
209
innovatsion jarayonni informatsion ta’minlash yetishmovchiligi
(ayniqsa, dastlabki bosqichlarda), ko‘plab tashkilotlar (shu
jumladan, venchur) faoliyat ko‘rsatishi xavfi, innovatsion ishlarni
bajaradigan mutaxassislar tarkibida ijtimoiy guruhlar turli-
tumanligi. Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda, xodimlarni
boshqarishning ayrim jihatlari quyida keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |