6. Intellektual mulkni boshqarish.
Intellektual mulkni boshqarish - bu strategik biznes
maqsadlariga erishish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan innovatsion
kompaniyani boshqarishning muhim tarkibiy qismlaridan biridir.
Zamonaviy
yuqori
texnologiyali
korxonani
boshqarish
muvaffaqiyati bilimga asoslangan nomoddiy aktivlarni yaratish,
himoya qilish va ulardan samarali foydalanish qobiliyatiga bog‘liq.
Kompaniyaning intellektual mulkini boshqarish mohiyati
uning ob’ektlariga bo‘lgan huquqlar portfelini boshqarishdan
iborat. Bunday portfel o‘zi himoyalangan IF uchun ham,
litsenziyalash
shartnomalari
asosida
olingan
natijalardan
foydalanish uchun ham eksklyuziv huquqlar to‘plamini o‘z ichiga
oladi. Huquqlar portfeli qoida tariqasida patent huquqlari asosida
shakllantiriladi, lekin u mualliflik huquqi ob’ektlariga, ishlab
126
chiqarish sirlariga (nou-xau), savdo belgilariga va boshqalarga
eksklyuziv huquqni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Demak,
intellektual mulkni boshqarish deganda intellektual mehnat
natijalari,
individualizatsiya
vositalarini
yaratish,
ulardan
foydalanish bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish va nazorat qilish
tushuniladi.
Intellektual mulk menejmentning asosiy vazifasi - bu
boshqaruv ob’ektini keyinchalik kapitallashuvi bilan korxonaning
qimmatbaho aktiviga aylantirishdir.
Intellektual
mulk-menejment
bir
nechta
sohalarda
umumlashtirilishi
mumkin
bo‘lgan keng funksiyalar va
jarayonlarni o‘z ichiga oladi (1-rasm):
1) intellektual faoliyat natijalarini yaratish (IF);
2) ularga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
3) IFni amalga oshirish va undan foydalanish;
4) ro‘yxatdagi jarayonlar bilan bog‘liq operatsiyalarni
moliyalashtirish;
5) intellektual mulkni boshqarish bilan bog‘liq barcha
tadbirlarni tashkiliy va axborot bilan ta’minlash.
Zamonaviy yuqori texnologiyali korxonalar faoliyati o‘z
mahsulotlarining murakkabligi va yuqori darajadagi xavfliligi bilan
ajralib turadi. Intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish orqali
mahsulotlarni doimiy ravishda yangilab turish zarurati sharoitida
bunday tarmoqlar eng xavfli hisoblanadi. Shuning uchun
intellektual mulkni boshqarish Innovatsion tizim mavjudligining
barcha bosqichlarida yuzaga keladigan xatarlarni boshqarishni o‘z
ichiga oladi.
Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish strategiyasi ko‘p
jihatdan
korxona
miqyosiga,
kompaniya
hayot
siklining
bosqichiga, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish darajasiga
bog‘liq. Yirik innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun
moliyaviy, moddiy va mehnat resurslarini jalb qilishda so‘zsiz
ustuvorlikka ega bo‘lgan yirik korporatsiyalar bir qator sanoat va
faoliyat sohalarida inkor etib bo‘lmaydigan afzalliklarga ega.
127
Do'stlaringiz bilan baham: |