Samarqand: Samdu nashri, 2020 y. 460 b


 Innovatsiya jarayonini moliyalashtirish uchun byudjetdan



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/163
Sana28.05.2022
Hajmi3,48 Mb.
#612855
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   163
Bog'liq
INNOVATSION IQTISODIYOT

2. Innovatsiya jarayonini moliyalashtirish uchun byudjetdan 
tashqari mablag‘lar 
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish manbalaridan biri – 
byudjetdan 
tashqari 
fondlardir. 
Ular 
innovatsiyalarni 
moliyalashtirish 
manbalari 
sifatida 
innovatsion 
jarayonni 
boshqarishning barcha darajalarida: davlat, soha, hududiy, 


260 
institutsional (korxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy-texnik 
institutlari) darajasida faoliyat ko‘rsatadi. Byudjetdan tashqari 
fondlar mazmuni, ahamiyati va vujudga kelish xususiyatlarini 
qisqacha ko‘rib chiqamiz. 
Korxonalarning qayta qurilishi va qayta qurollanishi, ishlab 
chiqarishni tashkil etishning prinsipial yangi shakllarini qo‘llash, 
prinsipial yangiliklarni o‘zlashtirish va hokazolar zarurati katta 
resurslar bo‘lishligini va ularning tezkor qayta taqsimlanishini 
talab etadi. Ma’lumki, davlat byudjeti – moliya resurslari vujudga 
kelishining 
samarali 
shakllaridan 
biridir. 
Biroq 
byudjet 
mablag‘larini ishlatish qonunchilik organlari tomonidan tartibga 
solinadi, shu bois mablag‘larni tezkor qayta taqsimlash masalasi 
bo‘lishi mumkin emas.
Mulkchilik shakllarining xilma-xilligi, davlat mulkchilik 
ulushining qisqarishi mablag‘larni qayta taqsimlashning yangi 
usullaridan foydalanishni talab qilib, moliya resurslari vujudga 
kelishining boshqa shakllari – byudjetdan tashqari fondlarning 
tashkil etilishiga sabab bo‘ladi. Ular tezkor qayta taqsimlanishi va 
ishlatilishi mumkin, chunki byudjetdan tashqari fondlar faqat ijro 
etuvchi organlari tomonidan tartibga solinib, qonunchilik organlari 
tomonidan esa nazorat qilinmaydi. Albatta, mablag‘larni qayta 
taqsimlash, qaror qabul qilish tezkorligi bilan bog‘liq masalalar 
boshqa yo‘l bilan hal etilishi mumkin. Masalan, davlat yoki 
mahalliy byudjetdan maqsadli vazifa va loyihalar, shu jumladan, 
innovatsion ishlar uchun muayyan qismi ajratiladi. Lekin masalalar 
katta ko‘lamliligi va xilma-xilligida bularning o‘zi etarli emas. Shu 
sababli qonunchilik organi qaroriga ko‘ra aniq maqsadli, o‘z 
daromadlari manbalariga ega bo‘lgan byudjetdan tashqari fondlar 
tashkil etiladi.
Byudjetdan tashqari fondlar – 
aniq (ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy, 
texnologik, ekologik xarakterdagi) maqsadlarni amalga oshirish va 
turli darajadagi byudjetlarda nazarda tutilmagan ehtiyojlarni 
moliyalashtirish uchun ajratilgan moliya resurslarini qayta 
taqsimlash va ulardan foydalanish shakli. Hozirgi vaqtda ular 


261 
moliya 
tizimi, 
xususan, 
innovatsiyalarni 
moliyalashtirish 
tizimining muhim bo‘g‘inidir. 
Byudjetdan tashqari fondlarning aksariyati davlat va 
munitsipal tuzilmalarga tegishli, lekin ular avtonomdir. Ular qat’iy 
maqsadga ega bo‘lib, umumdavlat, hududiy yoki mahalliy 
ahamiyatga ega bo‘lgan aniq dasturlar uchun yaratilgan; buni 
amalga oshirish uchun esa byudjet mablag‘lari yetarli emas, hudud 
ichida va tashqarisidagi qo‘shimcha moliya resurslari kerak 
bo‘ladi. 
Davlat byudjetdan tashqari fondlari moliyaviy tizimning 
tarkibiy qismi bo‘lib, bir qator xususiyatlarga ega: 

qat’iy maqsadli yo‘nalganlikka ega; 

fondlarning pul mablag‘lari byudjetga kiritilmagan davlat 
xarajatlarini moliyalashtirish uchun ishlatiladi; 

asosan yuridik shaxslarning majburiy ajratmalari hisobidan 
shakllanadi; 

fondlarga qilingan to‘lovlar va shu jarayonda vujudga 
kelgan o‘zaro munosabatlar soliq tabiatiga ega; soliqlar kabi, 
to‘lovlar tariflari davlat tomonidan belgilanib, majburiy 
hisoblanadi; 

fondlarning pul mablag‘lari davlat mulkchiligida bo‘lib, 
byudjetlar hamda boshqa fondlar tarkibiga kirmaydi va qonunda 
belgilanmagan biron-bir maqsadda olib qo‘yilmaydi; 

byudjetdan tashqari fondlardan investitsion, innovatsion 
loyiha 
va 
dasturlarni 
moliyalashtirish uchun 
qo‘shimcha 
mablag‘larni jalb qilish uchun subvensiyalar ajratiladi. Byudjetdan 
tashqari fondlar soliq to‘lashdan, davlat va bojxona bojlaridan ozod 
etiladi.
Byudjetdan tashqari fondlar turli xil jihatlarga ko‘ra 
tasniflanishi mumkin: boshqaruv darajasiga, maqsadiga, amal 
qilishi davriga, muammolar qamrovi va biron sohaga mansubligiga 
ko‘ra. Boshqaruv darajasiga ko‘ra quyidagi byudjetdan tashqari 
fondlar ajratiladi: 

davlat; 

soha; 


262 

mahalliy; 

institutsional 
(birlashma, 
korporatsiya, 
ilmiy-texnik 
markazlar darajasida). 
Maqsadiga ko‘ra byudjetdan tashqari fondlar iqtisodiy, 
ijtimoiy va ekologik fondlarga bo‘linadi. Iqtisodiy byudjetdan 
tashqari fondlarga boshqalar bilan bir qatorda ITTKI (ilmiy-
tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari) ning soha va sohalararo 
fondlari kiradi. Iqtisodiy byudjetdan tashqari fondlar foydalanish 
yo‘nalishlari 
bo‘yicha 
ajratilishi 
mumkin: 
ilmiy-texnik, 
innovatsion, tashqi iqtisodiy faoliyat va hokazolar bo‘yicha.
Amal qilishi davriga ko‘ra byudjetdan tashqari fondlar 
muddatsiz, uzoq muddatli va qisqa muddatli amal qiladigan 
bo‘ladi. Soha va sohalararo byudjetdan tashqari fondlar ham amal 
qiladi. Sohalararo deb ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik 
fondlar hisoblanishi lozim. Muammolar qamroviga ko‘ra 
byudjetdan tashqari fondlar umumiy xarakterli (ilmiy-tadqiqot va 
tajriba-konstruktorlik sohalararo fondi) va muayyan xarakterdagi 
(birlashmalarning byudjetdan tashqari fondi) bo‘lishi mumkin.
Byudjetdan tashqari fondlar tarkibi dinamikdir: ba’zi fondlar, 
o‘z rolini bajarib va o‘zini badnom etib, faoliyatini to‘xtatadi, 
boshqalari – bir necha yil faoliyat ko‘rsatadi, keyingilari – bir 
nechta byudjetdan tashqari fondlarga parchalanadi. Ta’kidlab 
o‘tamiz, 
byudjetdan 
tashqari 
fondlar 
faqat 
muayyan 
sharoitlardagina vujudga keladi va o‘z faoliyatini tugatishi 
mumkin. Ushbu fondlarning faoliyat ko‘rsatilishi natijalari 
mutaxassislar tomonidan turlicha idrok qilinadi. Ularni yanada 
rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha tavsiyalar ham shunday bir-
biriga zid ko‘rinadi. 
Byudjetdan tashqari fondlar boshqa fondlar bilan bir qatorda 
innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimini shakllantiradi.

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish