42
G‘oya paydo bo‘lganda konsepsiya
ishlab chiqiladi va
keyin darhol rivojlanish boshlanadi. Bu fundamental va amaliy
tadqiqotlarning ahamiyatini pasaytirmaydi, lekin ular asosiy yo‘lda
qiyinchiliklar paydo bo‘lishi bilan yoki aksincha, teskari tartibda
ko‘rib chiqiladi: birinchidan, amaliy tadqiqotlar
natijalari tahlil
qilinadi va agar ular muammoga javob bermasa, demak,
fundamental [3] ... Yangi g‘oyalar innovatsion jarayonning istalgan
bosqichida paydo bo‘lishi va rivojlanishi mumkin. Shuningdek,
loyihalash, ishlab chiqish, ishlab chiqarish va marketing
bosqichlarida bir vaqtning o‘zida (parallel ravishda)
amalga
oshirilishi mumkin. Firma ichki funksiyalarni muvaffaqiyatli
birlashtiradigan va keng ilmiy-texnikaviy hamjamiyat va bozor
bilan faol aloqada bo‘lgan ochiq tizimdir.
Lineer bo‘lmagan (interaktiv) model va chiziqli model
o‘rtasidagi asosiy farqlar haqida to‘xtalamiz.
Birinchidan, yangi g‘oyalar paydo bo‘ladi va innovatsion
jarayonning
barcha
bosqichlarida
ishlab
chiqiladi,
ya’ni
fundamental tadqiqotlar yagona
tashabbuskor kuch sifatida
qaralmaydi.
Ikkinchidan,
interaktiv
modellar
shuni
anglatadiki,
innovatsion jarayon bosqichlari o‘rtasida sifat jihatidan yangi
ulanish turlari paydo bo‘lib, uning elementlari “teskari aloqa
halqalar”ini
bog‘laydi.
Ularning
vazifasi
innovatsion
jarayonlarning mustaqil yoki kuchsiz qaram qismlarga bo‘linishini
oldini olish va shu bilan innovatsion jarayonlarning davomiyligini
kamaytirishdir. Ushbu model doirasida bir vaqtning o‘zida
(parallel) yangi mahsulotni loyihalash, marketing va ishlab
chiqarishga ruxsat beriladi. Fikrlarning o‘ziga
xos xususiyati
shundaki, ular nafaqat tizim doirasida amalga oshiriladi, balki uni
tashqi muhit, bozor, iste’molchilar bilan shuningdek, boshqa
iqtisodiy sub’ektlar bilan bog‘laydi.
Uchinchidan, tadqiqot natijalari
innovatsion jarayonning
barcha bosqichlarida turli shakllarda qo‘llaniladi, ya’ni innovatsion
jarayonning barcha bosqichlarida texnologiyani tijoratlashtirish
mumkin.
43
To‘rtinchidan, boshqariladigan chiziqli bo‘lmagan model
innovatsion jarayonlar menejerlari va innovatsion mahsulot
iste’molchilarining rolini hisobga oladi. Innovatsion menejer
innovatsiya jarayonining turli bosqichlari bilan shug‘ullanadi va
shu bilan o‘zining boshqaruv faoliyatini quradi.
Asosiy e’tibor oxirgi pozitsiyaga qaratilishi kerak.
Kompaniyalarning innovatsion rivojlanishini mazmunli boshqarish
uchun bunday mutaxassislar nafaqat
innovatsion rivojlanishning
umumiy qonuniyatlarini tushunishlari, balki texnologiyalarni
o‘tkazishi va tijoratlashtirishi, intellektual mulkni muhofaza qilishi
va ulardan foydalana olishi, innovatsion loyihalarni boshqarishi,
biznesni
rejalashtirishi, prognozlashtirishi, yangi mahsulotlar
hamda texnologiyalarning tijorat ahamiyatini (potensialini)
baholashi va amalda qo’llay olishi kerak.
Kompaniyalarda innovatsion jarayonlar modelini to‘g‘ri
tuzilishi ularning hayot siklining turli bosqichlari uchun samarali
biznes modellarini shakllantirishi uchun asosdir.
Shunday qilib, zamonaviy sharoitlarda moslashuvchanlik
va rivojlanish tezligini kafolatlash uchun tizimni birlashtirish orqali
tarmoqqa urg‘u beriladi. Korxonalarni boshqarish bo‘yicha axborot
tizimlaridan foydalanish orqali biznes
jarayonlar elektron shaklga
o‘tkaziladi. Tashqi muhitda asosiy e’tibor “biznes ekotizimlari”ga
qaratilgan. Bugungi kunda marketing tadqiqotlari va ilmiy-tadqiqot
ishlarini birgalikda olib borish uchun rivojlangan strategik
sheriklik
aloqalari
yaratilmoqda.
Ochiq
innovatsiyalar
paradigmasiga o‘tish aniq ko‘rinib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: