Samarqand: Samdu nashri, 2020 y. 460 b


 Intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/163
Sana28.05.2022
Hajmi3,48 Mb.
#612855
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   163
Bog'liq
INNOVATSION IQTISODIYOT

3. Intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish 
va ulardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari 
Iqtisodiy va ilmiy-texnik munosabatlar globallashuvi 
sharoitida intellektual mulkni muhofaza qilish masalalari, uning 
tizimini takomillashtirish xalqaro va mahalliy standartlar, 


421 
qonunchilik va me’yoriy hujjatlarning bir-biriga mosligi jihatidan 
ko‘rib chiqiladi. Intellektual mulkni muhofaza qilish masalalarida 
hozirgi vaqtda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) 
bosh rol o‘ynamoqda. BIMT ni ta’sis etadigan konvensiya 1967 
yilda Stokgolmda imzolanib, 1979 yilda kuchga kirgan. BIMT ga 
butun dunyoda davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik va turli hududiy 
tashkilotlarning ma’muriy boshqaruvini ta’minlash yo‘li bilan 
intellektual mulkni muhofaza qilishga ko‘maklashish vazifasi 
yuklatilgan. BIMT hukumatlararo tashkilot bo‘lib, BMT tarkibiga 
kiradigan 16 ixtisoslashtirilgan muassasalardan biridir. 150 ga 
yaqin mamlakatlar BIMT ishtirokchisi bo‘ldi. 
Sanoat mulki ob’ektlaridan ularning xususiyatlarini hisobga 
olgan holda foydalanishni samarali boshqarish uchun quyidagi to‘rt 
holatni bilmoq, o‘zlashtirmoq va aniq tasavvur qilmoq lozim:
 
1) ayrim ob’ektlarning tarkibi va mazmuni (yuridik va 
ma’nodor, ularning bir-biriga mosligi); 
2) xalqaro standartlar hamda qonunchilik va me’yoriy 
materiallar o‘zaro munosabatdorligi; 
3) intellektual (sanoat) mulk ob’ektlarini hisobga olish va 
ulardan foydalanishning tengligi; 
4) sanoat mulki ob’ektlari qiymatini baholashga doir yagona 
yondashuv. 
Dastlabki ikki holat ekzogen (tashqi) xarakterga ega bo‘lib, 
innovatsion korxonalarga uncha bog‘liq bo‘lmaydi, keyingi ikkitasi 
– endogen (ichki) xarakterga ega bo‘lib, innovatsion faoliyatni 
amalga oshiradigan korxonalarga bevosita bog‘liq. Agar moddiy 
va nomoddiy aktivlar ahamiyati, ularning nisbati hisobga olinsa, 
uchinchi va to‘rtinchi holatlar korxonalar uchun hal qiluvchi 
bo‘lishi mumkin, ayniqsa to‘liq va professional ravishda 
innovatsion biznes bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun. Shu 
bois intellektual mulk ob’ektlarini nomoddiy aktivlar (NMA) 
sifatida hisobga qabul qilish va ularni xo‘jalik aylanmasiga kiritish 
masalasi g‘oyat muhimdir. 
Nomoddiy aktivlar ob’ektlar tarkibi, huquqiy tartibi, qo‘llash 
xarakteri va hokazolarga ko‘ra turlichadir. Nomoddiy aktivlarning 


422 
asosli hisobi uchun ularni tartibga solish lozim, bu esa xalqaro 
standartlar (MSFO) ga o‘tishda ayniqsa muhimdir. Bu maqsadlarda 
barcha nomoddiy aktivlarni quyidagi jihatlar bo‘yicha tasniflash 
mumkin: 

olish uslubiga ko‘ra – korxona (tashkilot) ning o‘zida 
yaratilgan yoki chetdan olingan aktivlar; 

huquqiy tartibga ko‘ra – belgilangan foydali xizmat 
muddatiga ega bo‘lgan xavfsizlik hujjatlari bilan himoyalangan 
nomoddiy aktivlar (masalan, sanoat namunasi – patenti 10 yil 
muddatga, ixtiro – patenti 20 yil muddatga, foydali model – 
guvohnoma 5 yil muddatga); amal qilishi hech qanday 
cheklovlarga 
ega 
bo‘lmagan xavfsizlik hujjatlari bilan 
himoyalangan nomoddiy aktivlar (masalan, tovar belgisi, tovarning 
kelib chiqish joyining nomi); 

mustaqil baholash imkoniyatiga ko‘ra – nomoddiy aktivlar 
yo alohida, yo birlashgan holda baholanadi; 

ishlab chiqarishda ishtirok etish darajasiga ko‘ra – hozirgi 
vaqtda korxonaga foyda keltiradigan amaldagi nomoddiy aktivlar; 
hozirgi vaqtda qo‘llanmaydigan, lekin kelajakda istiqbolli bo‘lgan 
nomoddiy aktivlar; 

korxonaning bozor qiymatiga ta’sir etish darajasiga ko‘ra – 
realizatsiyadan foyda keltira oladigan va korxona qiymatiga 
bevosita ta’sir ko‘rsata bilgan nomoddiy aktivlar (foydali modellar, 
sanoat namunalari); korxonaning bozor qiymatiga bilvosita ta’sir 
etadigan nomoddiy aktivlar (savdo markasi, brend, gudvill). 
Asosan intellektual mulk ob’ektlaridan tashkil topgan 
nomoddiy aktivlar tasnifi quyidagi maqsadlarda muhimdir: 
1) intellektual mulk ob’ektlari (intellektual mulk natijalari) 
inventarizatsiyasi; 
2) ularni hujjatda rasmiylashtirish; 
3) turli (daromadli, chiqimli yoki qiyosiy) usullarni qo‘llagan 
holda qiymatni (shu jumladan, bozor qiymatini) baholash; 
4) intellektual mulkni nomoddiy aktivlarni korxona mulki 
sifatida e’tirof etish asosida buxgalterlik hisobiga olish va hisoboti. 


423 
Birinchi, inventarizatsiya bandi bo‘yicha metodik jihatdan 
ma’lum tajriba mavjud, ammo bu tajriba amaliy jihatdan boshqa 
aktivlarga tegishli bo‘lsada, ko‘rilayotgan ob’ektlarga nisbatan 
qo‘llanilishi mumkin. Ikkinchi band – hujjatda rasmiylashtirish 
bo‘yicha huquqiy va tashkiliy asoslar (qonunlar, me’yoriy hujjatlar 
va h.k.) yaratilgan va yaratilmoqda, intellektual mulkni huquqiy 
tartibga solish masalalari hal etilmoqda. Uchinchi band – qiymatni 
baholash bo‘yicha baholash tamoyillari aniqlanib, baholash usullari 
(beso‘naqay, uncha asosli bo‘lmasa ham), standartlar va h.k. lar 
ishlab chiqilgan. Bunda ushbu usul va standartlarni xalqaro 
standartlar talablari bilan moslashtirish harakatlari qilinmoqda. 
Shunday qilib, yuqorida qayd etilgan dastlabki uch holat 
bo‘yicha nomoddiy aktivlarni, xususan, intellektual mulk 
ob’ektlarini, korxonalar faoliyatining xo‘jalik aylanmasiga jalb 
etishga yordam beradigan kerakli ishlar (qisqartirilgan ko‘rinishda 
bo‘lsa ham) olib borilishi mumkin. To‘rtinchi band – buxgalterlik 
hisobi va hisobotga kelsak, korxonalarning amaliy faoliyatida 
ushbu band eng murakkab va kam ishlanganlarga kiradi. 
Intellektual mulk ob’ektlarini hisobga olish (uning metodik va 
mazmunan ishlanganligi) ularni xo‘jalik aylanmasiga jalb etish 
jarayonida oxirgi bo‘g‘in sifatida nihoyatda muhimdir. 
Ta’kidlash lozimki, o‘z aktivlarida yangi texnologiyalar, 
bilimlar, yangi boshqaruv metod va uslublari, savdo markalari, 
sheriklarda yuqori biznes obro‘siga ega bo‘lgan zamonaviy 
kompaniyalarda (ularning hajmidan qat’i nazar) ularning moddiy 
aktivlari qiymati, ekspertlar ma’lumotlariga ko‘ra, ularning bozor 
qiymatining 25-30% inigina tashkil qiladi. Ushbu va shunga 
o‘xshash boshqa ma’lumotlar intellektual mulk ob’ektlarini son 
jihatdan asosli va aniq xo‘jalik aylanmasiga jalb etish naqadar 
muhim ekanligidan dalolat beradi. Bu shu borada ham muhimki, 
Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari korxonalarimizda amal 
qilinadigan hisobga olish metodlarini ko‘pgina intellektual mulk 
ob’ektlarining nomoddiy aktivlar sifatida e’tirof qilinishi nuqtai 
nazaridan qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Bunda tovar, tijorat 
bitimi predmeti sifatida aylanmaga kiritila oladigan mutlaq mulk 


424 
huquqlari g‘oyat muhim. Mutlaq mulk huquqlarining bunday 
xususiyati ularni korxonalarning bir qismi sifatida ko‘rishga va 
yuridik shaxsning mulk majmuiga qo‘shishga imkon beradi. Shu 
sababli mutlaq mulk huquqlari tashkilotlarda nomoddiy aktivlar 
sifatida hisobga olinadi. 
Intellektual mulk muhofazasini O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi ta’minlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 
20 iyuldagi 609-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk 
agentligi to‘g‘risidaNizom”ga muvofiq Agentlikning asosiy 
vazifalari etib quyidagilar belgilangan: 

intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga 
oshirishni 
ta’minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat 
namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob’ektlarini 
huquqiy himoya qilish; 

intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy himoyasi holatini 
kompleks tahlil qilish, mazkur sohasini rivojlantirish bo‘yicha aniq 
takliflar ishlab chiqish; 

intellektual mulk sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini 
izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga 
oshirish; 

intellektual mulk masalalari bo‘yicha xalqaro-huquqiy 
hamkorlikni, shu jumladan intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan 
huquqlarni o‘zaro muhofaza qilish haqida xalqaro shartnomalarni 
tuzish orqali o‘rnatish va mustahkamlash; 

intellektual mulk sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar va boshqa 
ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish; 

jamiyatda 
intellektual 
mulkka 
nisbatan 
huquqiy 
madaniyatni oshirish va hurmat hissini shakllantirish. 
Agentlik o‘ziga yuklatilgan bu vazifalardan kelib chiqgan 
holda quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
I.Intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga 
oshirishni 
ta’minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat 


425 
namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob’ektlarini 
huquqiy himoya qilish sohasida: 

intellektual mulk sohasida normativ-huquqiy hujjatlar 
loyihalari va takliflarini ishlab chiqadi hamda Adliya vazirligiga 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi reglamentlarida 
belgilangan muddatlarda keyinchalik kelishish (viza qo‘yilishi) 
uchun kiritadi; 

ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya 
yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib 
chiqqan joy nomlari, elektron hisoblash mashinalari (keyingi 
o‘rinlarda EHM deb ataladi), ma’lumotlar bazalari va integral 
mikrosxemalar topologiyasi uchun muhofaza hujjatlarini berish 
yuzasidan talabnomalarni ko‘rib chiqishga qabul qiladi; 

ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar 
belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy 
nomlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazadi, talabnoma topshirilgan 
ob’ektlarning ustuvorligini belgilaydi, seleksiya yutuqlari, EHM 
uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar 
topologiyalarining rasmiy ekspertizasini o‘tkazadi; 

ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazishni, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat 
ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan 
o‘tkazishni, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini rasmiy 
ro‘yxatdan 
o‘tkazishni 
hamda 
integral 
mikrosxemalar 
topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi, muhofaza 
hujjatlarini beradi, O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum 
tovar belgilari Ro‘yxati va tegishli reestrlarini yuritadi; 

ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat 
ko‘rsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari, EHM uchun 
dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar 
topologiyalariga 
topshirilgan 
talabnomalarning 
o‘rnatilgan 
talablarga muvofiqligini tekshirish natijalari bo‘yicha muhofaza 
hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul 
qiladi; 


426 

ko‘rsatilgan seleksiya yutuqlarining patentga layoqatlilik 
shartlariga muvofiqligini belgilash natijalari bo‘yicha O‘zbekiston 
Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi 
ekinlari navlarini sinash markazi va O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan 
nazorat qilish inspeksiyasi xulosalari asosida muhofaza hujjatlarini 
berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; 

muhofaza va boshqa zarur hujjatlarning yagona shakllarini 
belgilaydi; 

depozitariyda 
saqlanayotgan 
intellektual 
mulk 
ob’ektlarining ochiqligi va ulardan erkin foydalanishni 
ta’minlovchi depozitariy funksiyasini bajaradi, shu jumladan 
depozitariyga zarur bo‘lgan nusxani depozitariy bilan shartnoma 
asosida olish uchun murojaat qilgan har qanday shaxsga imkoniyat 
yaratadi; 

intellektual mulk ob’ektlaridan foydalanishga huquqlar 
berish to‘g‘risidagi litsenziya shartnomalarini, shuningdek ularni 
to‘liq yoki qisman berish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan 
o‘tkazadi va tegishli reestrlarni yuritadi; 

intellektual mulkning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan 
ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, 
ularning saqlanishi va foydalanilishi uchun shart-sharoitlarni 
ta’minlaydi; 

Davlat patent fondini jamlash ishlarini tashkil etadi va 
amalga oshiradi, undan iqtisodiyotning real sektoridagi xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar, ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar 
tomonidan samarali foydalanish uchun uning saqlanishi va 
qulayligini ta’minlaydi; 

Agentlikning byulletenlarini va boshqa rasmiy nashrlarini, 
shuningdek intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza va 
himoya qilish masalalari bo‘yicha boshqa ma’lumotlar va 
materiallarni chop etishni tashkil qiladi hamda amalga oshiradi; 

patent vakillarini attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazadi, 
patent vakillarining davlat reestrini yuritadi; 


427 

audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun 
yaratilgan dasturlarni takrorlash va fonogrammalarni tayyorlashga 
litsenziyalar beradi, shuningdek litsenziatlar tomonidan litsenziya 
talab va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga 
oshiradi. 
II.Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy himoyasi holatini 
kompleks tahlil qilish, mazkur sohasini rivojlantirish bo‘yicha aniq 
takliflar ishlab chiqish sohasida: 

intellektual mulk sohasining rivojlanish holatini, jumladan, 
ushbu sohadagi xalqaro reytinglar va indekslar metodologiyasi va 
mezonlarini hisobga olgan holda har tomonlama tahlil qiladi va 
baholaydi; 

intellektual mulk ob’ektlarini ishonchli huquqiy himoyasi 
va muhofazasi ta’minlanishiga, shuningdek, ushbu sohani 
rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tizimli muammolar va 
kamchiliklarni tahlil qiladi hamda natijasi bo‘yicha ularni bartaraf 
etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; 

intellektual mulk sohasining kelgusidagi rivoji va huquq 
egalarining qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha takliflar 
tayyorlaydi; 

intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasini 
takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli 
davlat organlari va tashkilotlariga takliflarni tayyorlaydi va 
kiritadi; 

zamonaviy 
tendensiyalar 
hisobga 
olingan 
holda 
qonunchilikni izchil rivojlantirishga, intellektual mulk sohasida 
umume’tirof etilgan xalqaro standartlarni milliy qonunchilik va 
huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilishga qaratilgan 
takliflarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda kiritadi; 

intellektual 
mulk 
ob’ektlarining ishonchli huquqiy 
muhofazasi va himoyasini ta’minlash sohasida O‘zbekiston 
Respublikasi qabul qilgan xalqaro majburiyatlar bajarilishining 
monitoringini o‘tkazadi; 

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro mavqeini, jumladan, 
jahon hamjamiyatiga mamlakatda intellektual mulk sohasida 


428 
amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida xolisona axborot 
yetkazish orqali mustahkamlash, obzorli, ma’lumotnoma va 
boshqa materiallarni tayyorlash choralarini ko‘radi. 
III.Intellektual mulk sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini 
izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga 
oshirish borasida: 

davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida intellektual 
mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning tatbiq etilishi 
amaliyotini o‘rganadi va tahlil qiladi; 

huquqni qo‘llash amaliyoti tahlili natijalari bo‘yicha qonun 
hujjatlarini 
yanada 
takomillashtirish 
yuzasidan 
takliflarni 
tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi; 

aniqlangan qonunbuzarliklar, ularning sodir etilishiga sabab 
bo‘lgan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun 
huquqni 
qo‘llash 
amaliyoti 
bo‘yicha 
umumlashtirilgan 
materiallarni davlat organlari va tashkilotlariga yuboradi; 

intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni 
noto‘g‘ri va ziddiyatli qo‘llash amaliyotini, shuningdek, ushbu 
sohada huquqbuzarliklar sodir etilishiga yordam beradigan salbiy 
omillar, sabablar va sharoitlarni bartaraf etishga doir amaliy 
choralar ko‘radi; 

normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari yuzasidan 
o‘z xulosasini shakllantiradi va yetkazadi; 

qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini umumlashtiradi 
hamda intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qilish 
sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishi holatini tahlil qiladi, 
uning asosida huquqni qo‘llash faoliyatini takomillashtirish 
choralarini ishlab chiqadi; 

intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarni aniqlash va 
bartaraf etish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi, soliq va boshqa 
davlat organlari bilan hamkorlik qiladi; 

mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun 
buzilishlari to‘g‘risida belgilangan tartibda xulosa beradi; 

qonunchilikka 
muvofiq 
ravishda 
intellektual 
mulk 
ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni 


429 
himoya etish masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning 
murojaatlarini ko‘rib chiqadi; 
IV.Intellektual mulk masalalari bo‘yicha xalqaro-huquqiy 
hamkorlikni o‘rnatish va mustahkamlash sohasida: 

intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi 
sohasida xalqaro hamkorlik va o‘zaro aloqalarni amalga oshiradi; 

xalqaro shartnomalarni tuzish yuzasidan belgilangan 
tartibda takliflar kiritadi, intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy 
muhofazasi va himoyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 
xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi va 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshirig‘iga ko‘ra 
ushbu shartnomalarni imzolaydi; 

tegishli xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan 
muzokaralar olib boradi va intellektual mulk ob’ektlarining 
huquqiy muhofazasi va himoyasi sohasida belgilangan tartibda 
idoralararo shartnomalar tuzadi; 

xorijiy patent idoralari, xalqaro, mintaqaviy va xorijiy 
tashkilotlar 
bilan 
patent 
hujjatlari 
va 
patent-huquqiy 
adabiyotlarning 
xalqaro 
almashinuvini 
amalga 
oshiradi, 
intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi 
sohasida chet el tajribasini o‘rganish va ulardan foydalanilishini 
tashkil qiladi; 

belgilangan tartibda intellektual mulk sohasida xalqaro 
hamkorlikni amalga oshiradi va ushbu hamkorlik doirasida 
intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi 
masalalari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning ishida 
ishtirok etadi; 

O‘zbekiston 
Respublikasining 
tegishli 
xalqaro 
shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini 
o‘z vakolati doirasida ta’minlaydi. 
V.Intellektual mulk sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar va boshqa 
ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish, shuningdek, jamiyatda 
intellektual mulkka nisbatan huquqiy madaniyatni oshirish va 
hurmat hissini shakllantirish sohasida: 


430 

intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va 
himoyasi sohasida manfaatdor shaxslarga uslubiy yordam 
ko‘rsatadi; 

intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va 
himoyasi masalalari bo‘yicha idoralararo axborot almashinuvini 
amalga oshiradi; 

intellektual mulk sohasidagi faoliyatni rivojlantirish va 
takomillashtirish muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini 
tashkil qiladi va ularda ishtirok etadi; 

mamlakatning sotsial-iqtisodiy va madaniy rivojlanishi 
uchun intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza 
va himoya qilishning maqsadi va ahamiyatini keng tushuntirish 
bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi; 

intellektual mulk masalalari bo‘yicha xalqaro va milliy 
ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar va 
boshqa tadbirlarni tashkil qiladi hamda ularda ishtirok etadi; 

intellektual mulk ob’ektlarini himoya qilish va ulardan 
qonuniy foydalanish masalalarida aholi keng qatlamlarining 
huquqiy madaniyati hamda savodxonligini oshirish tadbirlarini 
amalga oshiradi; 

intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va 
himoyasini ta’minlash sohasida o‘z vakolati doirasida tegishli 
tadbirlarni amalga oshiradi va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik 
qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi 
Intellektual mulk agentligi intellektual mulk ob’ektlariga patent 
berish haqidagi talabnomalarni qabul qiladi va ularni ekspertizadan 
o‘tkazadi. Amaldagi qoidalarga mos kelgan ilmiy g‘oyalar, 
texnikaviy yangiliklar, san’at va adabiyot asarlari Intellektual mulk 
agentligi tomonidan davlat ro‘yxatiga olinadi, patentlar beriladi va 
rasmiy axborotnoma nashr etiladi. 
Patent –ixtiro uchun alohida huquq beruvchi hujjat, ya’ni 
patent egasining roziligisiz hech kim ixtirodan foydalana olmaydi. 
Foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun muallif bilan oddiy, 
alohida yoki to‘liq litsenziya olish haqida shartnoma tuzish lozim. 


431 
Shartnomaga ko‘ra oddiy litsenziyada, uni sotib olganga, muayyan 
sharoitlarda patentlangan ixtirodan foydalanish imkoni beriladi, 
shuningdek, patent egasi undan foydalanish va boshqa birovlarga 
berish huquqini saqlab qoladi. Shartnomada kelishilgan alohida 
litsenziyada sotib olgan shaxsga shartnoma doirasida favqulodda 
huquqlar beriladi. Bunda muallif o‘z huquqidan mahrum 
bo‘lmaydi, biroq uni boshqalarga taqdim eta olmaydi. To‘liq 
litsenziya haqidagi shartnoma uni sotib olgan shaxsga shu 
shartnomada ko‘rsatilgan davrda patent huquqlaridan to‘liq 
foydalanish imkonini beradi, iqtiro egasi o‘z ixtirosidan 
foydalanish huquqini yo‘q qiladi, ya’ni yo‘qotadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 
3 dekabrdagi 979-son qarori bilan tasdiqlangan “Innovatsion 
rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat 
natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg‘armasi to‘g‘risida 
Nizom”ning 37- bandiga ko‘ra: “O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-
texnik faoliyat natijasida ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat sub’eklari 
tomonidan olingan intellektual mulk ob’ektlariga huquq davlatning 
ilmiy va oliy ta’lim, shuningdek, davlat boshqa muassasalari 
nomidan, agar intellektual mulk ob’ektlari muallif (mualliflari) 
bilan tuzilgan shartnomalarda boshqacha ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, 
davlatga tegishli bo‘ladi”. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 
iyuldagi“Ilmiy 
va 
ilmiy-texnikaviy 
faoliyat 
natijalarini 
tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3855-son Qarori bilan davlat 
byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan fundamental, 
amaliy va innovatsion tadqiqotlar bo‘yicha davlat ilmiy-texnik 
dasturlarini bajarish doirasida muassasalar tomonidan yaratilgan 
ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalari, davlat ilmiy-texnik 
loyihalar yakunlanganidan va (yoki) ular belgilangan tartibda 
ro‘yxatdan 
o‘tkazilganidan 
keyin 
tijoratlashtirilishi
2
hamda 
2
Fundamental tadqiqotlar natijalari, shuningdek, gumanitar va ijtimoiy fanlar 
sohasidagi loyihalar bundan mustasno; 


432 
muassasalarning ilmiy kengashlari ishlab chiqarish siri (nou-xau) 
yoki tijorat siri rejimida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik 
ishlarining intellektual (nomoddiy) natijasini qo‘riqlash to‘g‘risida 
qaror qabul qilish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 
yil 14 iyuldagiPQ-3855-son Qarorida: 

patentlangan intellektual mulk ob’ektlari mualliflariga 
muassasaning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bazaviy 
hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida; 

mualliflar hamda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat 
natijalarini ishlab chiqish va tijoratlashtirishda ishtirok etgan ilmiy 
jamoaga ularni tijoratlashtirishdan muassasa hisobiga kelib 
tushayotgan mablag‘larning tegishli ravishda 40 va 30 foizi 
miqdorida rag‘batlantirish belgilangan. 
Patent olish jarayoni, patent oluvchining ma’suliyatlari va 
eksklyuziv huquqlari turli mamlakatlarda turlichadir. Shunday 
bo‘lsa ham, har bir patent olish uchun yozilgan arizada ixtironing 
biror-bir yangilik kiritayotgani haqida ma’lumot bo‘lishi kerak. 
Aksariyat mamlakatlarda berilgan eksklyuziv huquqlar boshqalar 
tomonidan patentlangan ixtironi ruxsatsiz yasashi, qo‘llashi, sotishi 
yoki tarqatishi holatlarining oldi olinadi. 
Butunjahon Savdo Tashkilotining mualliflik huquqlari 
bo‘yicha shartnomasiga ko‘ra, bu tashkilotga a’zo mamlakatlarda 
har qanday sohadagi ixtiro uchun patentlar mavjud bo‘lishi zarur. 
Yuqorida 
qayd 
etilganidek, 
mamlakatimizda 
patent 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual 
mulk agentligi tomonidan ixtiro muallifiga yoki ariza bo‘yicha 
huquqiy vorisiga beriladi. 
Ko‘pgina davlatlardagi qonunlariga ko‘ra, patent 15-20 yil 
muddatga beriladi. Ba’zi mamlakatlarda ixtirolarni himoyalash 
vaqti odatda kamida 20 yil bo‘lishi kerak. 
Patent odatda shu patent chiqarilgan mamlakat hududida 
amal qiladi. Xalqaro amal qiluvchi patentlar ham mavjud. Ba’zi 


433 
mamlakatlarda ma’lum bir sohalardagi ixtirolar uchun patent 
berilmaydi. 
O‘zbekistonda ixtirolar, foydali model, sanoat namunasiga 
nisbatan qo‘yiladigan patent olish huquqini vujudga keltiradigan 
talablar hamda Intelektual mulk agentligining bunday hujjatni 
berish tartibi O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 6 mayda 
qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari 
to‘g‘risida”gi qonunida belgilab berilgan. 
Yurtimizda 
ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar qatori 
intellektual mulk muhofazasining huquqiy asoslari yaratilgani, 
mulk egalarining barcha huquqlari, qabul qilingan qonun va 
qoidalar orqali to‘la himoyalanadi. 
Yuqorida qayd etilganidek, intellektual mulk asosini fan-ijod, 
texnika va ishlab chiqarish bo‘lib, bular bir-biri bilan chambarchas 
bog‘langan. Eng yangi ilmiy ijod mahsulidan, uning amaliyotga 
tadbiq etilishigacha bo‘lgan yo‘lni tashil etadi. 
Bundagi ilmiy-texnikaviy rivojlanish, milliy iqtisodiyot 
ishlab chiqarish va xizmat sohasida iqtisodiy qonunlariga 
asoslangan holda, muntazam ravishda fan va texnika yutuqlarini 
amaliyotda qo‘llab borish bilan olib boriladi. 
Ilmiy-texnikaviy rivojlanishda, mamlakatdagi ixtirochilikga 
bo‘lgan munosabat o‘ta muhim hisoblanadi. Ixtirolarning milliy 
iqtisodiyotda qo‘llanilishi natijasida olingan iqtisodiy samara 
ilmiy-texnikaviy 
rivojlanishning 
hal 
qiluvchi 
omillaridan 
hisoblanadi. Shuning uchun ham intellektual mulk bo‘lgan ixtiro
patentlarning 
yangi 
texnologiya, 
texnika 
sifatida 
milliy 
iqtisodiyotga tadbiqi yurtimiz iqtisodiyotiga yalpi ishlab chiqarish 
sur’atini jadallashtiradi. 
Iqtisodiyotimizning jadal rivojlanish vaqtida mavjud va 
bo‘lajak intelektual mulkning muhofazasiga yurtimizda katta 
e’tibor berilayapti, bunga ayniqsa yuqorida keltirilgan, mustaqillik 
yillarida qabul qilingan qonun va qoidalar buning isboti bo‘la 
oladi. 

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish