Samarqand: Samdu nashri, 2020 y. 460 b



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/163
Sana28.05.2022
Hajmi3,48 Mb.
#612855
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   163
Bog'liq
INNOVATSION IQTISODIYOT

 
 


384 
2. Korxona va ayrim funksional bo‘linmalarning 
innovatsion jarayondagi rolini kuchaytirish 
Korxonalardagi 
innovatsion 
faoliyatning 
samarali 
rivojlanishida ilmiy-texnik va marketing xizmatlari etakchi rol 
o‘ynaydi. Aynan shu bo‘linmalar, innovatsion g‘oyalar asosiy 
manbasi bo‘lib, innovatsion rivojlanishga bo‘lgan ikki yondashuv 
– “texnologik turtki” va bozor talabi (“bozor turtkisi”) ning 
birligini ta’minlashi lozim.
Marketing bo‘linmalarining birinchi darajali vazifasi – 
bozorni o‘rganishdir: talab va raqobatni, iste’molchi fe’l-atvori va 
uning afzal ko‘rishlari dinamikasini, raqobat qiladigan yangiliklar 
mavjudligi va ularni (ichki va tashqi) bozorda realizatsiya qilish 
imkoniyatlarini tahlil etish. Innovatsiyalar marketingi yangiliklarni 
iste’molchi nuqtai nazaridan tahlil qilish, potensial iste’molchi 
tahlili va bozor muhitini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Bozor 
muhitini o‘rganishda bozor turi, hajmi, raqobat va bozor 
segmentatsiyasi 
baholanadi. 
Yangilikni 
iste’molchi nuqtai 
nazaridan 
tahlil 
qilish 
uning 
yangiligini, 
tejamliligini, 
ekologikligini, sifat, narxi va jozibadorligini belgilashni taqozo 
etadi. Potensial iste’molchini tahlil qilishda bevosita iste’molchiga 
bog‘liq masalalar o‘rganiladi: uning daromadlari darajasi, 
ma’naviy-psixologik xususiyatlar, xaridlari motivatsiyasi, tovarga 
bo‘lgan talablarning shakllanishi va hokazolar. Innovatsiyalar 
marketingining korxonalar maxsus bo‘linmalari tomonidan olingan 
va tayyorlangan ushbu ma’lumotlari innovatsion rivojlanishning 
“bozor turtkisi” ni shakllantiradi. 
Korxonalarda 
innovatsion 
jarayonni 
boshqarishda 
korxonalarning ilmiy salohiyatini shakllantiradigan va ularning 
innovatsion strategiyasini belgilaydigan ilmiy-texnik bo‘linmalar 
alohida o‘ringa ega. Ushbu holatda shunday korxonalar nazarda 
tutilganki, u yerda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlar 
o‘z bazasi yaratiladi. Hozirgi vaqtda korxonalar innovatsion 
rivojlanishning turli taktikasini qo‘llaydi. Korxonalarning biri 
innovatsion rivojlanish uchun nou-xau va litsenziyalarni, 
ikkinchilari – “texnologiya – uskunalar” paketini, uchinchilari – 


385 
mustaqil ITI, KB yoki tashqi venchur tashkilotlarning innovatsion 
ishlanmalarini qo‘llashni, boshqalari – ichki venchur tashkilotlarini 
yaratishni afzal ko‘radi. Innovatsion rivojlanishning bunday 
taktikasini ular innovatsion ishlanmalar o‘z bazasi mavjud 
emasligi, innovatsion-investitsion xarajatlarning mumkin bo‘lgan 
minimizatsiyasi, 
modernizatsiya 
qilingan 
va 
qisman 
takomillashtirilgan yangiliklarni tezkor o‘zlashtirish va bozorgacha 
yetkazish zarurati bilan tushuntiriladi. 
Hozirgi sharoitlarda innovatsion ishlanmalar sohasida 
korxonalar xatti –harakatining uch yo‘nalishi mavjud. Birinchi 
guruh korxonalari – kichik korxonalar va xorijiy mulkdor nazorati 
ostidagi korxonalardir, o‘z Ilmiy-tadqiqot va eksperimental 
loyihalash ishlarilarini yuritmasdan, tayyor butlovchi uskuna 
qismlari, litsenziyalar, texnologiyalarni sotib oladi yoki xorijiy 
namunalar, konstruktorlik va texnologik yechimlarni moslashtiradi. 
O‘z ishlanmalariga ikkinchi guruh korxonalari, yoki o‘z 
tadqiqot va konstruktorlik bo‘linmalarini saqlab qolgan, yoki 
chetdan ilmiy tashkilot va mutaxassislarni jalb etishga mablag‘i 
bo‘lmagan korxonalar yo‘naltirilgan. Bu yerda bosh konstruktor, 
bosh texnolog bo‘limlarida, ishlab chiqarish bo‘linmalarida va h.k. 
larda yig‘ilgan imkoniyatlardan foydalaniladi. Kam hollarda 
innovatsiyalarni loyihalash bosqichidagi ishlanmalarga marketing 
xizmatlari jalb etiladi. Korxonalarning innovatsiyalarni loyihalash 
bosqichidagi hisob-kitob va ishlanmalar bilan shug‘ullanadigan 
maxsus bo‘linmalar spektri ularning tarkibi va soni kabi kengdir. 
Bular - o‘z ITI (VPK korxonalari), yangi mahsulot sifati va 
ishlanmasi laboratoriyalari (oziq-ovqat korxonalari), konstruktorlik 
va texnik byurolari (mashinasozlik va to‘qimachilik korxonalari) 
va boshqalar. Yirik ishlab chiqarish komplekslari doirasida faoliyat 
yuritadigan ilmiy markazlar barivoj bo‘lib chiqdi. Ular tarkibiga 
kiruvchi 
korxonalarning 
ilmiy 
ishlanmalardagi 
bo‘lgan 
ehtiyojlariga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘z konstruktorlik 
byurosini murakkab iqtisodiy sharoitlarda bu kabi bo‘linmalarni 
yopishdek umumiy tendensiyasiga qaramasdan yaratish misollari 
ham mavjud.


386 
Uchinchi guruh korxonalari ilmiy-tadqiqot institutlari bilan 
aloqa ushlab turadi, lekin ilmiy tashkilotlarning sanoat 
korxonalardagi innovatsion jarayonda ishtirok etish darajasi va 
ushbu aloqalar shakllari farq qiladi. Ba’zi korxonalar akademik va 
soha ilmiy-tadqiqot institutlari, tarmoq o‘quv muassasalari bilan 
oldingi munosabatlarni saqlashda davom etsa, boshqalari – yangi 
aloqalarni o‘rnatadi. Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash 
ishlarni bajarish tashkilot va ayrim mutaxassislar o‘rtasidagi 
shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Faol innovatorchilar uchun 
eng keng tarqalgan yondashuv – ilmiy-tadqiqot va loyihaviy-
konstruktorlik 
tashkilotlar 
mutaxassislarini 
korxona 
ishlab 
chiqadigan innovatsion loyihaga texnik hujjatlar tayyorlashga jalb 
qilishdir. 
Innovatsion strategiya nuqtai nazaridan innovatsion 
ishlanmalar (ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik-texnologik ishlar) 
ning shaxsiy bazasini yaratish va saqlab qolishga va natijada 
korxonalar ilmiy salohiyatini shakllantirishga yo‘nalganligi eng 
istiqbolli ko‘rinadi. Bunday yondashuv to‘g‘riligi haqida 
respubikamizda 
innovatsion 
faoliyat 
kengayishiga 
bo‘lgan 
tendensiya va xorijiy mamlakatlar tajribasi dalolat beradi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda ko‘pgina firmalar, o‘z 
ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari bazasiga ega 
bo‘lib, nafaqat yangilik (oziq-ovqat, texnologik va b.) yaratish 
bo‘yicha 
amaliy 
tadqiqot 
va 
loyihaviy-konstruktorlik 
ishlanmalarni, balki fundamental tadqiqotlarni ham amalga 
oshiradi. Shunday qilib, Yaponiyada 1990 yillar o‘rtasida 
firmalarning 40% ga yaqini innovatsion ishlanmalarning o‘z 
bazasiga ega edi. Dunyoning yetakchi sanoat kompaniyalarining 
ko‘pchiligida ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari, 
innovatsion ishlanmalar va ularni o‘zlashtirishga bo‘lgan xarajatlar 
sotish hajmining 5 dan 7% gacha va o‘rtacha (ko‘pgina boshqa 
kompaniyalar uchun) 3-5% ni tashkil etadi. Bunda ushbu 
xarajatlarning 
talaygina 
ulushi 
fundamental 
tadqiqotlarga 
sarflanadi. Masalan, AQSH firmalarida fundamental tadqiqotlarga 
bo‘lgan xarajatlar ulushi 8% dan ortiq, Yaponiya firmalarida – 


387 
16% ga yaqinini tashkil etadi. Yangi mahsulot o‘zlashtirishga 
mazkur mamlakatlar kompaniyalarida umumiy xarajatlarning mos 
ravishda 30 va 34%i, amaliy tadqiqotlarga – 36 va 27%i to‘g‘ri 
keladi. Ushbu va boshqa faktik ma’lumotlar chet elda sanoat 
kompaniyalari va firmalar o‘z tadqiqot bazasini yaratishi va 
korxonalar ilmiy salohiyati darajasini oshirishi, ya’ni ilm-fanning 
zavod sektorini shakllantirishi to‘g‘risida dalolat beradi. 
Ilmiy-texnik (innovatsion) ishlanmalar natijalari ularni 
bajarishning tashkiliy shakllaridan qat’i nazar faqat ishlab 
chiqarishdagina amalga oshadi, va asosan ularga yangiliklar 
samaradorligi, tarqalishi sur’atlari va chegaralari bog‘liq. So‘nggi 
yillarda 
innovatsion 
faoliyatning 
korxonalarida 
kengayishi 
tendensiyasi sezilmoqda, bu esa ilmiy-texnik bo‘linmalar 
tomonidan bajariladigan ishlar xarakteri va mazmunida ham
korxonalarda 
maxsus 
laboratoriyalar, 
byurolar, 
tadqiqot 
markazlari, marketing xizmatlarini yaratishda ham ifodasini 
topmoqda. Yirik korxonalar doirasida yaratiladigan ichki venchur 
bo‘linmalarni ham shular qatoriga kiradi. Bunday tendensiya 
kuchayib, barqaror xarakter kasb etadi. Ushbu asosda umumiy 
ilmiy tizimning tizimostisi bo‘lgan zavod ilm-fan sektori vujudga 
kelib, shakllanmoqda. 
Zavod ilm-fanini (zavod ilm-fan sektorini) korxonalarning 
ilmiy-texnik bo‘linmalari (tadqiqot, konstruktorlik, tajribaviy, 
texnologik va b.) majmui sifatida, ularning ilmiy salohiyati (undan 
foydalanish darajasini hisobga olgan holda), ilmiy, ishlab 
chiqarish-iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalarni amalga oshiradigan, 
umumiy maqsadlarda – samaradorlikni oshirish va yangiliklar 
(birinchi navbatda oziq-ovqat yangiliklari)ni qo‘llashda birlashgan 
boshqa tashkilotlar (ITI, KB, iste’molchilar) bilan aloqalari bilan 
birgalikda xarakterlash mumkin. Zavod ilm-fani innovatsion 
faoliyatning “tadqiqotlar – ishlab chiqarish” siklidagi amalga 
oshirishning real shakli va hozirgi ishlab chiqarishdagi ijtimoiy 
hodisa sifatida tashkiliy, moliyaviy va huquqiy jihatdan uning 
maqomini belgilashni talab etadi. Zavod ilm-fan sektori 
shakllanish va rivojlanish bosqichidadir. Zavod ilm-fan sektorining 


388 
umumilmiy tizim tarkibiy qismi sifatida tan olinishi innovatsion 
jarayonni 
boshqarishda 
tashkiliy-boshqaruv 
va 
iqtisodiy 
mazmundagi bir qator murakkab masalalarni qo‘yadi. Ularga 
quyidagilar kiradi:

zavod ilm-fanining korxona va birlashmalar strukturasidagi 
o‘rnini aniqlash; 

uning 
shakllanish 
prinsiplarini 
hududiy, 
sohaviy 
xususiyatlari va boshqarish usullarini hisobga olgan holda 
belgilash; 

o‘z istiqbolli ishlanmalari, chetdagi ITI va KB larining 
yangiliklarini qo‘llash va joriy ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish 
o‘rtasidagi eng ratsional nisbatni (vaqt, moliyaviy xarajatlar va 
kadrlar bandligi nuqtai nazaridan) tanlash; 

ratsional tashkiliy tuzilmani shakllantirish; 

zavod ilm-fani va uning ayrim tizimostilarining faoliyat 
ko‘rsatishi samaradorligini baholash; 

korxonalarda 
innovatsion 
faoliyat 
rivojlanishi 
sarf-
xarajatlarining asoslangan hisobi-kitobi. 
Zavod 
ilm-fanining 
innovatsiyalarni 
boshqarish 
mexanizmining muhim bo‘g‘ini sifatidagi rivojlanishi nafaqat 
ilmiy-ishlab chiqarish tizimlarga xos xususiyatlarni hisobga 
olishga, balki uning shakllanishining ob’ektiv shart-sharoitlariga 
ham bog‘liq. Bunday shart-sharoitlarga quyidagilar kirishi 
mumkin: 

ilm-fanning ishlab chiqarish va ijtimoiy funksiyalarini 
kuchaytirish; 

“ilm-fan – ishlab chiqarish” siklining ilmiy-texnik 
faoliyatni tashkil etishning zavod shaklida tugallanganligi; 

innovatsion ishlanmalarining ishlab chiqarish-iqtisodiy 
tizimlar (korxonalar, birlashmalar, aksioner jamiyatlari, moliya-
sanoat guruhlari) ning umumiy strategiyasi bilan yaqindan 
bog‘lanish zarurati; 

ishlanmalar hajmi va ularning amaliy qo‘llanilishi, 
tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish sur’atlarining 
orqada qolishi o‘rtasida mos kelmaslik; 


389 

ITI va KB larda bajarilgan ishlanmalarning real ishlab 
chiqarish sharoitlarini hisobga olishdan nisbatan uzib ketishi, bu 
esa ko‘pincha ularni o‘zlashtirish jarayonini murakkablashtirib, 
ommaviy keng tarqalishi muddatlarini cho‘zadi; 

korxona 
(birlashma)larning 
uskuna, 
qurilma 
va 
asboblaridan eksperimental va tajribaviy-ishlab chiqarish ishlari 
uchun foydalanish imkoniyati; 

ish bosqichlari o‘rtasida bog‘lanish va moslashish 
davrining qisqarishi, yuridik xarakterdagi qiyinchiliklarining 
bartaraf etilishi; 

ishlanmalar natijalarini tatbiq etishning ijtimoiy-iqtisodiy 
samaradorligi 
hisob-kitoblari 
(mahsulot 
sermehnatligini 
kamaytirish, foyda o‘sishi, mehnat sharoitlarini yaxshilash, moddiy 
rag‘batlantirish, 
ma’naviy-psixologik 
muhitning 
o‘zgarishi 
shaklida); 

ilmiy tashkilotlar bilan aloqalar, korxonalarning akademik 
institutlar, soha ilmiy-texnik tashkilotlar va OTM ilm-fani bilan 
hamkorlikni kengaytirish; 

ilmiy-texnik xodimlari fe’l-atvorining o‘z ishlanmalarini 
tatbiq etishdagi ko‘proq manfaatdorligida namoyon bo‘ladigan 
ijtimoiy-psixologik motivlari rolining ortishi; 

turli ijtimoiy guruhlarning zavod ilm-fani faoliyat 
ko‘rsatishi sharoitida yaqinlashish imkoniyati, bu esa butun 
jamiyat yanada birxillashuviga yordam beradi. 
Zavod ilm-fani umumiy konsepsiyasi, uni boshqarish 
usullarini uning faoliyat ko‘rsatishining ko‘p maqsadliligini, 
ijtimoiy-iqtisodiy muhit bilan o‘zaro aloqalarini hisobga olgan 
holda ishlab chiqish nihoyatda muhim. Bu esa zavod ilm-fani 
doirasida ikki dinamik tizim – fan va ishlab chiqarishning 
manfaatlari chatishib ketishi bilan murakkablashadi. Bunda 
boshqaruv bo‘linmalarda innovatsion faoliyat natijalari, jarayoniga 
yoki dastlabki ikkita yondashuvni birlashtiradigan aralash 
yondashuvga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda 
boshqaruv, barqaror, an’anaviy shakllangan, formal tashkiliy 
tuzilmaga 
ega 
bo‘lib, asosan, iqtisodiy ko‘rsatkichlarga, 


390 
ikkinchisida 
ijtimoiy-psixologik motivlarga, tadqiqotlar 
rivojlanishining ichki mantiqiga, nufuzlilikka, uncha qattiq 
bo‘lmagan ierarxik tuzilishi va tashkiliy jarayonlarni formal 
tartibga solishga tayanadi. Bunda shunday qoidadan kelib chiqish 
lozimki, zavod ilm-fani ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, texnik-
texnologik, ijtimoiy-psixologik funksiyalarni bajaradi. Ijtimoiy 
ehtiyojlarni amalga oshirish uchun u ixtiyoridagi (mehnat, moddiy, 
texnik, axborot va moliya) resurslardan foydalanadi.

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish